“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 37
MATEMATIKA FANINI OʻQITISHDA INFORMATIKA FANINING OʻRNI Omonova Mamuraxon Asqarovna Fargʻona shahar 26-maktab oʻqituvchisi
Rahmatjonov Xudoyberdi Joʻrabek oʻgʻli Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabasi
Annotatsiya: Informatika va matematika bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib,
matematika o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘plab afzalliklarga
ega. Ushbu maqolada biz informatikaning matematika o‘qitishdagi rolining uchta
asosiy jihatini ko‘rib chiqamiz: hisoblashni avtomatlashtirish, matematik
tushunchalarni vizuallashtirish va modellashtirish.
Kalit soʻzlar. Avtomatlashtirish, vizuallashtirish, modellashtirish, simulyatsiya,
kompyuter dasturlari, excel, matlab, wolfram mathematica, real muhit
Аннотация: Информатика и математика неразрывно связаны друг с
другом, и использование информатических технологий в обучении математики
имеет множество преимуществ. В этой статье мы рассмотрим три основных
аспекта роли информатики в обучении математике: автоматизация вычислений,
визуализация математических концепций и моделирование.
Ключевые слова. Автоматизация, визуализация, моделирование,
симуляция, компьютерные программы, excel, matlab, wolfram mathematica,
реальная среда.
Respublikamiz miqyosida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yaqqol
ko‘zga tashlanmoqda, ayniqsa ko‘plab mablag‘lar ta’lim sohasiga ajratilgan bo‘lib,
bundan maqsad ta’lim sohasini rivojlantirishdir. Bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimi
bo‘g‘inidagi ta’lim muassasalari, shu jumladan, umumiy o‘rta ta’lim maktablari
o‘qituvchilari oldida yangi muammolar, ya’ni o‘qitilayotgan fanning o‘zlashtirish
sifatini oshirish vazifasi turibdi. Bu borada matematika fanini o‘qitishda ham turlicha