“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 93
Boshlangʻich ta’limdagi 1-2-sinflarda oʻqitiladigan “Atrofimizdagi olam” va 3-
4-sinflarda oʻqitiladigan “Tabiatshunoslik” fanlari oʻquvchilarga ekologik tarbiya
berishda muhim oʻrin tutadi. Lekin yosh avlodda ekologik madaniyatni
shakllantirishda sinfda oʻqish darslari ham muhim oʻrin tutadi. Ayniqsa, ona-tabiat,
yil fasllari bilan bogʻliq mavzularni oʻrganishda bu masalaga bevosita yondashiladi.
Masalan, 2-sinf “Oʻqish kitobi’ darsligining “Tabiatni asrang, avaylang” hamda
“Qushlar, hayvonlar-bizning doʻstimiz” boʻlimlari, 3-sinf “Oʻqish kitobi” darsligidagi
“Tabiatni seving va asrang” boʻlimi, 4-sinf “Oʻqish kitobi” darsligidagi “Hayvonot
olamida” boʻlimi materiallarini oʻrganish orqali oʻquvchilarga ekologik tarbiya berish
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Masalan, 3-sinf “Oʻqish kitobi”darsligidagi “Tabiatni
seving va asrang” boʻlimida Qambar Otaning “Ona tabiat” she’ri berilgan. Bu she’rni
oʻqish darsida nafaqat oʻquvchilarning ifodali oʻqish malakalari takomillashtiriladi,
balki ularning ona tabiat haqidagi tushunchalari kengaytiriladi, shuningdek, ularga
inson ham tabiatning ajralmas bir boʻlagi ekanligi, tabiatni avaylab-asrash oʻzimizni
asrash ekanligi uqtiriladi [1].
Mazkur boʻlimda oʻrganiladigan Habib Rahmatning “Bogʻim” she’ri ham
oʻquvchilarda tabiatning bir qismi boʻlgan oʻsimliklar dunyosiga muhabbat
uygʻotishga xizmat qiladi. She’r:
Dunyoni bogʻ etishni,
Orzu qilar odamlar,
Daraxt ekish sirlarin,
Oʻrgatdilar dadamlar.
misralari bilan boshlanadi. She’rda bogʻ yaratishning afzalliklari, daraxtlarning
inson hayotidagi oʻrni masalasi yoritiladi. Shu oʻrinda oʻqituvchi oʻquvchilarga
oʻsimliklarning, ayniqsa, daraxtlarning hayotimizdagi oʻrnini koʻrsatib berishi,
atmosferani kislorod bilan boyitishi kabilarni tusuntirishi lozim.
Shuningdek, bolalarga daraxt nihollarini, shox va butoqlarini sindirish
kerakmasligini, daraxtlarni doimo parvarishlash zarurligini uqtirib, xalqimizningi
“Birni kessang, oʻnni ek” maqolining mazmunini izohlashi maqsadga muvofiqdir [1].