“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 102
uni yanada yuksaltirish yo‘lida ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish muhim
vazifalardan biri hisoblanadi.
O‘zbek kulolchiligi uzoq tarixga, ajoyib an’analar, shakl, mazmun, ijodiy
jarayon va o‘ziga xos uslubga ega. Sopol buyumlari sodda bo‘lsada uning ko‘rinishi
qismlarining aniqligi, mutanosibligi saqlanishi, naqshlarining badiiy joylashishi,
shakl va mazmunining birligi, uyg‘unligi o‘zbek kulollarini jahonga tanitib
kelmoqda. Kulolchilik hunari loydan, piyola, kosa, tovoq, ko‘za, lagan, xurmacha,
tog‘ora, xum, tandir, buyum, o‘yinchoqlar, qurilish materiallari va boshqalar
tayyorlaydigan soha bo‘lib, u uzoq tarixga ega. Maxsus tuproqni olovda qizdirganda
toshsimon bo‘lib pishishini, undan har xil idishlar tayyorlashni odamlar juda
qadimdan neolit davrining boshlaridayoq bilganlar.
Buxoro va Samarqand tarixiy - me’moriy obidalarini ta’mirlashda ishtirok etgan
Toshkentlik mashhur usta kulol, O‘zbekiston xalq rassomi, san’atshunos, bir qancha
orden va medallar sohibi, O‘zbekiston xalq rassomi Muhiddin Rahimov (1903-1985)
ning yaratgan sopol buyumlari respublika va xorijiy mamlakatlar muzeylarida
saqlanmoqda. Uning ishlarini o‘g‘ili - O‘zbekiston xalq rassomi Akbar Rahimov va
nabirasi Alisher Rahimovlar davom ettirmoqda. Samarqand kulolchilik maktabi
yo‘nalishi Afrosiyob uslubi degan nom bilan dunyoga tanilgan. Samarqand
kulolchilik maktabi buyumlarining jarangdor nafisligida qo‘rg‘oshinli sir va sarg‘ish-
yashil, jigarrang bo‘yoqlar muhim o‘rin tutadi. “Afrosiyob sopoli” an’analariga
asoslanib tayyorlanilgan buyumlar bezagida o‘simliksimon naqshlar yyetakchilik
qiladi, handasiy naqshlar, hayvonlar tasvirlari ham ishlatiladi. Samarqandlik usta
kulol Ilhom Bobomurodov bu uslubda kulolchilik maktabini yaratgan O‘zbekiston
xalq rassomi, usta kulol Umar Jo‘raqulovning shogirdi hisoblananadi. Hozirda kunda
uning
ishlarini
o‘g‘ili
Mehrojiddin
Bobomurodov
davom
ettirmoqda.
Bobomurodovlarning kulolchilik maktabi Samarqand tumanidagi qadimiy Konigil
mahallasida joylashgan. Konigil – forschada gil, ya’ni sopol yasashda ishlatiladigan
tuproqning koni degan ma’noni beradi.