“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 104
tasavvur etib bo‘lmaydi. Gul ayol, ya’ni hayot guliga o‘xshatiladi naqsh atamasi
o‘rnida ham ishlatiladi. Odamlar bir-biriga bo‘lgan sog‘inchini, mehr-muhabbatini
gul bilan izhor qiladi. Risq gulini osoyishtalik va umr uzoqlik, jingalak naqshlar esa
to‘kin – sochinlik, boylik, Anqo – (qush) kishiga baxt keltiruvchi hisoblanadi.
Bodom – baxt iqbol ramzidir. U tabiatdan stillashtirib tasvirlangan islimiy naqsh
turidir. U kulolcilik, zargarlik buyumlari, naqsh buyumlari, do‘ppilar, matolar,
yog‘och o‘ymakorligi, zardo‘zlik va boshqa xalq amaliy bezak san’ati turlarida ham
keng
ishlatiladi.
Qadimda
ota-bobolarimiz
bunday
naqsh
elementini
buyumlarda juda ko‘p ishlatib kelganlar. Bularning hammasi kishilarimizni ezgu
niyat, mehr-oqibat, shafqat hamda diyonat ruhida tarbiyalashi katta xizmat qiladi.
Masalan, “Bodom guli” – bodom shaklining ma’lum masofada ritmik
takrorlanishidan hosil bo‘lgan soda islimiy naqsh turidir. Ya’ni naqshning asosini
bodom tashkil etadi. Shuning uchun ustalar bu naqshni “guli bodom ” deb ham
atashadi.
“Bodom guli” naqshi. Oliy ta’lim muassasalari, san’at maktablari va umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining amaliy san’at darslarida yoshlarga kulolchilik buyumlariga naqsh
kompozitsiyasini chizush usullari o‘rgatiladi. Shuningdek kompozitsiya fanidan
amaliy topshiriqni turli geometrik (doira, to‘rtburchak, uchburchak, to‘g‘ri
to‘rtburchak, oltiburchak) shakllardan tuzilgan naqshni qog‘ozga to‘g‘ri joylashtirish,
asarning kompozitsion g‘oyaviy mazmuni, badiiy va g‘oyaviy ifodada ranglardan
to‘g‘ri foydalanish, geometrik shakllardan tuzilgan naqshni to‘g‘ri topilganligi,
amaliy san’atga mosligi, kompozitsiya markazining to‘g‘ri topilganligi, mavzuning