Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/202
tarix20.11.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#165006
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   202
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9

“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
113 
Tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishda hududlarda mavjud bo‘lgan tarixiy 
hamda arxeologik obyektlarning o‘rni muhimdir. Ularning tarixiyligi, hudud tarixida 
tutgan o‘rni hamda saqlanganlik darajasi unga qiziquvchi turistlarning sonini 
oshishiga yordam beradi Har qanday tashrif buyuradigan sayyoh uchun bir 
manzilgohda bir nechta obyektlarning mavjud bo‘lishi, uning safar vaqtining 
davomiyligini uzaytirib beradi. Bu jarayon esa turistik xizmatlarni ko‘proq export 
qilish imkoniyatini va yondosh tarmoqlarning ham rivojlanishiga turtki beradi. 
Bugungi kunda O‘zbekistonda 2 mingdan ziyod tarixiy yodgorliklar mavjudligi 
tarixiymadaniy turizmni rivojlantirish salohiyati yuqori ekanligidan dalolat beradi . 
Mamlakatimiz nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun jahonda ham turizm 
markazlaridan biri hisoblanadi. Ma’lum hududda tarixiy-madaniy turizmni 
rivojlantirishda shu joyning tarixiy madaniy obyektlarи asosiy o‘rinni egallaydi. 
Lekin ulardan alohida muhim ahamiyatga egalari xalqaro miqyosdagi obyektlar va 
yodgorliklar ro‘yxatiga kiritiladi. Bunday ro‘yxatni YUNESKO har yili aniqlab 
boradi. Keyingi yillarda Oʻzbekiston hududidagi noyob madaniy meros obyektlarini 
muhofaza qilish, tarixiy shaharlarning bosh loyihasi va menejment rejasini 
YUNESKO xalqaro standartlari hamda talablariga muvofiq ishlab chiqishda mazkur 
tuzilmaning xalqaro ekspertlari ham keng jalb etilmoqda. YUNESKO bilan yaqin 
hamkorlikda moddiy va nomoddiy meros obektlarini asrashga doir turli xalqaro 
anjumanlar tashkil qilinmoqda. Mazkur chora-tadbirlar madaniy yodgorliklarni 
muhofaza qilishni oqilona tashkil etish va boshqarishni hamda shu sohadagi dolzarb 
muammolarni koʻrib chiqish, xalqaro tajribani oʻrganish, tarixiy-madaniy meros 
saqlanishini taʼminlashga doir milliy tizimni takomillashtirish, bu boradagi davlat va 
nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini aniqlash imkonini 
bermoqda. Iqtisodiy tadqiqotlarda ta’kidlanishicha tarixiy-madaniy turizmning 
moddiy merosini boshqarish uchun obyektlar soni, holati, shuningdek, asliga mos 
obyektlar ya’ni restavratsiya va tamirlash jarayonida o‘zgartirilmagan asli saqlanib 
qolingan ulushi va obyektlarning har xilligini hisobga olish zarur. Obyektlar har xil 
hajmlarga ega bo‘lgani bois, ularni shu belgi bo‘yicha tasniflash zarur. Quyidagi 
toifalarni ajratish tavsiya qilinadi 



Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin