Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/202
tarix20.11.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#165006
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   202
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9

“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
112 
Tadqiqotda turizm iqtisodiyoti bo‘yicha mavjud nazariyalar o‘rganildi va 
mamlakatimizdagi uning rivojlanish jarayonlari tahlil qilindi. Tizimli tahlil qilishda 
2019-2023 yillardagi statistik ma’lumotlar qo‘llanildi. Statistik manba sifatida, 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlaridan keng 
foydalanildi. 
Tarixiy va madaniy turizm - bu faol turizmning eng keng tarqalgan turi. U ta’lim 
va axborot maqsadlariga yo‘naltirilgan barcha turizm turlarini o‘z ichiga oladi. 
Bunday turizm dasturlari insoniyatning turli xil tabiiy tarixiy va madaniy meroslariga 
qiziqishiga asoslangan. Bunda turistik mahsulot madaniy tajribalar shaklida taklif 
etiladi. Etnik va etnografik turizmni o‘ziga xos tarixiy-madaniy turizm deb hisoblash 
mumkin, bu o‘z maqsadlariga (saqlab qolish, zarar yetkazmaslik) ko‘ra, ekologik 
turizmga yaqin turadi. Mamlakatlar va xalqlar madaniyati turistik qiziqishning asosiy 
elementlaridan biridir. Turistlarning turli shaharlarga, dunyoning chekka 
burchaklariga va ularda istiqomat qiladigan xalqlarga bo‘lgan qiziqishi sayohat 
qilishning eng kuchli rag‘batlantiruvchisidir. Shuning uchun turizm boshqa 
madaniyatlar bilan, boshqa xalqlarning tarixi va hayoti bilan, badiiy asarlar bilan 
tanishishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Boshqa mamlakat tarixi, madaniyati va 
urf-odatlari bilan tanishish insonning ma’naviy dunyosini boyitadi. 
Tarixiy madaniy turizm boshqa dam olish turlariga qaraganda muhim 
afzalliklaridan biri – u butun yil davomida talabga ega bo‘lib, uning sezilarli farqi 
mavsumiy emasligidir. Ushbu tur yilning istalgan vaqtida dolzarbdir, chunki 
sayyohlar muzeylarga tashrif buyurish, tarixiy obidalar va mamlakatning diqqatga 
sazovor joylarini ko‘rish uchun ekskursiya qilishlari mumkin. 
O‘zbekistonda ushbu sohani rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud 
bo‘lib, xalqning boy tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi noyob madaniy merosni 
asrab avaylashni kuchaytirish sohani raqamlashtirish, innovatsion rivojlantirish va 
moddiy–texnika bazasini mustahkamlash, jahonning ilg‘or tajribalarini samarali 
qo‘llash hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan 
biridir. 



Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin