“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
110
O‘ZBEKISTONDA MADANIY VA TARIXIY TURIZMNI
RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY- IQTISODIY JIHATLARI
Tursunboyev Sarvar
toup-35u Toshkent kimyo xalqaro unversiteti
sarvartursunboyev0826@gmail.com
Baxodirov Ibrohim
toup-35u Toshkent kimyo xalqaro unversiteti
Moonzaofficial@gmail.com
Annotatsiya:
Maqolada tarixiy-madaniy
turizm tushunchasi, uning turizm
sohasidagi o‘rni o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan.
Tarixiy-madaniy turizmni
rivojlanishiga ta’siretuvchi omillar hamda . Tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirish
imkoniyatlari va istiqbollari tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
turizm,
tarixiy-madaniy turizm, tarixiy yodgorlik,
statistika,
madaniy meros, turistik mahsulot, qayta tiklash.
Turizm industriyasi jahon xo‘jaligining yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lib,
milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli soha hisoblanadi.
Turizm dunyo yalpi ichki mahsulotining taxminan 5%ini tashkil etadi,
rivojlangan mamlakatlarda deyarli 10% aholi turizm sohasida band. COVID-19
pandemiyasi oqibatida turizm sohasi eng katta talafot ko‘rgan
tarmoqlardan
hisoblanadi. Jahon turizm tashkiloti (UNWTO)ning ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda
xalqaro turizm 72%ga yoki turizm xizmatlaridan tushumlar 1,1 trillion dollarga
kamayib, 1990 yil darajasiga tushib qoldi. Natijada 935 mlrd.
dollar miqdorida
eksport daromadlari yo‘qotildi .
Ma’lumki, 2020 yil 16 martdan mamlakatimiz tashqi va ichki turistlar uchun
yopilgan edi. Oqibatda 1,5
mingdan ortiq turoperator, 1,2 mingta mehmonxona o‘z
faoliyatini to‘xtatdi. Bular, gidlar, milliy hunarmandchilik, ziyoratgoh va sihatgohlar,