Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/202
tarix20.11.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#165006
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   202
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9

“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
114 
- me’moriy majmualar; 
-
alohida turgan me’morchilik obyektlari; 
-
kichik me’moriy shakllar; 
-
turmush, xo‘jalik va ijtimoiy hayot obyektlari. 
-turistik biznes korxonalari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish ko‘rsatkichlari. 
Ushbu ko‘rsatkichlar turistik xizmatlar ko‘rsatishga jalb qilingan tashkilotlar 
o‘rtasidagi gorizontal aloqalarning rivojlanganlik darajasini tavsiflaydi. 
Tarixiy turistik obyektlarning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni turizm barqaror 
rivojlanishining asosini belgilab beradi. 
Turizm tizimli o‘rganish obyekti sifatida ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik qismlardan 
tashkil topib, ko‘plab ichki va tashqi aloqalarga egadir. 
Ijtimoiy sohaning bir qismi sifatida turizmning vazifasi inson hayotiy kuchini 
tiklash, ruhiy bosimni yengillashtirish, intellekti va jismoniy darajasini 
rivojlantirishdir. Turizm bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasida “bo‘sh vaqtda dam olish 
huquqi va haq to‘lanadigan ta’til huquqi, hamda bu vaqtdan ta’limiy va ko‘ngil 
ochish maqsadida foydalanish uchun sayohatga chiqish –ichki va xalqaro turizmning 
ne’matlaridir” deb ko‘rsatilgan . 
Iqtisodiy yondashuvda turizm o‘z ichiga tarixiy-madaniy, rekreatsion va boshqa 
tashkilotlarning kompleks xizmatlar va mahsulotlar ishlab chiqarish, maqsadli 
investitsiyalar kiritish faoliyatini qamrab oluvchi o‘ziga xos tarmoq sifatida 
belgilanadi. Iqtisodiy hodisa sifatida turizm mintaqa iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatishi, 
shuningdek, bir vaqtning o‘zida unga bog‘liqligi nuqtai nazaridan jiddiy e’tiborga 
molikdir. Mamlaktimizda tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirish salohiyatini 
yuqoriligini e’tiborga olgan holda, iqtisodiy adabiyotlar ma’lumotlar tahlili asosida 
turizmning iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sirlarini qayd etish mumkin: 
-
ish o‘rinlarini ko‘payishi hisobiga bandlik darajasini oshishi. Rivojlangan 
mamlakatlarda turizm sohasiga 3-5% ish o‘rinlari to‘g‘ri keladi; 
-turizm o‘z rivojlanishi jarayonida bilvosita boshqa tarmoqlarni ham 
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi (qurilish, transport, yo‘l, oziq-ovqat savdo sanoati va 
boshqalar); 



Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin