“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 121
kunda yiliga 130 ming odam tug‘ilib, 50 ming odam o‘lmoqda, o‘rtacha ko‘payish 80
ming kishini tashkil qilmoqda. Odam asossiz ko‘payib borayotgan mamlakatlar
Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari hisoblanadi. Bu mamlakatlarda bir
kunda aholi soni o‘ratcha 254 mingtaga ko‘paymoqda. Ko‘payayotgan aholining 40-
50 foizini yosh bolalar tashkil qiladi. Avlodlar davomiyligini ta’minlash maqsadida
bir ayolga o‘rtacha 2,1 nafar bola to‘g‘ri kelishi kerak. 2011 yilda bu raqam 1,5
nafarni tashkil qildi. Eng yuqori ko‘rsatkich Irlandiyada (2,02), Fransiyada (1,96) va
Buyuk Britaniyada (1,91) qayd qilingan. Baribir me’yordagidek emas. Qolgan
mamlakatlardagi ko‘rsatkich bong urish darajasida. Demografik vaziyat Janubiy va
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida ayanchli ekani aytiladi. Avlodlar davomiyligi bilan
bog‘liq ayanchli vaziyat Germaniyada (1,41) xam kuzatilmoqda. Mazkur
statistikadan ko‘rinib turibdiki, bir qator Yevropa mamlakatlari xalqlarining
kelajagini yorqin deb bo‘lmaydi. Agar tug‘ilish shu darajada davom etadigan bo‘lsa,
40 yildan keyin Yevropa mamlakatlarining aholisi 100 million kishiga kamayadi. 60
yoshdan oshgan fuqorolar soni 47 foizga ko‘payib, mehnatiga yaroqli fuqarolar 24
foizga kamayadi. Bu o‘z navbatida sayyoraning oldingi qatorida turadigan
mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishiga, sog‘liqni saqlash sohasiga va harbiy qudratiga
ta’sir ko‘rsatadi. Yevropa, AQSh va Kanadaning jahon Yalpi Ichki mahsulotidagi
hissasi 2050 yilda 30 foizdan kamayadi. Tahlilchilarning aytishicha, demografik
muammolar bilan birgina Yevropa xalqlari to‘qnash kelayotgani yo‘q. Tez orada
Janubiy Koreya, Yaponiya, Tayvan, Singapur va hatto Xitoy ham mehnatga yaroqli
fuqarolarga muhtojlik sezadi.
Birgina AQSh muammoni bartaraf etishi mumkinligi qayd etilgan. Bu
mamlakatda yaqin-yaqingacha bir ayolga 2,4 bola to‘g‘ri kelardi. So‘nggi ikki yilda
bu ko‘rsatkich ancha pasaydi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda aholining
ko‘payishi cheklangan. G‘arbiy Evropa mamlakatlari aholisining sanoat tovarlari va
tabiiy zahiralardan foydalanish darajasi bu hududdagi boshqa mamlakatlarga
qaraganda 10 marta ziyod. 1984 yilda dunyoda donning yalpi miqdori 1 martaga
oshgan bo‘lsa, odam soni 2 martaga oshdi. Oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish
imkonlari juda kam. Och odamlar kundan-kunga oshib bormoqda. Ularning soni