Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/202
tarix20.11.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#165006
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   202
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9

“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
94 
Xuddi shu yoʻsindagi ishlar darslikning “Bahor manzarasi va mehnat” boʻlimida 
berilgan. 
Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga ekologik tarbiya berish hikoya oʻqish 
darslarida ham amalga oshirilishi mumkin. Xususan, Nosir Fozilovning “Quyoncha”, 
Malik Murodovning “Yer sevarni-el sevar”, Zohir A’lamning “Soy suvi haqida ertak” 
hikoyalarini (3-sinf), “Tushovli toy”, Gʻayratiyning “Buzilmagan uya”, Rauf 
Tolibning “Quyosh sevgan yurt” hikoyalarini (4-sinf) oʻqish darslari alohida oʻrin 
tutadi. Ayniqsa, oʻquvchilarda tabiatga muhabbat va uni asrash tuygʻusini 
shakllantirish 4-sinfda oʻqiladigan X.Toʻxtaboyevning “Nihollarning nolasi” hikoyasi 
juda katta ahamiyat kasb etadi[2.]. Bu hikoyada koʻkalamzorlashtirish oyligida 
oʻquvchilarning xursand boʻlib koʻchat ekishlari, ikki yuz niholchaning xursand 
boʻlib quyoshga boʻy choʻzishlari, ammo keyin bu hihollardan xabar olishmagani, 
ularning birin-ketin suvsizlikdan nobud boʻlganliklari zoʻr badiiy mahorat bilan 
tasvirlangan. Zero, hikoyada tasvirlangan voqealar oʻquvchilarning kundalik 
hayotlarida yuz berayotganligi hech kimga sir emas. Ba’zan oʻquvchilar 
oʻqituvchining tayziqi ostidagina koʻchatlarni sugʻoradilar, ularni yuzaki 
parvarishlaydilar. Ammo hikoyada yangi ekilgan nihollarning suvsizlikdan “Suv, 
suv” deya faryod urib, azoblanib halok boʻlish oʻrinlarini oʻqish jarayonida 
oʻqituvchi oʻquvchilar ongiga nihollarning ham tirik mavjudot ekanliklarini, ularga 
ham parvarish zarurligini yetkaza olishi darkor. Bunda hikoyani ifodali oʻqish, 
suvsizlikdan nobud boʻlayotgan nihollar holatini oʻquvchilarga yetkazish muhimdir. 
Ayniqsa, oʻquvchilar zoʻr ishtiyoq bilan ekkan novcha niholcha ajal bilan qattiq 
olishishi, har daqiqa uni ekkan bolalarni koʻzlari toʻrt boʻlib kutishi oʻrinlariga 
oʻquvchilarning diqqatini qaratish lozim. “Qaddi-qomati kelishgan novcha niholcha 
bu judolikdan dahshatga tushdi-yu, lekin oʻzini yoʻqotmadi. “Yoʻq,- deya chayqalib 
ketdi novcha niholcha,- men oʻlmasligim kerak, men yashayman, yashayman!” -Suv! 
- deb chinqirib yubordi.” 
Bu hikoyani oʻqish orqali oʻquvchilarda oʻz ishlariga mas’uliyat hissi ham 
tarbiyalanishiga ahamiyat berish dars samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 
Boshlangʻich sinf oʻqish darslarida yil fasllari bilan bogʻliq mavzularni oʻrganishda 



Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin