tavsiyalari ham ushbu ta’lim tizimiga ham bog‘liqdir:
- “Muhimi- jarayon va hodisalarni eslab qolish emas, tushunish…..”
- “Eng muhim qonuniyatlarni qo‘llay olish….”
- “Yangi bilimlar yodda qolishi uchun ularni o‘zidan, o‘z tajribasidan o‘tkazishi
lozim….”
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
180
- “O‘zi biror marta tadqiqot ishini olib bormagan o‘qituvchi o‘quvchini ham
tadqiqot qilishga o‘rgata olmaydi….”
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, ushbu ta’lim yondashuvi bolalarga
nazariya va amaliy ko‘nikmalarni samarali tarzda birlashtirishga imkon beradi va
universitetga kirish va unda keying o‘qishni osonlashtiradi. Shu paytgacha asosiy
e’tibor ko‘proq nazariy bilimlarga qaratilgan bo‘lsa, endilikda ushbu dastur asosida
ko‘proq talabalarning amaliy qobiliyatini o‘stirishga qaratilgan. Ya’ni talabalar
o‘zlarining irodasini, ijodkorligini, moslashuvchanligini rivojlantiradi va boshqalar
bilan hamkorlik qilishni o‘rgatadi.
Boshlang‘ich sinf darslarini STEAM dasturi asosida tashkil etish bu darsning
samaradorligini ham oshiradi. Eng asosiysi o‘quvchilar boshlang‘ich davridan
boshlab 5 yo‘nalish bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ladi va bosqichma bosqich
yetarlicha ko‘nikmalarni shakllantirib boradi. O‘quvchilar ta’lim olish davrida o‘z
qobiliyatidan kelib chiqqan holda qiyinchiliksiz kasb ham tanlay olishlari mumkin.
Uzoq kelajakda bizning mamlakatimizda ham tabiiy fanlar bilan birgalikda
texnologiya va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar
soni ko‘payib boradi. Natijada O‘zbekiston ham ushbu yo‘nalishlar asosida boshqa
bir rivojlangan mamlakatlar qatorida bemalol raqobatdosh mamlakatga aylanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni..
https://lex.uz
2. “Tabiatshunoslik fanini o‘qitishda STEAM yondashuv” (O‘quv-uslubiy
qo‘llanma). Tolipova.T Samarqand-2019.
3. Qo‘ychiyev Z. “Boshlang‘ich sinfda tabiiy fanlarni o‘qitishda STEAM
yondashuv” nomli maqolasi.
|