“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 30
Proektlab o‘qitish metodi va x. k. Bu metodlarning vujudga kelishiga, shubhasiz,
pedagogika, psixologiya, shaxs psixologiyasi, lingvistika, psixolingvistika fanlarining
rivojlanishi va ta’siri katta bo‘ladi. Fikrimizcha, chet shli o‘rgatish metodlari haqidagi
bunday turli tumanlik metodist olimlar orasida hamon yagona fikr yo‘qligidandan
dalolat beradi. Masalan, I. V. Rahmonov va M. V. Lyaxovitskiylarning fikricha chet
tillarni uchta umumiy metod orqali o‘rgatish mumkin:
1. Namoyish qilish (demonstratsiya) metodi;
2. Tushuntirish metodi;
3. Mashq ishlatish yoki amaliy ishlarni tashkil qilish metodi.
R. K. Minyar-Beloruchev esa, bu uch metodni boshkacha atamalar orqali
nomlashni taklif qiladi. 1. Tushuntirish metodi; 3. Ko‘rsatish metodi; 3.
Mustahkamlash metodi. I. L. Bim esa, o‘rgatish metodlarini tasniflar ekan ularni: 1.
Ko‘rsatish; 2. Tushuntirish; 3. Mashq, bajartirish; 4. Malakalarni amalda qo‘llash
kabi turlarga bo‘ladi. E. I. Passov, I. M. Maxmudovlarning asarlarida ularning soni
yanada ko‘paytirilada: 1. Tushuntirish metodi (retseptiv metod yoki ko‘rgazmali
tushuntirish metodi); 2. Reproduktiv metod; 3. Muammoli (problemali) o‘qitish
metodi; 3. Evristik suhbat metodi; 5. Ilmiy izlanish yoki ilmiy tadqiqod o‘tkazish
orqali o‘rgatish metodi. Nazarimizda o‘rgatish metodlariing bunday turli-tuman
tasniflanishida o‘rgatish metodlari, usullari, tamoyillari o‘zaro aralashtirilib
yuborilgan.
Tushuntirish metodi. Tushuntirish metodi ta’lim jarayonida eng keng
qo‘llantladigan metodlardan biri hisoblanib, o‘quvchi o‘quv dasturida belgilangan
fonetik, leksik, grammatik materialni og‘zaki usulda o‘quvchilarga takdim
qiladi.O‘qituvchi xilma-xil ko‘rgazmali kurollardan, ta’limning texnika vositalaridan
foydalangan holda o‘quv materialining mazmunini bayon qiladi, bu orqali
o‘quvchilarda dastlabki fonetik, leksik, grammatik ko‘nikmalarni shakllantiradi va bu
ko‘nikmalarni amalda qo‘llash yo‘llarini ko‘rsatadi. Bu metod o‘quv materialini
mantiqiy izchillikda bayon qilish, turli ma’lumotlardan foydalanish, fanlararo
bog‘liqlikni ta’minlash, o‘zbek va fransuz tillarini qiyoslab tushuntirish imkoniyatini
beradi. Bu metodning samarador bo‘lishi o‘qituvchining metodik mahoratiga, ya’ni