Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/202
tarix20.11.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#165006
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   202
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9

“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
62 
aksonometrik proyeksiyalarini yasashni o‘rgatish samarali natijalar beradi hamda 
dars samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Maktablarda chizmachilik fani o‘quvchilarni murakkab bo‘lmagan chizmalarni 
chizish, amaliy buyumlar yasash, bezatishning elementar asoslari bilan tanishtirish va 
badiiy jihatdan tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. 
Mashina detallarini yasashda, asosan, ularning ish chizmalaridan foydalaniladi. 
Lekin bu tasvirlarning asosiy kamchiligi shundaki, detal ko‘rinishi turli tekislikda 
bajariladi. Bunday hol chizmaning o‘qilishini qiyinlashtiradi. Shuning uchun, amalda 
detalning ish chizmasi bilan birgalikda uning yaqqol tasviri ham qo‘shib beriladi. 
Detalning yaqqol tas
viri, 
ya’ni aksonometrik proyeksiyasi qo‘shib berilgan ish 
chizmalarini tez oson o‘qish mumkin bo‘ladi. 
Aksonometriya yunoncha so‘z bo‘lib, akson - o‘q v a m e t r e o - o‘lchash degan 
ma’noga to‘g‘ri kelib, o‘qlar bo‘yicha o‘lchash deganidir. 
Aksonometrik proyeksiyalar uch o‘lchamli yaqqol tasvir hisoblanadi. Ular x, y, 
z koordinata o‘qlari tizimida hosil bo‘lishiga qarab to‘g‘ri va qiyshiq burchakli 
turlarga ajraladi. Agar koordinata o‘qlari orasidagi burchaklar o‘zaro teng bo‘lsa, 
ya’ni jism o‘lchamlari ushbu x, y, z o‘qlarga o‘zgarmasdan bir xilda tasvirlansa, 
to‘g‘ri burchakli aksonometriya deyiladi. x, y, z o‘qlari orasidagi burchaklardan 
bittasi qolgan ikkitasiga nisbatan o‘zgarib tasvirlangan bo‘lsa, ya’ni jism o‘lchamlari 
x, y, z lardan bittasiga o‘zgarib (kichiklashib) proyeksiyalansa, qiyshiq burchakli 
aksonometriya deyiladi. Aksonometriyada koordinata o‘qlari x, y, z larga bir xilda 
(kattalikda) tasvirlanadigan jism sifatida kub olinib, uni 
qiyshiq, so‘ngra to‘g‘ri burchak ostida aksonometrik 
proyeksiyalar tekisligi P ga proyeksiyalash jarayonini 
ko‘rib chiqamiz. 

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin