Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix16.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#180916
1   2   3   4   5
Ilm-fan 0106

ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
23 
sahifalarni ko’rish dasturi Brauzer web-sahifada HTML teglarini topib, ular talabi boyicha 
malumotni ekranga chiqaradi. Teglar, o`zlari, ekranda aks ettirilmaydi. 1993 yilda birinchi 
web-brauzer Mosaic paydo bo’ldi. Bugungi kunda yuz xil brauzerlar mavjud. Eng mashhurlari: 
Internet Explorer (Windows tarkibidagi dastur), Opera, FireFox.
Informatika va axborot texnologiyalari yo’nalishida virtual tushunchasi keng ma’noda 
qo’llanilmoqda. Masalan: virtual mashina (https://azkurs.org/kerakli-xizmatlarni-qanday-
ishga-tushirish-va-virtual-mashina.html), virtual xotira, virtual disk, virtual aloqa, virtual 
sayohat, virtual sinf va x.k. Birgina ushbu sohasida ham virtual tushunchasi turli shakl va 
ma’nolarda qo’llanilib kelinmoqda va bir-biridan farqli ma’nolarni anglatadi. Masalan, 
multimedia tizimlarida virtual tushinchasi virtual borliq ma’nosini beradi. Virtual (lotincha 
Virtualis — mumkin bo’lgan, ya’ni muayyan bir sharoitlarda sodir bo’ladigan yoki ro’y berishi 
mumkin bo’lgan) tushunchasi narsalar va hodisalarning vaqt va makonda mavjud bo’lmagan, 
lekin obyektiv narsalar yoki subyektiv obrazlarning amalga oshish ehtimoli mavjud bo’lgan 
jarayonni anglatadi.«Virtual borliq» atamasi 1970 yillarning oxirida Massachuset texnologiya 
institutida Jaron Lanier tomonidan o’ylab topilgan. U 1984 yilda dunyoda birinchi virtual 
borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda yaratiladigan muhitda insonning 
mavjudligi g’oyasini ifoda etadi. «Virtual borliq» atamasi muomalaga amerikalik 
kinematografchilar tomonidan kiritilgan. Ular muayyan sabablarga ko’ra tabiiy yo’l bilan 
amalga oshirib bo’lmaydigan xayoliy imkoniyatlarni belgili-grafik shaklda sun’iy amalga 
oshirish mumkinligi haqidagi kinolentani shu nom bilan chiqarganlar.
Virtual borliq — inson real borliqda harakat qilayotgani illyuziyasini kompyuterda yaratish 
imkonini beruvchi interfaol texnologiya. Bunda obyektiv borliqni tabiiy sezgi organlari 
yordamida idrok etish o’rnini maxsus interfeys (https://azkurs.org/8-amaliy-mashgulot-
interfeys-turlari-foydalanuvchi-interfeysin.html), kompyuter grafikasi va ovoz vositasida 
sun’iy yaratilgan kompyuter axboroti egallaydi. Virtual borliq amalda yo’q narsa, uni qo’l bilan 
tutish, uning ta’mi va hidini his qilish mumkin emas. Shunga qaramay, u mavjud va inson bu 
xayoliy olamga kirib, uni nafaqat kuzatadi va boshdan kechiradi, balki unga ta’sir ko’rsatish 
imkoniyatiga 
ham 
ega 
bo’ladi, 
ushbu olamda 
mustaqil 
harakat 
qiladi 
(https://azkurs.org/tafakkur-jarayonini-organish-va-axborot-nazariyasi.html), uni o’zgartira 
oladi. Virtual olam — inson borlig’ining o’ziga xos shakli va odamlar ma’naviy aloqasining 
alohida madaniy ifodasidir. Ammo virtual borliq real fizik borliqdek lazzat baxsh eta olmaydi, 
chunki bu borliq ta’sirida vujudga keluvchi his-tuyg’ular ko’p jihatdan uning o’zi bilan emas, 
balki uni biz qanday idrok etishimiz bilan belgilanadi. Biz virtual dengizda cho’milishimiz 
mumkin, ammo bunda paydo bo’luvchi histuyg’ularimiz bu dengizni biz qanday idrok 
etishimizga bog’liq bo’ladi. Virtual tarvuz haqiqiy tarvuzdan shirin emas va h.k. Virtual 
borliqni odamlar yaratadi. Shu bois virtual borliqda mavjud barcha narsalarning manbai 
inson ongidir. Binobarin, virtual borliq ong, ong osti sohasi va fantaziya chig’irig’idan o’tuvchi 
fizik borliqdan shakllanadi. Virtual borliq obyektiv tarzda (https://azkurs.org/1--topshiriq-
borliq-falsafasi.html), ya’ni inson miyasida emas, balki kompyuterda mavjud bo’ladi. Ayni 
vaqtda, u inson ongining mahsulidir. Inson tomonidan yaratilganidan keyin u inson ongidan 
qat’iy nazar yashashda davom etadi, bu ongga har xil ta’sir ko’rsatadi, mazkur ongning 
mazmuniga 

bilimlar, emotsiyalar 
(https://azkurs.org/umumiy-psixologiya-v5.html), 
kayfiyat hamda ongning boshqa unsurlariga qarab, har xil idrok etiladi.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin