ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
24
ILMIY-PEDAGOGIK TADQIQOT METODLARINING
PEDAGOGIKA SOHASIDA TUTGAN O’RNI
Tojiboyeva Muqaddasxon Raxmatjon qizi
Farg’ona davlat universiteti 1-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7920305
Annotatsiya:
Ushbu maqolada pedagogika sohasida mavjud bo’lgan ilmiy-pedagogik tadqiqot
metodlari haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tilgan.Shuningdek,
ushbu metodlarning
ahamiyati va ularni pedagogika sohasida tutgan o’ni haqida so’z yuritilgan.Metodlarning
muhim jihatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
metod, deskriptiv, perskriptiv, intervyu metodi,
anketa metodi, respondent,
fundamental, test metodi.
Metod (lotincha “metodos” - “yo’l”) tadqiqot yo’li, nazariya, ta’limot deb tarjima qilinadi.Ilmiy
tushuncha sifatida “metod” so’zi keng ma’noda muayyan maqsadga erishish yo’lini, tor
ma’noda tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari hamda qonuniyatlarini bilish maqsadida
qandaydir vazifani hal etish usulini bildiradi.Pedagogika sohasida shunday maxsus metodlar
mavjudki, ular yordamida ta’lim-tarbiyaga jarayoniga oid muhim faktlar,
turli pedagogik
vaziyatlar mohiyatlari mohiyatlari, mexanizmlari va xususiyatlari o’rganiladi.Metodika-
xususiy fanlarni o’qitish mazmuni, qonuniyatlari, tashkiliy shart-sharoitlarini tadqiq etadi.
Pedagogika fani rivojining hozirgi bosqichida alohida dolzarb metodologik masalalarni hal
etish bilan chegaralanmasdan xususiy bilimlar tizimi sifatida pedagogika fani
metodologiyasini aniq belgilab olish zaarur.Bu
birinchidan, pedagogik nazariyalarning
ishonchliligini ta’minlasa, boshqa tomondan metodogik bilimlarsiz pedagogik tadqiqotlarni
samarali tashkil etish mumkin emasligini uqtiradi.Pedagogika o’z tadqiqot obyektiga va
tadqiqot metodlariga ega.Ilmiy tadqiqot barcha fanlar kabi pedagogika
fanini takomillashib
borishiga, ayrim pedagogik hodisalarni tekshirishga hamda ularni to’g’ri hal etish yo’llarini
aniqlashga yordam beradi.Pedagogik muammolarni tadqiq etish adabiyotlarni o’rganishdan
boshlanadi.O’rganiladigan hujjatlar va manbalarga xalq maorifiga aloqador hujjatlar
kiradi.Shu bilan birga, pedagogik matbuot materiallari, pedagogika faniga oid bo’lgan tarixiy-
pedagogik adabiyotlar, arxiv hujjatlari,
darsliklar, o’quv-metodik ishlanmalar ham
kiradi.Adabiyotlarni o’rganish metodi muammolarning qay tomonlari yaxshi ochilganligi
hamda qaysi masalalari hal etilmagani kabi jarayonlarni bilish imkoniyatini beradi.
Pedagogik tadqiqot bosqichlari quyidagilardan: ma’lumotlarni yig’ish, xulosalarni jamlash,
tadqiqot bo’yicha miqdoriy va tahlil o’rtacha
miqdoriy raqamlarni aniqlash, korrelyatsiya
koeffitsiyenti, grafiklarni tuzish, xulosalarning to’g’riligini ta’minlovchi ma’lumotlarni yig’ish
(buning uchun turli metodlar qo’llaniladi), ta’lim-tarbiya jarayoniga oid ishchi farazni ilgari
surish, uni nazariy va amaliy jihatdan sinovdan o’tkazish
maxsus metodikasini ishlab
chiqarishdan iboratdir.
Pedagogika fani o’z mazmun-mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va
nazariyalarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan uslublari bilan o’rganadi.Ilmiy
tadqiqot uslublari deganda, yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o’qitishning real
jarayonlarga xos bo’lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish yo’llari, usullari va
vositalari majmui tushuniladi.Ijodiy jarayonda bugungi
kunda pedagogika fani
metodologiyasiga,
uning
predmetiga
nisbatan
turlicha
yondashuvlar
vujudga
kelmoqda.Metodologiya alohida fan sifatida 2 ta funksiyani bajaradi: