Annotatsiya:
Маmlakatimizda ta’lim tizimida maktab fanlarini o’qitishda
AKTdan samarali foydalanish dolzarb masaladir. Aynan axborot texnologiyalari
ta’limning universal vositasi hisoblanib, nafaqat o’quvchilarda bilim, ko’nikma va
malakalarni shakllantirish imkonini beradi, balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish,
bilishga qiziqishlarini qondiradi.
Kalit so’zlar:
AKT, boshlang’ich ta’lim, kompyuter, axborot texnologiyalari,
o’quv faoliyat, drastically jarayoni.
Axborot
texnologiyalari
maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash
texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi.
Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali
yigʻish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib
boriladi.[1]
Pedagogik va psixologik tadqiqotlarda shu narsa ta’kidlanmoqdaki, AKT
o’quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkuri rivojlanishiga katta ta’sir etadi.
O’quvchining xotirasida u yoki bu hodisa, jarayonning obrazli ifodalanishi o’quv
materialini boyitib, uning ilmiy jihatdan o’zlashtirilishiga yordam beradi.Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim jarayoniga joriy etilishidan asosiy maqsad
— aynan zamonaviy axborot muhiti uchun xarakterli bo’lgan o’quv faoliyatlarining
yangi turlarini paydo bo’lishidir.[2]Ma’lumki, boshlang’ich ta’lim — ta’lim tizimining
poydevori hisoblanib, o’quvchilarni o’qitish sifati unga bog’liq bo’ladi va bu
boshlang’ich maktab o’qituvchisi zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Uzoq vaqt
davomida ta’lim tizimida boshlang’ich maktab «ko’nikmalar maktabi» bo’lib keldi,
ya’ni o’quvchi keyingi ta’lim olish uchun o’qish, yozish, hisoblash kabi asosiy
ko’nikmalarni o’zlashtirishi kerak bo’lgan ta’lim bosqichi sifatida qaralgan. Bugungi
kunda boshlang’ich maktab boshqacha tasavvur etiladi. Bugungi kunda u ta’lim
tizimida bolaning birinchi tajribasi — ta’lim olish kuchlarini sinash joyi bo’lib qolishi
kerak. Ushbu bosqichda faollikni, mustaqillikni rivojlantirish, idrok etish faolligini
saqlab qolish va bola ta’lim dunyosiga shaxdam kirib borishi uchun sharoitlar yaratish,
uning salomatligini va emotsional xususiyatlarini mustahkamlash muhim. Bugungi
kunda o’quvchilarning aynan mana shu sifatlari ta’lim jarayoniga AKTni joriy etish
bilan rivojlanayotganligining guvohi bo’lmoqdamiz.O’z faoliyatimizda ta’lim
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 37 ~
jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etib, ulardan foydalanib va o’quv jarayonida
AKTdan foydalanish bo’yicha ma’lum tajribalarni to’plab bormoqdamiz.[3]Ахborot
texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha tajribam an’anaviy dars doirasida AKTni
didaktik jihatdan to’g’ri qo’llanilgan hollarda o’quv jarayonini individuallashtirish va
differensatsiyalash uchun cheklanmagan imkoniyatlar paydo bo’lishini ko’rsatdi. Ular
o’quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini beradi, mustaqil ishlar
samaradorligini oshiradi, ijodkorlik, malaka va ko’nikmalarni egallash va
mustahkamlash uchun umuman yangi imkoniyatlar beradi, ta’limning yangi shakllari
va metodlarini amalga oshirishga imkon beradi.
Har bir o’quvchida shaxsiy o’quv yo’nalishini rivojlantirishni ta’minlaydi. O’quv
jarayonida uni muvaffaqiyatli bilim olish uchun zarur bo’lgan asosiy jarayonlar sifatida
fikrlashni, tasavvurni rivojlantirishga yo’naltirilgan katta o’zgarishlar sodir bo’ladi;
o’quvchilarning idrok etish faoliyatlarini samarali tashkil qilish ta’minlanadi.АKTdan
foydalanilganda ta’limda shaxsga-yo’naltirilgan yondashuvni amalga oshirish oson
bo’lib qoldi, butun o’quv jarayonini samarali tashkil qilish imkoniyati paydo bo’ldi.
Dars jarayonida tayyor multimediali mahsulotlari va kompyuter ta’limi dasturlaridan,
o’quv va sinfdan tashqari ishlarda Internet tarmog’i vositalaridan foydalanib,
multimediali ta’lim dasturlari va taqdimotlar, loyihalar yaratildi. Axborot
texnologiyalarini barcha o’quv fanlarda qo’llash mumkin. Darslarda o’quv va o’yin
dasturlaridan foydalanish katta samara beradi. [4]Ona tili va Rus tili darslarida
savodxonlikni oshirish bo’yicha mashqlar yordam beradi, bunda bolalar
kompyuterlarda turli xildagi amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Boshlang’ich sinflar
o’quvchilari uchun turli didaktik materiallar to’plamidan foydalanib, ko’rgazmali-
mashq, nazorat-mashqlari va test sinovlari modullari kiritilgan aralash kompyuter
dasturlarini tayyorlash mumkin. Unga fanga oid qoidalarni joriy o’rganish va
umumlashtirilgan takrorlash uchun uchta variantlarda berilgan grammatika-orfografik
mavzular bo’yicha boy va turli-tuman materiallardan foydalanish yaxshi samara
beradi.
1-sinfda ona tili va o’qish savodxonligi darsida elektron o’quv qo’llanmalari
tayyorlab, foydalanish mumkin. Unda so’zni tovushli-harfli tahlil qilish, so’zning
bo’g’inlari tuzilishi, ba’zi orfogrammalar o’rganilishi turli qiziqarli ko’rgazmali va
ovozli material berish mumkin. Yorqin rasmlar, g’aroyib, qiziqarli topshiriqlar kichik
yoshdagi o’quvchilarda ona tiliga qiziqishni oshirishga yordam beradi, o’yin shaklida
o’quv materiali bilan tanishish imkonini beradi, o’zini nazorat qilish va o’quv
refleksiyasi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. Ushbu qo’llanma bo’yicha ta’lim
jarayonini differensiatsiyalashga turli darajadagi murakkablikdagi topshiriqlarni tanlab
olish yordamida erishiladi. Savodxonlikka o’qitish bo’yicha tematik rejalashtirishni
ishlab chiqishda rejalashtirishga tegishli elektron mavzular va bo’limlarni kiritish
mumkin. Dars rejasini ishlab chiqishda frontal, individual va guruhli ishlash uchun
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 38 ~
kompyuterni qo’llash maqsadga muvofiq bo’lgan dars bosqichlarini ishlab chiqish
lozim.Matematika darslarida «O’yinli masalalar» dasturlarini tayyorlab, foydalanish
mumkin. Boshlang’ich sinfda o’rganiladigan ko’plab mavzular bo’yicha turli
materiallar berilgan.[5] Turli murakkablik darajasidagi turli xildagi topshiriqlar har bir
o’quvchining idrok etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam
beradi.Masalalarni yechishda kompyuterli animatsion slaydlardan foydalanish
darsning qiziqarliligini oshiradi. Ularning ustunlik tomonlari istagan paytda
masalaning boshiga qaytish mumkin, uning alohida qismlarida to’xtalish, o’quvchilar
bilan suhbatlashish, ularning fikrlarini tinglash mumkinligidan iborat. Boshlang’ich
sinflarda harakatlanishga animatsiyali masalalar bilan slayd-filmlarni qo’llash
mumkin. Shunday slaydlarni yaratish uchun Internetdan olingan animatsion
kartinkalardan foydalanish mumkin.Barcha o’quv fanlarida test topshiriqlaridan
foydalanish zarur. Testlardan dastlab faqat bosma ko’rinishidagisidan foydalangan
bo’lsak, hozirda ularni kompyuterda terib, har bir o’quvchi bilan shug’ullanish
mumkin. AKTdan foydalanish yillari davomida 1-sinfdan 3-sinfgacha matematika
darslarida deyarli barcha mavzulari va boshqa o’quv fanlari bo’yicha qator turli
testlarni tayyorlash mumkin. Endi darslarda faqat bosma shakldagi emas, balki
kompyuterli testlardan foydalanish zarur. Ular bajarib bo’lishi bilan darhol bahosini
olishga imkon beradi, bahoni kompyuterning o’zi taqdim etadi, u yoki bu mavzu
bo’yicha kamchiliklarini aniqlashlariga imkon beradi.«Tabiatshunoslik» fani bo’yicha
barcha mavzulari bo’yicha kompyuter testlarini ishlab chiqish mumkin. Masalan:
«O’lkamiz suv havzalari», «Ona zamin», «O’rmon va dalalar — tabiat boyligi»,
«Qishloq xo’jaligi sohalari», «Bizning o’lka», «Yer osti boyliklari», «O’lkamiz
hududiy tuzilishi», «O’lka chorvachiligi va o’simliklari» va boshqalar. Ona tili
bo’yicha o’rganiladigan so’z leksik mazmunini talqin qilishda va birliklarni turlarga
ajratishda o’quvchilarda qiyinchiliklar tug’diradi. Bular: antonimlar, sinonimlar,
omonimlar. Testlar orqali o’quvchilarning leksik imkoniyatlari rivojlanadi, so’zning
to’g’ri va ko’chma ma’nosini topishga, sinonimlarni to’g’ri tanlashga, sinonimlar,
antonimlar va omonimlarni farq qilishga o’rgatadi. Antonimlar bilan ishlashga
bag’ishlangan
«Teskari o’yin» testidan foydalanish o’quvchilarga darsni
tushuntirishga samarali ta’sir etadi. Asosiysi: test topshiriqlarini bajarishda
o’quvchining ko’zi, miyasi va qo’llari ishtirok etadi, o’yin elementlari esa ularda
bajarayotgan ishlariga qiziqishni rivojlantirishga va demak, ta’lim jarayoni jadalligi
kerakli darajasini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Testlardan tashqari
krossvordlar, sxemalar, jadvallardan foydalaniladi, o’quvchilar dars materiallarni
mustaqil o’rganishda bevosita kompyuterda ishlaydilar.Barcha o’quv fanlarida
qo’shimcha va rivojlantirish materiallari sifatida ko’plab videofilm hamda fotolavhalar
bilan o’lkashunoslik materialidan foydalanish mumkin.[6] Microsoft Power Point
dasturlari yordamida yaratilgan taqdimotlar ta’lim jarayonida AKT’dan foydalanish
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 39 ~
juda samarali shakli hisoblanadi. Taqdimotda asosiysi — axborotliligi,
ko’rgazmaliligi, qiziquvchanligi hisoblanadi. Mazkur dastur orqali turli mavzu va
fanlar bo’yicha taqdimotlar yaratishda fotosuratlar, rasmlar, animatsiya, qo’shimcha
axborotlardan foydalanish mumkin. Maktabda mavjud bo’lgan Internet tarmog’i
ishimizda katta yordam ko’rsatadi. Internet — bu global axborot tizimi ekanligi
barchaga ma’lum. U elektron pochta, izlash tizimlarini o’z ichiga oladi va turli axborot
resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Undan kerakli axborotlarni topish, qayta
ishlab chiqish va ularni ko’paytirib, barcha kompyuterlarga o’rnatib bolalarga mustaqil
juftlikda, guruhda, individual ishlashni taklif etish mumkin. O’quvchilarga turli xildagi
topshiriqlarni taklif etish: tadqiqot o’tkazish, asosiysini tanlash, taqdimot tayyorlash,
jadvalni to’ldirish imkoni paydo bo’ladi.Axborot olishning boshqa bir usuli — dars
davomida bevosita Internetdan axborot olish hisoblanadi. Internetdan avvaldan kerakli
materialni topish, darsda esa uni o’quvchilarga ko’rsatish mumkin. Ishni o’rganilgan
material bo’yicha dialog ko’rinishida olib borish mumkin.Boshlang’ich sinf
o’quvchilari Internetdan mustaqil foydalanishni, kerakli axborotni tanlashni, uni saqlab
qolish va taqdimotlar tuzish yoki turli xildagi loyihalarni ishlab chiqish va bajarishda
keyingi ishlarida foydalanishni biladilar. 2-sinfdanoq o’quvchilar faqat daftarda emas,
balki bevosita kompyuterda ham topshiriq-larni bajara oladilar. O’quvchilar
kompyuter bilan ishlash birinchi ko’nikmalarni oladilar, o’zlarining nazariy bilimlarini
doimiy chuqurlashtirib va amaliy ko’nikmalarini takomillashtirib boradilar.
Boshlang’ich sinflarda fikrlash operatsion uslubini shakllantirishda informatika
kursining roli juda muhim. Informatikaning ushbu roli harakatlari tuzilishini
rejalashtirish, axborot izlash, muloqotni rejalashtirish, axborot modellarini qurish,
faoliyatni vositalashtirish kabi dastlabki ko’nikma va malakalar to’plami ko’rinishida
qaraladi. Kompyuterni o’qishda yordamchisi, ijodkorlik, o’zini ifoda etish va
rivojlantirish vositasi sifatida tushunish katta ahamiyatga ega. Katta sinflar
o’quvchilarida fikrlash uslubi shakllanib bo’ladi, yangi shakllarini ular qiyinchilik
bilan qabul qiladilar. Ushbu kurs o’quvchini AKTda axborot bilan amaliy ishlashga
o’rgatishi kerak. Boshlang’ich maktabda kompyuterni o’zlashtirib o’quvchilar undan
o’z faoliyatlari vositasi sifatida boshqa sinflarda ham foydalanishlari mumkin,
kompyuterni qo’llash bilan olib boriladigan darslar ularda qiyinchilik tug’dirmaydi.
Katta sinflarda informatika darslarida albatta kompyuterdan foydalanish ushbu
dasturni amalga oshirish zarur sharti hisoblanadi. Kompyuterdan odatda yangi
materialni muhokama qilishda elektron doska sifatida foydalanaman. Bundan tashqari,
o’quv o’yinlarini tashkil qilish hamda individual ta’lim va kompyuterli praktikumni
tashkil qilishda foydalaniladi. Ta’lim natijasida o’quvchilar o’quv va oddiy amaliy
masalalarni yechish uchun kompyuterdan foydalanish: fayllar bilan oddiy
operatsiyalarni amalga oshirish (yaratish, saqlab qolish, izlash, dasturni ishga
tushirish); dasturlarda amaliy topshiriqlarni va ijodiy ishlarni bajarishni biladilar: Word
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 40 ~
Pad, Microsoft Power Point, Microsoft Excel, Microsoft Word; keng foydalaniladigan
dasturlarni ishga tushirish: kompyuter ekranida matnli va grafik redaktor, trenajerlar,
testlar; matnlar va tasvirlar (axborot), obyektlar bilan ishlash; izlash, oddiy
o’zgartirishlarni, saqlash, foydalanish va axborot hamda ma’lumotlarni uzatishni
amalga oshiradilar, mundarija, yo’l ko’rsatuvchi, kataloglar, spravochniklar,
internetdan foydalanib, kompyuter yordamida kichik loyihalar va taqdimotlar
yaratadilar.[7][8]
Dostları ilə paylaş: |