ADABIYOTLAR TAHLILI VA METADOLOGIYA Psixologlarning fikriga koʻra, yosh bolalarning til oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqi
kattalarga qaraganda ancha baland boʻladi va tilni tez, oson oʻzlashtiradi.Shuning
uchun oʻqituvchilardan yosh oʻrganuvchilarni yanada darsga qiziqtirish va ingliz tili
darslarining samaradorligini oshirish maqsadida yuqori pedagogik mahorat talab
qilinadi, ya’ni turli xil oʻyinlar metodlaridan foydalanishi talab qilinadi. Oʻyin
boshlangʻich taʼlim yoshidagi oʻquvchilarning asosiy faoliyati hisoblanib, u orqali bola
shaxs sifatida shakllanadi. Oʻyin bolalarning aqliy va jismoniy rivojlanishi, axloqiy va
estetik tomondan tarbiyalanishida katta ahamiyatga ega. Oʻyin har bir yosh bosqichida
bolaning atrofidagi dunyoni, undagi insonlarning hamda oʻz-oʻziga boʻlgan
munosabatini va unga qay tarzda javob qaytarishni bilishga, dunyoqarashini
oshirishga, teran fikrlashga yordam beradi.Chunki oʻyin oʻz mohiyati jihatidan
oʻrganuvchining xulq- atvoriga, dars jarayoniga boʻlgan munosabatini ijobiy tomonga
oʻzgartirishga, qolaversa darsda fikrini jamlab, faolligini oshishini taʼminlaydi.Dars
davomida har xil o’yinlar o’ynatib turish sinfda fanni o’rganishga bo’lgan ishtiyoqni
yanada oshiradi, faol bo’lmagan o’quvchilarni ham darslarda yaxshiroq qatnashishga
undaydi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Yapon ixtirochilaridan biri Masaru Ibuka mashhur "Ushdan keyin juda kech"
kitobida yozganidek: "...bolaning miyasi cheksiz miqdordagi ma’lumotlarga ega
bo’lishi mumkin...". Shuni eʼtiborga olish kerakki, 7-8 yoshdagi bolalar maʼlumotni
maʼnosini tushunib emas, toʻgʻridan toʻgʻri yodlaydi. Shuning uchun boshlangʻich sinf
oʻquvchilariga ingliz tilini oʻrgatishda aynan grammatik qoidalar asosida tushuntirish
noo’rindir. Boshlanishiga ingliz tili alifbosini turli xil oʻyinlar orqali yodlatib, so’ng
numbers(sonlar), seasons(fasllar), colours (ranglar) kabi atrofdagi oddiy soʻzlarni
ularga qiyinchilik tugʻdirmasdan oʻrgatish ayni maqsadga muvofiq boʻladi.Hattoki
salomlashishni ham noodatiy, oʻyin tarzida boshlashi, masalan, oʻqituvchi darsga
kirishi bilan salomlashuvga doir inglizcha qoʻshiq aytib boshlashi ( ayni boshlangʻich
sinf oʻquvchilari uchun motivatsion usul) samarali yoʻllardan biridir.Shu tariqa davom
etsa, oʻquvchi darsni oxirigacha eʼtiborini yoʻqotmaydi va hattoki ingliz tili darslarini
intizorlik bilan kutadigan boʻladi. Bundan tashqari, pedagog-psixologlar va olimlar
fikricha, bola psixikasining rivojlanishida oʻyin roli beqiyosdir. Shunday ekan,
oʻqituvchilar oʻzlarining yaratuvchanlik qobiliyatini namoyon qilishda va dars sifatini
yaxshilashda turli xil interfaol oʻyinlar tashkillashi kerak boʻladi. Quyida ingliz tilini
oʻqitishda qiziqarli muhit yaratish uchun xizmat qiluvchi oʻyinlar taqdim etiladi: