“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 70 ~
BOSHLANG’ICH SINFLARDA ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI
DARSLARINI TASHKILLASH
Xudayorova Shohista Madiyorovna
Xorazm viloyati Shovot tumani 15-son maktabi
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Annotatsiya:
Ona tili va oʻqish savodxonligi fanini o’qitishning bosh maqsad
yoshlarimizning
ijodiy-mustaqil, o’z fikrini erkin va ta’sirli, mazmunli va mantiqli
qilib yozma va og’zaki shaklda ifodalashga, o’zbek tili qonun-qoidalarini ongli
o’zlashtirishga o’rgatish, shuningdek, ularning fikr
doiralarini kengaytirishga, ona
yurtimizga,
avlod-ajdodlarimiz
qoldirgan
boy
ma’naviyatimizga,
milliy
urfodatlarimizga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan. Maqolada ona tili va
oʻqish savodxonligi fanini boshlangʻich sinflarda tashkilanishi haqida soʻz boradi.
Kalit soʻzlar:
savod oʻrgatish, nutq oʻstirish, ijodiy fikrlash, axborot
texnologiyalari, lugʻat boyligi, tarbiyaviy maqsad, ijodiy munosabat.
Soʻngi yillarda O’zbekiston Respublikamizda har bir kishining savodxon
bo’lishiga alohida e’tibor berilmoqda. Savod o’rgatish davrida o’qitishning maqsad va
vazifalari O’quvchilarning boshlang’ich sinfda ona tili ta’limi bo’yicha egallaydigan
bilim, ko’nikma va malakalari, ularga qo’yiladigan talablar davlat hujjati bo’lgan o’quv
dasturida belgilab berilgan. Shuningdek, savod o’rgatish dasturida ham savod o’rgatish
jarayoni va uning vazifalari aniq ko’rsatilgan. Dasturga ko’ra 1-sinfga kelgan
bolalarning savodini chiqarish elementar o’qish va yozishga o’rgatishdan boshlanadi.
Ular boshlang’ich sinf davomida sidirg’a o’qish va savodli
yozish kabi adabiy til
me’yorlarini egallaydilar. Savod o’rgatish dasturida savod o’rgatish jarayoni ikki
davrga bo’lib ko’rsatilgan: alifbegacha bo’lgan tayyorlov davri va alifbo davri.
“Alifbe” darsligiga asoslangan holda savod o’rgarish o’quv darslari o’quvchilarni 4 oy
davomida elementar o’qishga, yozuv darslari esa yozishga o’rgatilishi lozim.
Boshlang’ich sinflarda o’qitilayotgan ona tili va o’qish savodxonligi darslari
adabiyot fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Dasturlarning o’qish va nutq o’stirish
bo’limida o’tkaziladigan mashg’ulotlar mazmuniga; o’quvchilarni to’g’ri, ravon,
ma’lum darajadagi tezlik bilan ifodali o’qishga o’rgatish; bolaning ona - Vatan, uning
tabiati kishilar mehnatidagi qahramonlik,
jasurlik, milliy istiqlol g’oyalarini ular
ongiga singdirish kabi bilimlarni boyitish orqali o’quvchilarning bilim, ko’nikma
malakalari kengaytiriladi, shakllanadi va mustahkamlanadi.
Ona tili va O’qish savodxonligi darslarini Davlat talablari asosida hayotiy
tajribalarga, kuzatishlarga suyanib, hayotga bog’lab o’tishi uning ta’sirchanligi ongli
idrok etishlarini ta’minlaydi. O’qish va nutq o’stirishning ta’limiy – tarbiyaviy, sinflar
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 71 ~
bo’yicha o’qish mazmunini o’qish ko’nikmalarining og’zaki va yozma nutqlarini
rivojlantirish usullarini, o’qish mashg’ulotlarining yozma nutq bilan bog’lanish kabi
masalalar aniq kiritilgan.
Ona tili va o’qish savodxonligi fani boshlang’ich sinf o’quvchilarining og’zaki va
yozma savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang’ich sinflarda
o’qitiladigan darslar o’z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko’ra taflim tizimida alohida
o’rin tutadi. Negaki ularning zaminida savodxonlik va axloqiytalimiy tarbiya asoslari
turadi. Shuning uchun ham boshlang’ich ta’lim darslariga o’quvchilar qiziqishini
oshirishga alohida e’tibor berish lozim. Chunki bolalar boshlang’ich sinflardanoq
«dars» degan muqaddas so’zdan bezib qolmasliklari lozim. O’qish
savodxonligi -
jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma tilning
shakllarini idrok etish va amaliyotda qo’llay olish qobiliyatidir. Asosiy e’tibor,
tushunishni namoyon qilishdan o’zlashtirilgan qobiliyatlarini namoyon qilishga
qaratilmoqda. Boshlang’ich sinf darslarida o’quvchini qalban yuksak, ma’naviy boy
qilib tarbiyalashda ajdodlarimiz yaratgan betakror asar durdonalaridan foydalangan
holda bilim berish hamda odob-axloq qoidalariga o’rgatish muhim ahamiyatga ega.
Boshlang’ich sinflarda ona tili va o’qish darsi alohida ajralib turadi. Ona tili va
o’qish darslari orqali o’quvchining savodi chiqadi. U yozishni va o’qishni o’rganadi.
Boshqa fanlarda bo’lgani kabi ona tili va o’qish darslarida ham axborot
texnologiyalaridan foydalanib dars olib borish ta’lim sifatini oshirishga va
o’quvchilarning darsga nisbatan qiziqishlarini o’stirishga yordam beradi. Shu sababli
ona tili va boshqa darslarda axborot texnologiyalarini qo’llash asosida dars o’tish davr
talabi deb aytishimiz mumkin. Ona tili va o’qish darslarida multimedia vositalaridan
foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishda ham ta’limiy,
ham tarbiyaviy
ahamiyatga ega. Masalan, axborotning xilma-xillligi: matn, lavha, bezak, nutq, musiqa,
videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiyalardan foydalanishga erishiladi.
O’quvchilarga ta’lim olishda ijodiy munosabatni uyg’otadi va bu o’quvchilarda
o’zlariga bo’lgan ishonchni shakllantiradi; o’quvchilarning tafakkurini rivojlantiradi;
o’z-o’zini namoyish etish imkonini beradi; o’quvchi mavzu bo’yicha yangi fikrlarni
bildirishga va o’ziga o’zlashtirishga ruhan tayyor bo’ladi.
Ushbujihatlardan kelib
chiqib aytish mumkinki, zamonaviy o’qituvchi butun dunyo ta’lim tizimida
bo’layotgan o’zgarishlardan doimo xabardor bo’lishi va ularni o’zlashtirib o’z faoliyati
davomida qo’llay olishi lozim.
Muxtasar qilib aytganda, Shu paytgacha ona tilini oʻqitishdan maqsad tilning
grammatikasini oʻrgatish, til strukturasiga oid qoidalarni yod oldirish edi.
Yangi
darslikda eng muhim qoidalargina qoldirilgan. Rang-barang tasvirlar va qiziqarli
topshiriqlarga koʻproq urgʻu berilgan. Eski darsliklar til strukturasini oʻrgatishga
qaratilgan. Yangi darsliklarda esa til strukturasidan koʻra, tilning leksikologik,
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 72 ~
semantik tomonlariga urgʻu berilgan. Yaʼni asosiy eʼtibor soʻz, uning maʼnolari,
oʻrindoshlari, qoʻllanish oʻrinlari, lugʻat boyligi kabi tomonlarga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: