“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 68 ~
tomonidan ilgari surilayotgan g’oyalarni uyg’unlashtirish hamda ular o’rtasidag
aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi.
«6 x 6» metodi. «6 x 6» metodi yordamida bir vaqtning o’zida 36 nafar o’quvchini
muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal etish,
shuningdek, guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini
bilib olish mumkin. Bu metod asosida tashkil etilayotgan darsda har birida 6 nafardan
ishtirokchi bo’lgan 6 ta guruh o’qituvchi tomonidan o’rtaga
tashlangan muammoni
muhokama qiladi.
Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o’qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi.
Qaytadan shakllangan guruh¬larning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil
bo’ladi. Yangi shakllangan guruh a’zolari o’z jamoadoshlariga avvalgi guruhi
tomonidan muammo yechimi sif atida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va
yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar.
«6x6» metodining afzallik jihatlari quyidagilardan iborat:
- guruhlarning har bir a’zosini f aol bo’lishiga undaydi;
- ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta’minlaydi;
- guruhning boshqa a’zolarining fikrlarini tinglay olish ko’nikmalarini hosil
qiladi;
- ilgari surilayotgan bir hecha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o’z fikrini
himoya qilishga o’rgatadi.
Eng muhimi, har bir o’quvchi qisqa vaqt (15-20 minut) davomida ham munozara
qatnashchisi, ham ma’ruzachi sifatida faoliyat ko’rsatadi.
Ushbu metod qo’llanilayotgan mashg’ulotlarda guruhlar tomonidan bir yoki bir
necha mavzu (tnuammo) ni muhokama qilish imkoniyati mavjud.
«6 x 6» metodidan ta’lim jarayonida foydalanish o’qituvchidan faollik, pedagogic
mahorat, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish layoqatiga ega bo’lishni
talab etadi. Guruhlarning to’g’ri shakllantirilmasligi topshiriq
yoki vazifalarning
to’g’ri hal etilmasligiga sabab bo’lishi mumkin.
Ushbu metod yordamida mashg’ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi:
1. O’qituvchi mashg’ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo’yib
chiqadi.
2. 6 ta varaqqa turli xil 6 ta topshiriq yozib chiqiladi. Varaqlarga I dan VI gacha
rim raqami yozib qo’yiladi. Bu varaqlar 6 ta stolning har biriga qo’yib chiqiladi.
3. O’quvchilar o’qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo’linadilar. O’quvchilarni
guruhlarga bo’lishda o’qituvchi quyidagicha yo’l tutadi. Har bir o’quvchiga 1 dan 36
gacha raqamlangan varaqchalardan birini olish taklif etiladi. Bu varaqlarda rim raqami
bilan stol raqami ko’rsatilgan bo’ladi. Har bir o’quvchi o’zi tanlagan varaqchadagi rim
raqami bilan ko’rsatilgan stol atrofiga qo’yilgan stuldan joy egallaydi.
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 69 ~
4. O’quvchilar joylashib olganlaridan so’ng o’qituvchi stol ustiga qo’yilgan
topshiriqlarni bajarish uchun ma’lum vaqtni (5-10 minut) belgilaydi, munozara
jarayoni boshlanganini e’lon qiladi.
5. O’qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o’rinlarda
guruh
a’zolariga maslahatlar beradi, yo’1-yo’riqlar ko’rsatadi. Belgilangan vaqt tugagach,
guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so’raydi.
6. Munozara uchun belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o’qituvchi
guruhlarni
qaytadan shakllantiradi. Yangidan shakllangan har bir guruhda avvalgi 6 ta guruhning
har biridan bir nafar vakil bo’lishiga alohida e’tibor qaratiladi. O’quvchilar o’z
o’rinlarini almashtirib olganlaridan so’ng belgilangan vaqt (5-10 minut) ichida guruh
a’zolari avvalgi guruhlariga topshirilgan vazifa va uning yechimi xususida
guruhdoshlariga so’zlab beradilar. Shu tartibda qabul qilingan xulosalarni muhokama
qiladilar va yakuniy xulosaga keladilar. «6x6» metodini ayrim boblar yoki o’quv yili
choragi bo’yicha o’tilgan mavzularni takrorlash va mustahkamlash maqsadida
o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi.
«Aqliy hujum» metodi muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal
etishda keng qo’llaniladigan metod hisoblanadi. Bu metod o’quvchilarni
muammo
xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, shuningdek, o’z tasavvurlari va
g’oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko’nikma hamda malakalarni hosil
qilishga rag’batlantiradi. Ushbu metod yordamida tashkil
etilgan dars jarayonida
ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni topish imkoniyati
tug’iladi. Mazkur metodni qo’llashdan ko’zlangan asosiy maqsad o’quvchilarni
muammo xususida keng va chuqur fikr yuritishga rag’batlantirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: