Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, takliflar va yechimlar xalqaro ilmiy-amaliy anjumani


Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, takliflar va yechimlar



Yüklə 437,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix17.06.2023
ölçüsü437,26 Kb.
#131918
1   2   3   4
bug-doy-donini-qabul-qilish-va-saqlash-davrida-yo-qotishlar-va-ularni-oldini-olish-choralari

Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, takliflar va yechimlar 
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
72 
 2022 
uchun standartlar asosida navning tozaligi, unuvchanligi, namligi, dorilash, quritish 
va qoplash jarayonlari amalga oshirilib fermer dalalarining gektari hisobiga 
taqsimlab, urug‘ tarqatish shahobchalari orqali yetkazib beriladi. Sara urug‘ mo‘l 
hosil garovi hisoblanadi.
Ma’lumki har bir don yoki urug‘ navi qishloq xo‘jaligida e’tibor qilinadigan 
xususiyatlaridan 
tashqari 
hosildorlik, 
vegetatsiya 
davri, 
kasallik 
va 
zararkunandalarga chidamliligi, turli iste’mol ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi.
Mavsumiy iqlim sharoitlari ham don sifatiga ta’sir qilmasdan qolmaydi. 
Masalan yig‘im-terim oldidan va terim vaqtida yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lsa, donning 
namligi ortib ketadi va saqlanuvchanlik ko‘rsatkichlari keskin tushib ketadi. 
Aksincha qurg‘oqchilik bo‘lsa don haddan tashqari qurib ketadi, yoki namlik 
yetishmasligidan donlar to‘liq yetilmay qoladi. 
Shuningdek don sifati va hosildorligiga begona o‘tlar ham katta ta’sir 
ko‘rsatadi. Begona o‘t bilan ifloslangan dalalarda don ekinlari yaxshi o‘sib 
rivojlanmaydi. Ayniqsa g‘allaga berilgan mineral o‘g‘itlarni ko‘p qismini begona 
o‘tlar o‘zlashtirib olishga erishadi. 
Z.Ibragimov va S.Sullievalarning begona o‘tlarga qarshi olib borgan ilmiy 
tadqiqot ishlarida tajribalaridan shunga amin bo‘ldikki begona o‘tlarni o‘z vaqtida 
bug‘doy dalasini o‘zida gerbitsidlarni qo‘llab yo‘qotish yaxshi samara berganligi 
takidlangan. Begona o‘t urug‘lari hosildorlikni keskin pasaytiradi va donning sifatini
buzadi.
Begona o‘tlar urug‘lari yig‘im-terim davrida asosiy o‘simlik donlariga 
qo‘shilib ketadi va don massasini ifloslantirib yuboradi, don massasining sifati 
pasayadi. 
Shuning uchun donlar saqlashga joylashtirilishidan oldin yaxshilab tozalanishi 
lozim. Donning sifati va saqlanuvchanligi ko‘p jihatdan yig‘im-terim jarayonlariga 
bog‘liqdir. Mazkur jarayonlar qanchaliik sifatli tashkillashtirilsa hosil sifati va 
miqdori shuncha yuqori bo‘ladi. 
Respublikamizda don ekinlarini yig‘ishtirib olish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yig‘ib 
olish usulida amalga oshiriladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yig‘ib olish usuli terim muddatini 
mumkin qadar qisqartirish lozim, bu esa yuqori mo‘l hosil olishga erishish 
hisoblanadi. Terim muddati qanchalik cho‘zilib ketsa, donlar to‘kila boshlaydi va 
nobudgarchilikni keltirib chiqaradi. Donli ekinlari asosan mexanizatsiya yordamida 
yig‘ishtirib olinadi. Mexanizatsiya turi, ishlash prinsiplari va rusumlari donning 
sifati va xususiyatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Donni iloji boricha mexanik shikast 
yetkazmay, begona aralashmalarsiz yig‘ib olish lozim hozirgi kunda 
mamalakatimizda donni sifatli yig‘ishtirib olish uchun zamonaviy ilg‘or 
texnologiyalar joriy qilingan. Jumladan, Amerikaning ”Keys” kompaniyasining 
zamonaviy, yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan kombaynlaridan mexanizatsiya 
ishlarida keng ko‘lamda foydalanilmoqda. 
Don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalariga topshirishdan oldin don 
dastlabki saqlash uchun tuman don qabul qilish punktlarida ochiq xolatda 
xirmonlarga joylashtiriladi. Bu bosqich don partiyasiga bog‘liq holda bir necha soat 
va sutkadan bir oygacha va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Donni dastlabki saqlashda 
zararkunandalar bilan zararlanishi, namlanib qolishi va mikroorganizmlar 




Yüklə 437,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin