Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, takliflar va yechimlar xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 73
2022 rivojlanishidan juda ham ehtiyot qilish lozim.
Donning zararlanishiga ko‘pincha uni
xirmonlarda, dala sharoitlarida, o‘tgan yilgi qoldiqlardan yaxshi tozalanmagan
omborxonalarda saqlash sabab bo‘ladi. Don massasi sifatining pasayishi uni tashish
jarayonida ham kuzatilishi mumkin. Don massasining sifati va saqlanuvchanligi
ko‘p jihatdan yig‘ib olingan zahoti joylashtirilgan joyning sharoitiga bog‘liq. Don
yig‘ib olingan zahoti darhol belgilangan manzilga yetkazilishi lozim. Donning
mexanizatsiya vositalari bunkerlarida qolib ketishi uning sifatini pasayishiga olib
keladi.
Don ishlab chiqarish korxonalariga turli xolat va sifat ko‘rsatkichlariga ega
bo‘lgan xolda keltiriladi. Keltirilgan don massasiga mas’uliyatli munosabatda
bo‘lish talab etiladi. Qabul qilingan don to‘g‘ri analiz qilinishi va sifati bo‘yicha aniq
ajratilishi lozim. Bundan tashqari ularga xujjatlarni rasmiylashtirish, saqlashda
to‘g‘ri rejimlarni qo‘llash va zamonaviy ishlov berish tizimlarini joriy qilish lozim.
Tajribalarimizga asoslanib olib borilgan tajribalarimiz natijalariga asoslangan
xolda urug‘lik donlarni yig‘ishtirib olish, 1-2 xafta oldin boshlanadi ular 3 oy
mobaynida quritilib, tozalab, saralab, dorilab, quritilib qadoqlanib yopiq
omborlarda yoki nishabli xavo yaxshi aylanadigan, chiqindilardan tozalangan
omborlarda paddonlarda 1 tonnadan shaxmat usulida saqlab, so‘ng oktabr oyining
2 va 3 o‘n kunligida ekish uchun tarqatiladi.
Daladan to qabul qilish korxonalariga olib kelgunga qadar 10-12% yo‘qotuvlar
sodir bo‘ladi. Zararli xasva kemiruvchisini ta’siri 2 % ni va undan ko‘proq
ko‘rsatkichni ham tashkil etadi. Tovar uchun yig‘ishtirilgan donlar tinim davrini va
yetilish davrini o‘tash uchun, ochiq sharoitda iyun, iyul, avgust, sentabr oylarida
quyoshli betonli maydonlarda saqlab turiladi. Bu vaqtda 4 oy mobaynida tashqi
muxit ta’siridan qushlar, xavodagi chang va iflos gardlar donning ustki qismiga
joylashib ulguradi. Olingan natijalarni taxlil qiladigan bo‘lsak faqat don bilan
oziqlanadigan kalamush yil davomida 22-25 kg, 1 dona qush bir kunda 8-12 g, 1
yilda 4 kg 320 gr donni yeb qo‘yadi. Chumchuqlar kaptarlar va boshqa qushlar
ombor yoki don uyumlariga ochiq maydondagi va xirmondagi donlarga ko‘plab
qiron keltiradi. Bundan tashqari ular don uyumlarini o‘z axlatlari, patlari bilan
ifloslantirib yuboradi.
Donning sifati zararkunanda va kasalliklar ta’sirida ham o‘zgaradi. Ayniqsa
zararkunandalar donning nonvoylik sifatini keskin tushiradi.
Viloyatimizda joylashgan donni qayta ishlash korxonalarining 3 tasida
zamonaviy don omborlari mavjud, ammo ko‘plari bir qavatli uy shaklidagi yopiq
omborlar bo‘lsa, ayrimlarida ochiq shaklldagi nishabli ayvonlarda don zaxiralari
saqlanib kelinadi. Ochiq nishabli ayvonlarda yilning fasllari o‘zgarishi oqibatida
ham yo‘qotishlar sodir bo‘ladi.
Don va don maxsulotlarini saqlash boshqa ko‘pgina tovarlar singari
mamlakatda murakkab tadbir xisoblanadi. Don maxsulotlarini saqlashni tashkil etish
katta miqdorda moddiy-texnik baza xamda malakali mutaxassislarni talab etadi.
Korxona xududidagi omborlariga donni joylashtirishdan oldin iloji boricha
eski xosilni batamom tugatish va omborlarni tozaligiga ishonch xosil qilish,
sanitariya xolatlari amalga oshirilgan va donning namligiga etiborli bo‘lish muxim
hisoblanadi. Bu esa don korxonalarining iqtisodiyotini yanada oshirishga olib keladi.