ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si
103
cho’zilgan. Uning kengligi 50-60 km bo’lib, shimol va janubdan past tog’lar bilan o’ralgan.
Okrugning bu qismida Zarafshon daryosining uchta ko’hna qayirlari bo’lib, ular lyossimon
yumshoq jinslardan tuzilgan. Shu sababli soy va mavsumiy suvlar yuvib, juda ko’p jarlar hosil
bo’lgan. [1.75-78 b.] Havzada landshaftlarini hosil qiluvchi asosiy omillar. Landshaftlar turli
omillar ta’sirida shakllanadi. Omil so‘zi lotincha factor – “yaratuvchi”, “ishlab chiqaruvchi”
ma’nosini anglatadi. Omil deb qandaydir bir jarayonning uning xususiyatini belgilab beruvchi
harakatlantiruvchi kuchiga, sababiga aytiladi. Landshaft hosil qiluvchi omillar landshaftlarda
turli sifat va xususiyatlarning shakllanishida turlicha ahamiyat kasb etadi. Agar
landshaftlarning shakllanishida ma’lum bir turdagi omillar ahamiyatli hisoblansa, ularning
tabaqalanishi yoki rivojlanishida boshqa bir turdagi omil muhim ahamiyat kasb etadi.
Landshaftlarning hosil bo‘lishi, mavjudligi va rivojlanishi eng avvalo uning komponentlari
(tog‘ jinslari, havosi, suvlari, o‘simligi va hayvonotlari)ning o‘zaro ta’siri va aloqadorligining
natijasidir. Landshaftlarning turli komponentlari turlicha xarakterga egadir. Ularning har biri
o‘ziga xos qonuniyatlar asosida rivojlanadi, ularning har biri o‘ziga xos o‘zgarish kuchi va
jadalligiga ega. Landshaftlarning hududiy tabaqalanishi xususiyatlari esa turli xil omillar bilan
belgilangan. Hududiy tabaqalanishga sabab bo‘ladigan geografik jarayonlar uchta asosiy omil
ta’sirida ro‘y beradi. Bular quyosh energiyasi, Yerning qa’ridan ta’sir etadigan kuchlar va
gravitatsiya energiyasidir. Bu omillarning har birining o‘z vazifasi bor va har biri har xil
ahamiyatga egadir. Ularning ichida ko‘p tomonlama va muhim ahamiyatga ega bo‘lgan omil bu
quyosh energiyasidir. Bu omil Yerning shakliga bog‘liq holda landshaftlarning zonal
xususiyatlarini belgilaydi.Quyosh energiyasi landshaftda ro‘y beradigan barcha aylanma
harakatlarda va oqimlarda ishtirok etadi. Elementlarning radioaktiv parchalanishi oqibatida
hosil bo‘ladigan Yerning ichki energiyasi asosan tektonik jarayonlarda aks etadi. Tektonik
jarayonlar o‘z navbatida gravitatsiya energiyasini o‘zgartirib, landshaftlarning o‘z vazifasini
bajarishiga ham ta’sir etadi. Gravitatsiya energiyasi esa deyarli doimo moddaning bir joydan
ikkinchi joyga ko‘chish jarayoniga ta’sir etib turadi. Xullas, har bir energetik omil o‘ziga xos
vazifani bajaradi. Landshaftlarning tashkil topishida suv ham katta ahamiyatga egadir.
Namlikning almashinish jarayoni - atmosferaga namlikni kirib kelishi, uning havo massalari
bilan ko‘chib yurishi, yog‘in-sochin, oqim hosil bo‘lishi, bug‘lanish va suvning turli fasllarda
turlicha agregat holatda bo‘lishi landshaftlarning hosil bo’lishi va rivojlanishi jarayonida turli
vazifalarni bajaradi. Landshaftlarning hosil bo‘lishi va turli morfologik qismlarga bo‘linishida
geologik-geomorfologik omillarning ham ahamiyati kattadir. Bular tog‘ jinslarining tarkibi,
ularning qatlam-qatlam bo’lib yotishi, yangi tektonik harakatlarning jadalligi, relyef va
boshqalardir. Landshaftning organik dunyosini asosan o‘simlik, hayvonot va
mikroorganizmlar tashkil qiladi. Ularning yig‘indisi, ya’ni tirik modda landshaft tashkil
qiluvchi eng faol omil hisoblanadi. Landshaftdagi moddaning biologik aylanishi jarayonida
organik modda o‘zidan energiya ajratib, organik birikmalarning minerallanishi ro‘y beradi.
Hozirgi hayot asosan moddaning biologik aylanishi shaklida bo‘lib, kimyoviy elementlarning
ko‘chib yurishining eng asosiy xususiyatlarini belgilaydi. [2. 50 – 52 b.] Landshaftlarning hosil
bo’lishida inson faoliyati ham kuchli ta’sir ko’rsatadi.Bunda tabiiy landshaaftlarning
antropogen landshaftlarga aylanishida antropogen omil asosiy kuch bo’lib xizmat
qilmoqda.Shuning uchun ham inson faoliyati ta’sirida o’zgartirilgan landshaftlarni antropogen
landshaftlar emas balki antropogen omillar ta’sirida o’zgargan landshaftlar desak ham bo’ladi.
Xulosa. O’rta Zarafshoh havzasi hududida ham antropogen omillar ta’sirida landshaftlar