Ilmiy ish asoslari



Yüklə 50,16 Kb.
səhifə7/10
tarix02.01.2022
ölçüsü50,16 Kb.
#36583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kurs ishi

Koreys tilida ham boshqa tillar singari gap bo’laklari, gap qurilishidagi vazifalariga ko’ra, ikki turga bo’linadi: bosh bo’laklar va ikkinchi darajali bo’laklar. Bosh bo’laklar, ya’ni, ega (주어-[chuo] ) va kesim (서술어-[sosuro] ) gapni tashkil etishda muhim ro’l o’ynab, gapni tashkil etuvchi asosiy yadro hisoblanadi.

Gapda bosh bo’laklardan tashqari boshqa bo’laklar ham qatnashishi

mumkin. Lekin ular gapni tashkil etishda, gapni hosil qilishda asosiy ro’l o’ynamaydi. Shuning uchun ham ular gapning ikkinchi darajali bo’laklari deb yuritiladi.

Ikkinchi darajali bo’laklar bosh bo’laklarni ma’nosini aniqlashtirish, fikrni to’ldirish

uchun xizmat qiladi. Ular o’z vazifalariga ko’ra, uch xil bo’ladi:

aniqlovchi (관형어 –[kvan hyongo] ), to’ldiruvchi (목적어 – [mok jogo] ), hol (상황어 – [sang hvango] ). Har bir ikkinchi darajali bo’lakning o’z leksik – semantik va grammatik xususiyatlari bor.

Yuqorida aytganimizdek, bosh bo’laklar ega va kesimdan iboratdir. Shunday ekan, egani nima ekalnligini va u gapda qanday va qaysi holatlarda namoyon bo’lishini ko’rib chiqaylik.

Ega 주어 [Chuo] gapning bosh bo’laklaridan biri bo’lib, fikr ifodasida, gap tuzumida alohida o’rin tutadi. U gapning nima haqda aytilganini, fikrning nima to’g’risida bayon etilganini ko’rsatuvchi bosh bo’lakdir. 58 Demak, ega fikr

15

ob’yektini, nutq predmetini bildiradi. Bunda predmet keng ma’noda tushuniladi va



u narsa, shaxs, voqea – hodisa, belgi – xususiyat, harakat – holat, son – miqdor va hokazolarning nomini ham o’z ichiga oladi. Ega – ot, son, fe’l, olmoshning sintaktik vazifasidir. Ammo, yuqorida sanab o’tgan turkumlarimizning barchasi baravariga ega vazifasida kela olmaydi. Faqat otgina ega bo’lib kelishi, uning birinchi sintaktik vazifasi hisoblanadi. Qolgan so’z turkumlarining ega vazifasida kelishi ularning ikkinchi sintaktik vazifalariga kiradi. Demak, ega deganda avvalam bor ot tushunilishi sintaktik nuqtai nazardan ham tasdiqlanadi.

Kesim 서술어 [Sosul o] egadan keyingi ikkinchi bosh bo’lak bo’lib, fikr almashuvda katta ahamiyatga egadir.

Kesim egadan anglashilgan shaxs, narsa – predmet va voqea – hodisaning belgisini bildiradi. Grammatik jihatdan kesim o’z tarkibidagi bo’laklarga nisbatan hokim, egaga nisbatan esa tobedir. Ega bosh hamda mutloq hokim bo’lak bo’lsa ham, gapni tashkil etishda kesim muhim ro’l o’ynaydi60. Gap uchun xarakterli bo’lgan modallik, zamon, shaxs va intonatsion tugallik kabi hodisalar ko’pincha kesim bilan bog’liq bo’ladi. Shuning uchun odatda gapning ba’zi semantik turlarini belgilashda kesim, uning shakli asosga olinadi.

To’ldiruvchi 목적어 [Mokchogo] gapdagi biror bo’lakni to’ldirib, unga boshqaruv yo’li bilan tobe holatda bog’langan bo’lakdir. To’ldiruvchi asosan fe’l

– kesimga bog’lanadi, masalan:

저는 그 소식을 친구에게서 들었어요.

[Chonin ki soshigil chingu egeso tirossoyo].

Men bu xabarni do’stimdan eshitdim.

To’ldiruvchi qanday so’z turkumi bilan ifodalanishi jihatidan egaga o’xshaydi. To’ldiruvchi ham, ega ham predmetni bildiradigan bo’laklardir. Ammo, ega hokim holatdagi predmetni, to’ldiruvchi esa tobe holatdagi predmetni bildiradi. Ega bosh kelishik holatida kelsa, to’ldiruvchi tushum, o’rin

– payt, chiqish, jo’nalish kelishiklari bilan ifodalanadi yoki ko’makchilar bilan birga keladi. Bu uning tobeligini ko’rsatuvchi grammatik belgidir.

16

Aniqlovchi 관형어 [Gvan hyongo] predmetning belgisini bildiradigan ikkinchi darajali bo’lakdir. Predmetning belgisi bosh bo’laklardan kesim orqali ham ifodalanishi mumkin. Biroq kesimda predmet predikativlik yo’li bilan aniqlanib, belgi tasdiq yoki inkorni keltirib chiqaruvchi element sifatida tasavvur etilsa, aniqlovchida predmet atributivlik yo’li bilan aniqlanib, belgi predmet bilan birgalikda, bir butun holda tasavvur etiladi.



물이 찹니다. [muri chhamnida] – suv sovuq (sovuq - aniqlovchi).

Aniqlovchi ikkinchi darajali bo’laklarning alohida bir turidir. U gapning tarkibidagi roli jihatidan boshqa ikkinchi darajali bo’laklardan farq qiladi.

To’ldiruvchi va hol fe’lga bog’lanib kelsa, aniqlovchi otga bog’lanib keladi.

Aniqlovchi ot, sifat, son, fe’lning gapdagi sintaktik vazifalaridan biridir. Ammo ularning hammasi ham aniqlovchi bo’la olmaydi. Sifatning aniqlovchi bo’la olishi esa, uning sintaktik vazifalaridan birinchisidir.

Hol 부사어 [Pusao] ko’pincha fe’l-kesimga bog’lanib, uning belgisini bildiradigan bo’lakdir 65 . Hol ish-harakatning belgi-sifatini, uning bajarilish usulini, shu bajarilish bilan bog’liq bo’lgan o’rin –payt, sabab, maqsad, shart – sharoit, miqdor – daraja kabi xususiyatlarni ko’rsatadi.

언어를 알아야 세계를 알 수 있다. [Onoril araya segeril alsu itta]. Til bilsa el biladi.

Mazkur gapda shart holi qo’llangan.

Izohlovchi 동격어 [tong kyogo] aniqlovchining alohida bir turidir. U gapdagi ifodalamoqchi bo’lgan so’zning qo’shimcha, boshqacha nomini bildiradigan aniqlovchidir. Bunda gapdagi ushbu so’z boshqacha nom bilan ataladi va bu nom shu so’zning belgi – xususiyati deb qaraladi.66

Izohlovchili birikmaning har ikki tarkibiy qismida, ya’ni, izohlovchi va izohlanmishda ham ot bo’ladi: bunda izohlovchi ot izohlanmish ot bilan aloqaga kirishadi. Demak, izohlovchili birikmada predmet bilan predmet munosabati ifodalanadi.
17


Yüklə 50,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin