2.3. O’zbek va koreys tillarida gap bo’laklari joylashuvining
o’xshash va farqli jihatlari.
O’zbek tilida gap bo’laklarining tartibi, asosan, erkin. Ularning o’rnini almashtirish odatda grammatik holatni o’zgartirmaydi. Masalan: Oppoq bulutlar qishloq ustidan shoshilmay, toqqa qarab o’tib ketadi; Qishloq ustidan oppoq bulutlar shoshilmay o’tib ketadi toqqa qarab; O’tib ketadi shoshilmay toqqa qarab oppoq bulutlar qishloq ustidan; Shoshilmay o’tib ketadi qishoq ustidan toqqa qarab oppoq bulutlar.
Mazkur gaplarda gap bo’laklarining o’rinlarini almashtirish grammatik holatni o’zgartirmagan, ammo gap mazmuniga ma’lum darajada ta’sir etgan, negaki har gal boshqa-boshqa gap bo’laklariga odatdagidan ko’proq ahamiyat berilgan. Lekin, shunga qaramay, gap bo’laklari ma’lum bir normativ tartibda joylashish xususiyatiga ega. O’zbek tilida ega, odatda, gap boshida, kesim gapning oxirida keladi. Ikkinchi darajali bo’laklar esa ega va kesim orasida joylashadi. Bunday tartib, asosan, darak gaplarda bo’lib, u to’g’ri yoki normativ tartib deyiladi.
Har bir gap bo’lagiga nisbatan tartib quyidagicha bo’ladi:
I. Ega, odatda, gap boshida keladi, yoyiq gaplarda ega ba’zan kesim oldida ham kelishi mumkin.Ba’zan ega gapning oxirida ham keladi.
II. Kesim odatda gapning oxirida keladi, she’riyatda, ishorlarda kesim gapning boshida ham keladi.
III. Vositasiz to’ldiruvchi odatda fe’l kesim oldida keladi. Ba’zan vositasiz to’ldiruvchi gapning boshida keladi. Vositali to’ldiruvchi ham ko’pincha kesimdan oldin keladi.
IV. Hol ham asosan kesimdan oldin keladi:
1. Payt holi, odatda, gap boshida, ba’zan egadan keyin, ayrim hollarda kesimdan oldin keladi.
2. O’rin holi, odatda, kesimdan oldin keladi, ba’zan esa gap boshida keladi.
3. Ravish holi, odatda, kesim oldida, ba’zan gap boshida keladi.
4. Miqdor-daraja holi ham kesim oldida keladi.
5. Sabab va maqsad hollari kesimdan oldin, gapning boshida yoki o’rtasida keladi.
18
V. Aniqlovchi aniqlanmishdan oldin keladi. Agar bu tartib o’zgarsa, ularning grammatik holati ham o’zgaradi.
1. Qaratuvchi qaralmishdan oldin keladi.
2. Sifatlovchi sifatlanmishdan oldin keladi.
Gapda sifatlovchi birdan ortiq qo’llansa, ularning tartibi quyidagicha bo`ladi:
1) sifatdosh bilan ifodalangan sifatlovchi + sifatlanmish.
2) sifatdosh bilan ifodalangan sifatlovchi + olmosh bilan ifodalangan sifatlovchi + sifat bilan ifodalangan sifatlovchi + sifatlanmish.
3) – dagi affiksli so`z bilan ifodalangan sifatlovchi + sifat bilan ifodalangan sifatlovchi + sifatlanmish.
4) miqdor tushunchasini bildiruvchi so’z (son, olmosh, ravish) bilan ifodangan sifatlovchi + sifat bilan ifodangan sifatlovchi + sifatlanmish.
5) sifatdosh bilan ifodalangan sifatlovchi + son bilan ifodalangan sifatlovchi + sifatlanmish.
Izohlovchi izohlanmishdan oldin yoki keyin keladi. Agar gap bo’laklarining normativ, to’g’ri tartibi o’zgarsa, inversiya hodisasi ro’y beradi. Inversiya hodisasi ko’proq jonli tilda va she’riyatda kuzatiladi. Inversiyada odatda gap bo’laklarining grammatik holati o’zgarmaydi.
Koreys tilida bosh bo’laklar bilan ikkinchi darajali bo’laklarning o’zaro munosabatida bosh bo’laklar – hokim, ikkinchi darajali bo’laklar esa ularga tobe. Bosh bo’laklarning o’zaro munosabatida ega – hokim, kesim esa unga tobe. Demak, ega – mutloq hokim: u o’z tarkibidagi ikkinchi darajali bo’laklarga ham, kesimga ham hokim. Kesim esa faqat o’z tarkibidagi ikkinchi darajali bo’laklarga hokim.
Bosh bo’laklar ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirokisiz, ayrim, mustaqil
gapni tashkil eta oladi. Bunday gaplar sodda gapning yig’iq turini tashkil qiladi,
masalan:
마이클 씨는 호주인입니까?
[Mayikil shinin hojuin imnikka?]
Janob Mayk, Avstraliyalikmisiz?
19
kkinchi darajali bo’laklar bosh bo’laklarsiz alohida, to’liq gapni tashkil eta olmaydi. Ular gapda bosh bo’laklarga bog’liq holda qatnashadi. Ikkinchi darajali bo’laklar qatnashgan gaplar sodda gapning yoyiq turini hosil qiladi.
수미는 엄마의 말씀을 진심으로 듣고 있었다.
[Suminin ommae malssimil jinshimiro titko issotta]
(Sumi onasining gaplarini chin yurakdan eshitib o’tirardi.)
Demak, sodda gaplar, tarkibida bosh va ikkinchi darajali bo’laklarning qatnashishiga qarab, ikki xil bo’ladi: yig’iq gap 간결한 문장 [kangyol han munjang] va yoyiq gap 충실한 문장 [chhung shil han munjang].
Koreys tilida gaplarning grammatik nuqtai nazardan to’g’ri tuzilishida
so’zlarning ketma ketlikda to’g’ri qo’yilishi va ifodalanishi muhim ro’l o’ynaydi. Bu esa o’z navbatida gapning bosh va ikkinchi darajali bo’laklarini ma’noviy va grammatik jihatdan to’g’ri bo’glanishini ta’minlovchi muhim bir vositadir.
So’zlar tartibi gap bo’laklarining nutqda o’rinlashishini bildiradigan sintaktik hodisadir. Koreys tilida so’zlar tartibi erkin, biroq unda so’zlarning bog’liq tartibi ham uchraydi. Bu hol koreys tilida gap qurilishining o’ziga xos xususiyatini ko’rsatadi. Ba’zi bo’laklar gapda turli o’rinlarda kela olsa, ayrim bo’laklar faqat muayyan o’rinda keladi. So’zlarning sintaktik vaziyati, vazifasi maxsus grammatik vositalar (turlovchilar, tuslovchilar, ko’makchilar kabi) asosida belgilanganda, so’zlar tartibi erkin bo’ladi. So’zlarning sintaktik vaziyati, vazifasi maxsus grammatik vositalar asosida emas, balki gapdagi o’rniga ko’ra belgilanganda, so’zlar tartibi bog’liq bo’ladi.
So’zlar tartibi sintaktik va stilistik vazifalarni bajaradi.
Erkin tartibda so’zlar o’rnining almashinishi grammatik holatni va gapning mazmunini butunlay boshqa qilib yubormaydi, balki gapdagi biror bo’lakka alohida diqqat qilinganini ko’rsatib, umumiy fikrga qo’shimcha tus beradi. Quyidagi gapning bo’laklarini almashtirib ko’raylik:
1) 어제 언니는 비행기로 서울에서 미국으로 갔어요
20
Kecha opam samolyotda Seuldan Amerikaga ketdi (boshqa yerga emas, Amerikaga)
2) 어제 언니는 비행기로 미국에 서울에서 갔어요
Kecha opam samolyotda Amerikaga Seuldan ketdi (boshqa yerdan emas, Seuldan)
3) 어제 언니는 서울에서 미국에 비행기로 갔어요.
Kecha opam Seuldan Amerikaga samolyotda ketdi (boshqa narsada emas, samolyotda)
4) 어제 비행기로 서울에서 미국에 언니는 갔어요.
Kecha samolyotda Seuldan Amerikaga opam ketdi (boshqa kishi emas, opam)
5) 언니는 비행기로 서울에서 미국에 어제 갔어요.
Opam samolyotda Seuldan Amerikaga kecha ketdi (boshqa kuni emas, kecha) Yuqoridagi gaplarda so’zlar tartibining o’zgarishi mantiqiy urg’u bilan bog’liq. Mantiqiy urg’u gapdagi mazmunan ahamiyatli bo’lakni alohida ajratib ko’rsatish uchun xizmat qiladi. Mantiqiy urg’uli bo’lak yuqori ton bilan aytilib, undan keyin
qisqa pauza qilinadi. Mantiqiy urg’u kesimga tushganda, tartib o’zgarmaydi, kesim turgan joyida yuqori ton bilan aytiladi. Mantiqiy urg’u ega, to’ldiruvchi yoki holga tushganda, ular kesimning yoniga keltiriladi. Faqat aniqlovchini kesimning yoniga keltirib bo’lmaydi. U odatda o’zi aniqlanmishining oldida turadi.
Mazmunan ahamiyatli bo’lakni doim kesim yoniga keltirilishi shart emas. Ba’zan bu bo’lak tartib o’zgarishsiz, turgan joyida ham mantiqiy urg’u olishi mumkin.
Adabiy tildagi erkin tartibning taraqqiyotida jonli so’zlashuv nutqining ta’siri ham bor. Jonli so’zlashuv nutqida so’zlovchi suhbatdosh uchun zarur deb bilgan ma’lumotni, muhim narsa-hodisani oldin, uncha zarur bo’lmagan hodisani keyin aytadi.
Koreys tilida so’zlar tartibi asosan erkin bo’lsa ham, sodda gapda har bir gap bo’lagining odatda qo’llanadigan o’z o’rni bor. Bu gapning tarkibi, gap bo’lagining sintaktik ifodalanish usuli, u bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa so’zlarning o’rni kabi hodisalar bilan belgilanadi. Shu asosda so’zlarning to’g’ri (odatdagi) tartibi va teskari (odatdagidan chekinish) tartibi farq qilinadi. Teskari tartib inversiya deb ham
21
yuritiladi.
To’g’ri tartibni normal hol, teskari tartibni – inversiyani anormal hol deb tushunish to’g’ri emas. So’zlar tartibining bu ikki turi nutqda o’z qo’llanish o’rinlariga ega. To’g’ri tartib ko’proq ilmiy asarlar uchun xarakterli bo’lsa, inversiya badiiy asarlar uchun xarakterlidir. Gapdagi so’zlarning har qanday o’rin almashtirish inversiya bo’lavermaydi. Masalan, bir hafta – yeti kun gapidagi so’zlar o’rnining yeti kun – bir hafta tarzida o’zgartirilishi inversiya emas. Bular konstruksiyalarni qayta tuzish deb hisoblanishi kerak.
Inversiyada so’zlar o’rnining o’zgarishi, almashinishi ularning gapdagi sintaktik vazifalarini butunlay boshqa qilib yubormaydi. Balki, u yoki bu bo’lakning darajasini, rolini, ahamiyatini ko’rsatish uchun xizmat qiladi.
22
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, b ugungi kunda fan-texnika, iqtisod, xalqaro munosabat va xalqaro madaniyatlarning rivojlanishi dunyodagi ko’plab mamlakatlarning tarixi, madaniyati, iqtisodi va siyosatini chuqurroq tushunishga va tahlil qilishga imkon beryapti. Bu borada XX-asrning oxirgi o’n yilligida ko’plab sohalarda yutuq va muvaffaqiyatlarga erishgan Koreya Respublikasi ham bu borada chetda qolmadi. Koreya bilan turli sohalarda hamkorlik qilayotgan va hamkorlik o’rnatish istagidagi davlatlar avvalam bor, ushbu ajoyib mamlakatning tarixi, madaniyati hamda urf-odatlarini o’rganish barobarida, Koreya Respublikasining qisqa fursat ichida qo’lga kiritgan yutuq va muvaffaqiyatlarining asosi bilan ham qiziqadilar. Ammo, ko’pchilikning koreys tilini bilmasligi, yuqoridagi hoxish-istaklarning amalga oshishida qandaydir ma’noda to’siq bo’lishi mumkin deya ayta olamiz. Aynan shuning uchun ham, xozirgi kunda koreys tilini o’rganishga bo’lgan ehtiyojning jadal sur’atlar bilan oshishi ajablanarli xol emas. Koreys tilini o’rganish barobarida bu tilni o’zbek tili bilan bir til oilasi tarkibiga kirishini o’ziyoq koreys tilini o’rganish o’zbeklar uchun qiyin vazifa emasligini isbotlaydi.
Bundan tashqari ingliz va rus tiliga qaraganda koreys tilini o’rganishning yana bir yengillik tarafi shundaki, har ikkala til, ya’ni o’zbek tilida ham koreys tilida ham gap bo’laklarining joylashuv tartibi bir-biriga yaqin. Shuning uchun ham bu tilni tezda o’zlashtira olamiz. Binobarin, O’zbekiston va Koreya davlati o’rtasida o’rnatilgan iliq do’stlik munosabatlari tufayli ham birgalikda ochilgan korxonalarda o’zbeklar va koreya millatiga mansub kishilarning birgalikda ish olib borishlari uchun eng muhim bo’lgan narsa bu albatta tildir. Bundan tashqari O’zbekistonda o’tkaziladigan turli xil koreys tadbirlari, yig’ilish va turli xil ko’rgazmali tanlovlar ham koreys tilining O’zbekistonda naqadar keng tarqalganidan darakdir. Shu bilan bir qatorda yosh kadrlarni kelajakka tayyorlash, ularni bilimli, dunyo qarashi keng bo’lgan shaxs sifatida tarbiyalashda chet tillarini ham o’rgatish zarurligi uchun ko’plab imkoniyatlar yaratilgan. Xususan, koreys tilini o’rganmoqchi bo’lgan inson hech qanday qiyinchiliklarsiz o’ziga kerakli bo’lgan ma’lumot yoki manbani topa
23
oladi. Bundan tashqari Koreya davlati bilan hamkorlikda o’tkaziladigan “Koreys tilini bilish darajasi” imtixonlari ham tez-tez tashkillashtirilishi fikrimizning yaqqol dalilidir. Shunday ekan koreys tilini o’rganish davomida o’zbek tili bilan solishtirib o’rganilganda har ikki tildagi gap bo’laklari tartibi sezilarli darajada bir-biriga o’xshash ekanligi shubhasizdir.
Ushbu kurs ishida o’zbek va koreys tillarida gap bo’laklari va ularning joylashuv tartibidagi o’xshash va farqli jihatlar o’rganilib tahlil etildi.
24
Dostları ilə paylaş: |