Kurs ishi mavzusining tuzilishi va tarkibi: Mazkur kurs ishi titul varoq, kirish, 3 bob ya’ni kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Asosiy qism o’z mohiyatiga ko’ra 3ta kichik qismlarga bo’linadi.
Kurs ishi 28 betdan iborat.
3
Asosiy qism
2.1. O’zbek va koreys tillari haqida.
Olimlarning tadqiqotlariga ko’ra, yer yuzida 5000 dan ortiq til bor. Bu tillar tarqalishi va ijtimoiy vazifalariga ko’ra ham, fonetik, leksik va grammatik xususiyatlariga ko’ra ham o’zaro farq qilishi tabiiy. Jahon tillarining ko’pchiligini milliy tillar va xalq tillari tashkil qilsa, tillarning ayrimlari qabila tillari, hatto urug’ tillariga bo’linadi.
Milliy tillar o’zining tarqalish hududi jihatidan hamda ulardan foydalanuvchi aholining miqdori jihatdan bir xil emas: ayrim tillarda kichik xududdagi oz miqdorli aholi gaplashsa, ba’zi tillar esa juda katta xududlardagi ko’p sonli aholi orasida tarqalgan bo’ladi. Bunday tillarga ingliz, fransuz, nemis, ispan, xitoy, hind, arab, rus, koreys va shu kabi tillar kiradi.
Yer yuzidagi tillarni o’rganish XVIII asrdan boshlangan. XIX asrning birinchi yarmida tillarni bir-biriga qiyoslab tekshirish keng avj oldi. Natijada tillarni tekshirishda qiyosiy usul vujudga keldi; bunda tillarning fonetik, morfologik, leksik xususiyatlari bir-biriga solishtirish bilan farqlanadi. Bu usul bilan tillarning faqat hozirgi holatigina emas, balki ularning tarixiy holati ham o’rganib chiqiladi. Shuning uchun ham o’rganishning bu yo’li qiyosiy-tarixiy usul deb nomlanadi. Tillarni shu yo’l bilan o’rgangan va o’zlarining ilmiy asoslari bilan jahonga tanilgan tilshunoslar sifatida daniyalik Rasmus Raskni (1787-1832), olmoniyalik Frans Bopp (1791-1967) va Yakob Grimmni (1785-1863), rus olimi Aleksandr Vostokovni (1781-1864) misol sifatida keltirish mumkin.
Til kishilarning o’zaro muloqotga kirishuvi va fikr almashuviga bo’lgan ehtiyoj natijasida paydo bo’lgan ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Til tafakkur bilan, kishining fikrlash faoliyati bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Har qanday fikrni til materiallari asosida shakllantirsa bo’ladi.
Til paydo bo’lgandan keyin jamiyat tez rivojlana boshlagan. Til jamiyat uchun, uning a’zolari bo’lmish insonlar uchun xizmat qiladi, shuning uchun til ijtimoiy hodisa hisoblanadi, ya’ni til yakka odamga emas, balki butun jamiyatga daxldor
4
bo’lib, shu jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, rivojlanib boradi.
Shu tufayli ham tilning taqdiri jamiyatning taqdiri bilan chambarchas bog’liq. Til bo’lmasa, jamiyatning bo’lishi mumkin emas, ya’ni til odamlarni jamiyat sifatida jipslashtirib turuvchi buyuk ne’matdir. Jamiyatsiz tilning mavjud bo’lishi mumkin emas. Jamiyat a’zolari ham tilning yashashi, rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shadi. Til to’xtovsiz ravishda o’zgarib turuvchi, taraqqiy etib boruvchi ijtimoiy hodisadir. Til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog’liq. Tilning taraqqiyoti birinchi navbatda uning lug’at boyligida o`z aksini topadi. Kishilar hayotidagi o’zgarishlar, ilm-fan va madaniyatning taraqqiyoti leksikani boyitib boradi. Tilning tovushlar tizimi va grammatik qurilishi esa juda sekinlik bilan o’zgaradi. Buni til tarixini o’rganish orqaligina sezish mumkin. Shu munosabat bilan o’tgan asrning 80-90-yillaridagi o’zbek tilining ahvolini eslash o’rinlidir. Bu davrda o’zbek tilining faoliyat ko’rsatish doirasi juda torayib, uning yo’q bo’lib ketish xavfi paydo bo’ldi.
Ana shunday bir paytda jamiyatimizning ilg’or vakillari ona tilimizni himoya qilib, uning taqdiri uchun qayg’urib, amaliy harakatlarni boshlashdi va buning natijasida 1989 yil 21-oktyabrda o’zbek tiliga davlat tili maqomi berish haqidagi Qonun qabul qilindi. Aytish mumkinki, bu Qonunning qabul qilinishi istiqlol tomon qo’yilgan dastlabki qadamlardan biridir.
Chunki o’zbek tili – o’zbek millatining tili, o’zbek tili – O’zbekiston Respublikasining davlat tilidir. Davlat tili sifatida o’zbek adabiy tilining mavqei beqiyos darajada o’sdi, xizmat doirasi kengaydi, lug’at tarkibi boyidi, fonetik tizimi, grammatik qurilishning takomillashuvida katta o’zgarishlar yuz berdi.
O’zbek milliy tili hozirgi o’zbek millatiga mansub bo’lgan barcha kishilarning umumiy va yagona tilidir. U o’zbek millatining shakllanishi bilan bevosita bog’liq. O’zbek millati shakllangunga qadar u urug’ tili, qabila tili va xalq (elat) tili tarzida yashab, rivojlanib keldi.
O’zbek adabiy tili ijtimoiy vazifasining kengayishi natijasida uning lug’at
5
tarkibida jiddiy o’zgarishlar ro’y berdi. Tilning leksikasi ichki imkoniyatlar bilan yangi yasalgan so’zlar va boshqa tillardan qabul qilingan so’zlar hisobiga boyib borishi ko’zga tashlanmoqda. Kishilar ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi, xalq xo’jaligidagi, madaniyat, fan-texnika sohasidagi ko’pgina o’zgarishlar yangi tushunchalarni, yangicha munosabatlarni keltirib chiqardi. Bularning hammasi o’zbek tili leksikasining ko’pgina yangi so’zlar hisobiga hamda boshqa tillardan o’zlashtirilgan so’zlar hisobiga boyishiga sabab bo’ldi. Masalan: broker, diler, makler, kompyuter, menejer, fermer, biznes va h. Ayrim o’zbekcha so’zlarning ma’nosida o’zgarishlar ro’y berib, ular boshqa ma’nolarda qo’llana boshladi. Masalan: ishbilarmon va tadbirkor so’zlari ilgari sifat turkumiga mansub bo’lib, belgi ifodalagan bo’lsa, hozirgi paytda bu so’zlar ot turkumiga o’tdi va shaxs ma’nosini ifodalaydigan bo’ldi. Bu jarayonlarning barchasi o’zbek tili lug’at boyligini yangi pog’onaga ko’tardi.
O’zbek tilining fonetik tizimida, grammatik qurilishida ham ma’lum o’zgarishlar sodir bo’ldi.
Jumladan, fonetik tizimda, o’zlashma so’zlarda o’zbek tiliga xos bo’lmagan bo’g’inning yangi turlari (so’z boshida va so’z oxirida ikki yoki undan ortiq undoshning qator kelishi) paydo bo’ldi: sport, stol, traktor, shkaf, magistr, kongress kabi. Shuningdek, o’zlashma so’zlarda ikki unlining o’zbek tili uchun xos bo’lmagan ketma-ket kelish holatlari kuzatiladi: aeroport, bionika, geologiya, teatr, poema kabi.
Grammatik qurilishda kelishik shakllari, ayrim ko’makchilarning ma’nosi va vazifasi kengaydi, kelishikli boshqaruv va ko’makchili boshqaruv me’yorlari belgilandi. Ot boshqaruvi asosida tuzilgan so’z birikmalari ko’proq qo’llana boshladi.
Ma’lumki, o’zbek xalqi Markaziy Osiyoning qadimgi xalqlaridan biri bo’lib, uning tili XI-XII asrlarda ma’lum ijtimoiy-tarixiy sharoitlarga ko’ra xalq tili sifatida shakllana boshladi va asta-sekinlik bilan rivojlanib keldi.
Qayerda yashashidan qat’i nazar o’zbek millatiga mansub barcha odamlar
6
tomonidan ishlatiladigan til milliy (umumxalq) o’zbek tili deb yuritiladi. Milliy til o’z tarkibiga adabiy til, sheva, so’zlashuv nutqi, jargonlar, vulgarizm (so’kish, qarg’ish so’zlari), varvarizm (tilda o’rinsiz ishlatilgan chet so’zlar) kabi guruh so’zlarni qamrab oladi.
Jamiyatning muayyan tarixiy rivojlanish sharoitida xalqlar (elatlar) taraqqiy qilib, millatga, xalq tillari esa milliy tillarga aylandi. Demak, milliy til millatning paydo bo’lishi bilan birga yuzaga keladi.
Milliy til millat uchun umumiy bo’lgan tildir. Milliy til va adabiy til tushunchalari bir xil emas. Milliy til millatning maydonga kelishi bilan paydo bo’lsa, adabiy til milliy tildan oldin, xalq tili mavjud bo’lganda ham yuzaga keladi.
Rasmiy hujjatlar, badiiy va ilmiy adabiyot, vaqtli matbuot adabiy tilda yaratiladi, ommaviy axborot vositalari adabiy tilda ish ko’radi. Adabiy tilning og’zaki va yozma shakllari mavjud.
Milliy tilning ma’lum qoidalarga bo’ysundirilgan, muayyan qolipga solingan, olimlar, san’atkorlar, mutaxassislar tomonidan ishlov berilgan, doim silliqlashtirilib, mukammallashtirilib boriladigan shakli adabiy til deb ataladi. Adabiy til shu tilda gaplashuvchilarning barchasi uchun tushunarli bo’lishi kerak. Umuman, millatning barcha vakillari uchun tushunarli bo’lish zarurati adabiy tilning yaratilishiga sabab bo’lgan. Milliy o’zbek tilida shevalarning ko’pligi adabiy tilga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirgan. Ayrim tillarda (misol uchun, fin tilida) shevalar kam bo’lgani uchun adabiy tilga ehtiyoj yo’q.
Adabiy tilning og’zaki shakli nisbatan qadimiy bo’lib, u nutq tovushlari, urg’u, intonatsiya (ohang) kabi fonetik vositalarga asoslanadi. Talaffuzga oid qoida va me’yorlarni orfoepiya belgilab beradi.
O’zbek adabiy tili tarixi quyidagi davrlarni o’z ichiga oladi:
Miloddan oldingi davrlardan to X asrlargacha bo’lgan davr. Bu davrdagi til fanda qadimgi turkiy til deb yuritiladi. Qadimgi xalq og’zaki ijodi namunalari, O’rxun-Enasoy yodgorliklari (VI—VII asrlar) shu tilda yaratilgan.
XI—XIV asrlarda amalda bo’lgan til eski turkiy til deb ataladi. Mahmud
7
Qoshg’ariyning „Devonu-lug’atit-turk“ („Turk tillari devoni“), Yusuf Xos Hojibning „Qutadg’u bilig“ („Saodatga yo’llovchi bilim“), Ahmad Yugnakiyning „Hibatul haqoyiq“ („Haqiqatlar armug’oni“), Xorazmiyning „Muhabbatnoma“, Rabg’uziyning „Qissai Rabg’uziy“ asarlari shu tilda yaratilgan.
XV asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha qo’llangan til eski o’zbek adabiy tili deb nomlangan. Atoyi, Sakkokiy, Sayfi Saroyi, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Turdi, Maxmur, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqa ko’plab ijodkorlarning asarlari shu tilda yaratilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha ishlatib kelayotgan til hozirgi o’zbek adabiy tili deb ataladi. „Turkiston viloyati gazeti“ nashr qilina boshlagan vaqtdan (1870-yildan) eʼtiboran to hozirgi kungacha yaratilgan barcha asarlar hozirgi o’zbek adabiy tilining namunalari hisoblanadi.
O’zbek tili XI asrdan boshlab mustaqil til sifatida shakllana boshladi va XIII asrda eski o’zbek adabiy tili shakllanib bo’ldi.
O’zbek tilining bundan keyingi taraqqiyoti leksikaning yana ham boyishi, grammatik qurilishning ichki qonuniyatlar asosida takomillasha borishi bilan bog’liq ravishda davom etadi.
Shu jumladan koreys tilini ham o’z tarixi bor.
Koreys tili boshqa tillarga nisbatan ancha keyingi davrlarda o’rganila boshlandi. Koreys tilining tarixiy negizlarini o’rganishga xususan keyingi omillar sabab bo’lgan. Ma’lumki, Koreya ko’p asrlar davomida Xitoyning mustamlakasi bo’lgan. Bu koreys tilining tarixiy negizlarini o’rganishga bo’lgan birinchi sabab bo’lsa, ikkinchi muammo esa, XV asrgacha, ya’ni, to qirol Sedjon alifboni ixtiro qilgunga qadar, koreyslarning o’z shaxsiy yozuvlari bo’lmaganligidadir.
Koreya Xitoyning 1.5 ming yildan ortiq mustamlakasi bo’lgani bois ba’zi tadqiqotchilar koreys tilini xitoy tilining boshqacha ko’rinishi deya ta’kidlashgan. Ammo bunday fikrlashning o’zi xatodir. Koreys tili leksikasini 75% xitoy tilidan kirib kelgan so’zlar tashkil qilsada, bu koreys tili o’zining
8
mavqeini yo’qotgan degani emas. Bu yerda ikki variantni ko’rishimiz mumkin:
koreys tili asosini sof koreys leksikasi tashkil qiladi;
koreys tili o’zining gap tuzilishi va grammatikasida o’ziga xoslikni saqlab qolgan bo’lib, unda sof koreys leksikasi va o’zlashgan so’zlar qo’llanilishi mumkin.
Bu tilda Koreya yarim oroli, shuningdek, AQSH, Xitoy, Yaponiya, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlarida jami 78 milliondan ziyod kishi so’zlashadi. Uning genetik jihatdan boshqa tillar bilan bog'liqligi aniqlanmagan. Koreys tilining shimoliy-sharqiy, shimoliy-g’arbiy, markaziy, janubiy-sharqiy, shimoliy va janubiy shevalari bor. Koreys tilida 40 fonema (19 undosh, 21 unli) mavjud. Morfologik jihatdan agglyutinatsiya rivojlangan. Fe’l zamonlari hozirgi, 2 o’tgan va 2 kelasi zamon shakllaridan iborat.
Son kategoriyasida birlik va ko’plik shakllari farqlanmaydi. Nisbat kategoriyasi hamma fe’llarga xos emas. Leksikasida xitoy tilidan, sanskrit, mo’g’ul va ba’zan Yevropa tillaridan o’zlashgan so’zlar bor. Koreys tili 1993 yilgacha «standart til», 1966 yilda «madaniy til» (munxvao) deb atalgan. Bu tilning 2 turi ham KXDR hamda Koreya Respublikasida qo’llanib kelinadi. KXDRda koreys yozuvi, Koreya Respublikasida xitoy-koreys aralash yozuvi qo’llanadi.
Zamonaviy koreys tilining Uch koreys qirolligi — Pekche, Shilla va Koguryo tillari bilan aloqadorligi borasida bahslar hamon davom etmoqda. Leksik va grammatik qurilishda har uchala til alomatlari saqlanib qolgan bo’lsa ham, ayrim lingvistlarning fikricha, koreys tiliga yapon tili bilan yaqin yoki uzoq qarindoshligi bor Koguryo tili elementlari kamroq, Shilla tili esa ko’proq asos bo’lib xizmat qilgan.
1945-yilga qadar koreyslar o’z ona tilini “chosonmal” (kor. 조선말) yoki «chosono» (kor. 조선어) deb nomlashgan. Bugungi kunda Shimoliy Koreyada hamon ushbu istiloh qo’llaniladi. Janubiy Koreyada esa hozirda “hangugo”
9
(kor. 한국어) yoki kam hollarda “hangugmal” (kor. 한국말), ba’zan oddiygina qilib “kugo” (kor. 국어, “davlat tili”) deb qo’yishadi. Koreyaning har ikki qismida ham “urimal” (우리말, “bizning til”) degan jumla ham ishlatiladi.
Koreys tilida so’zlar tartibi ega — to’ldiruvchi — kesim shaklida keladi. Gapning ikkinchi darajali bo’laklari har doim bosh bo’laklardan oldin keladi.
Koreys adabiy tili Seul shevasiga asoslangan bo’lib, undan tashqari chunchon (Chunchon-Namdo va Chunchon-Pukto provinsiyalari, Tejon shahri), kanvon (Kanavondo provinsiyasi), kyonsan (Kyonsan-Namdo va Kyonsan-Pukto (Yonnam hududi), shuningdek, Pusan, Tegu va Ulsan shaharlari), hamgyon (Hamgyon-Namdo, Hamgyon-Pukto provinsiyalari, Shimoliy Koreyadagi Yangando provinsiyalari), yukchin (Yukchin tarixiy viloyati) hvanhe (Shimoliy Koreyadagi Hvanhe-Namdo va Hvanhe-Pukto provinsiyalari), cholla (Cholla-Namdo, Cholla-Pukto (Honam mintaqasi) provinsiyalari va Kvanju shahri), cheju (Chejudo provinsiyasi va Janubiy Koreyaning janubi-g’arbiy sohillari) shevalaridan keng foydalaniladi. Sobiq Ittifoq mamlakatlarida istiqomat qiluvchi koreys millatiga mansub kishilar (Koreyaning janubiy qismlaridan Saxalin orollariga kelib o’rnashgan koreyslardan tashqari) Hamgyon shevasining bir tarmog’i hisoblangan koryo mal dialektida so’zlashadi.
10
Dostları ilə paylaş: |