Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/146
tarix02.01.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#42699
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   146
5-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
boshqa yaqin qarindoshlarning chiqishmasliklari, erkakning zararli odatlarga berilib 
ketishi (ichkilikka, giyohvand moddalarga va shu kabi), moddiy qiyinchiliklar (asosan 
erning  ishlamasligi,  mustaqil  oilani  boshqara  olmasligi),  qudalarning  tuydan  keyin 
o‘zaro  kelishmay  qolishlari  kabilarga  erning  boshqa  shaharlarga  ish  qidirib  ketib, 
qaytib  kelmaganligi,  boshqa  bir  ayol  bilan  yangi  turmushni  boshlab  yuborganlari 
qo‘shildi. 
ajralishlarga  sabab  bo‘layotgan  omillar  tasnifiga  chuqurroq  e’tibor  qaratsak, 
ularni 4 toifaga ajratish mumkin:
– iqtisodiy (ishsizlik, moliyaviy nomutanosiblik, oilaviy byudjet, moddiy yetishmov-
chiliklar va boshq.);
– psixologik (dunyoqarashlarning turliligi, rashk, qaynona va kelin munosabat-
lari, turmush yoshining pastligi, xiyonat, uchinchi shaxsning aralashuvi va boshq.);
– ijtimoiy (er-xotinlarning ijtimoiy mosligi, tarbiyasi, ma’lumotlilik darajasi, oilada-
gi muammolar, migratsiya va boshq.);
– kriminal (jinoyat olamiga kirish, oiladagi nizo, janjallar, soxta nikoh, narkoma-
niya va boshq.).
ajralishlarga sabab bo‘layotgan omillarning toifalarida bir asosiy jihat – bu yosh-
larning oilaviy hayotga iqtisodiy, psixologik, ijtimoiy jihatdan yetuk emasliklari ko‘ri-
nadi.
yoshlarning o‘z oilaviy hayotlariga oid tasavvurlari muhim bo‘lib, ularning qan-
chalik reallikka yaqin bo‘lishi oilani mustahkamligiga xizmat qiladi. afsuski, yoshlar-
ning hamma vaqt ham oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari reallikkka mos kelavermay-
di, balki aksariyat holda haqiqiy hayotdan tubdan farq qiladi. Shuning uchun yosh-
larni oilaviy hayotga tayyorlashda ularni imkon qadar hayotda kuzatiladigan past va 
baland, shirin va achchiq, rohat va tashvish, qorong‘u va yorug‘ tomonlari bo‘lishi 
muqarrarligiga o‘rgatib borishimiz va bu tomonlar haqida adekvat (to‘g‘ri) tasavvur-
larni shakllantira olishimiz kerak bo‘ladi.
Oilaning mustahkam va barqaror bo‘lishi uning a’zolari salomatligiga, ota-ona-
likka psixologik jihatdan tayyorligiga bevosita bog‘liq bo‘lgani uchun ham mamlakati-
mizda bu borada aniq mexanizmlar ishga solingan. Jumladan, O‘zbekiston respub-
likasi  Vazirlar  Mahkamasining  “nikohlanuvchi  shaxslarni  tibbiy  ko‘rikdan  o‘tkazish 
to‘g‘risida”gi 365-sonli qarorining amalda joriy etilishi, akademik litseylar va kasb-hu-
nar kollejlarida o‘qitilayotgan “Oila psixologiyasi” kurslarining uzluksiz ta’lim tizimiga 
kiritilganligi kabilarning davlat tomonidan moliyalashtirilayotganligi ham fikrimizning 
dalilidir.  lekin  bularning  o‘zi  yoshlarning  kelgusi  hayotlarining  farovon  bo‘lishligi 
 uchun yetarli emas, balki ularga oilaviy hayot saboqlaridan ham ma’lumotlar berish-
ga to‘g‘ri keladi. Chunki mustahkam oiladagina farzandlarga xohlagancha yashashi 
uchun imkon yaratiladi.
ijtimoiy hayotning tezlashuvi va buning natijasida yuzaga kelayotgan zo‘riqishlar 
oilaviy munosabatlarning mustahkam bo‘lishiga rahna solmoqda. Ushbu holat esa 
oilada jamiyatning ertangi kunini yaratuvchi avlodlarni tarbiyalash jarayonining mu-
vaffaqiyatli kechishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 
Har bir shaxs uchun “qadrdon maskan” sanaladigan oilani saqlab qolish dolzarb 
ijtimoiy-psixologik va pedagogik masalalardan biri sifatida kun tartibiga olib chiqil-
moqda. 


113
Oilalarni mustahkamlash, ularni saqlab qolish, shuningdek, unda komil insonni 
tarbiyalab voyaga yetkazish imkonini beruvchi muhitni yaratish choralaridan biri – bu 
yoshlarni bo‘lg‘usi oilaga tayyorlash sanaladi. 
Mustahkam  oilaviy  hayotga  tayyor  bo‘lgan  ota-onalargina  oilaning  ijtimoiy,  iq-
tisodiy va madaniy ehtiyojlarini qondira oladi, oilada yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan 
nizolarning oldini oladi.
Demak, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda yoshlarning fiziologik yetukligi bi-
lan bir qatorda ularning ma’naviy, kasb jihatidan, ya’ni professional, ijtimoiy, huquqiy, 
psixologik yetuk bo‘lishlariga erishish. Buning uchun yoshlarga pedagog-o‘qituvchi-
lar, ota-onalar tomonidan shu jihatlarni muhim ekanligini o‘rgatib, tushuntirish ishlari-
ni maqsadli olib borish zarur.
Oilaviy  turmushda  yuzaga  keladigan  muammolar,  hatto  oilaning  buzilishi  va 
uning salbiy asoratlari, hammasi undagi shaxslararo munosabatlar ta’sirining natijasi 
ekanligini hech qachon unutmasligimiz kerak. Bundan kelib chiqadigan xulosa shun-
dan iboratki, oila barqarorligi, baxtli va farovon turmush kechirish, albatta, shaxsla-
raro munosabatlar ta’sirining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘l-
ganligi  tufayli,  aynan  shu  muammo  yuzasidan  ilmiy  tadqiqot  ishlarini  olib  borishni 
taqozo etadi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin