“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
hayoti davomida qoraqalpoq xalqining bolalariga ma’rifat, ta’lim-tarbiya berish ishi bilan
shug‘ullangan. S.Majidov yaratgan ushbu darsliklar qoraqalpoq xalqi uchun olamshu-
mul voqea bo‘lib, ular qoraqalpoq milliy yozuvida chop etilgan edi.
XX asrning birinchi 10 yilligida jadid maktablarining ko‘plab ochilishi, rus-tuzem
maktablarining obro‘sizlanishiga sabab bo‘ldi. Shuni hisobga olib, chor ma’muriyati na-
zoratni kuchaytirdi va jadid maktablari sonini bir qadar qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.
1908-yilda Farg‘onada 30 dan ortiq jadid maktablari bo‘lib, ularda 3 mingta bola tahsil
olgan. 1911-yilda 11 ta, 1913-yilda esa 9 ta jadid maktabi faoliyat ko‘rsatgan. Farg‘ona
viloyati bo‘yicha xalq bilim yurtlari noziri O.yegorov o‘z hisobotida, yangi usul maktabla-
rida savod o‘rgatish tovush metodi bo‘yicha amalga oshirilgani, shuningdek, o‘qitishning
o‘zi eski usul maktabidan farqli ravishda onglilikka asoslanganligini ta’kidlaydi.
XX asrda ko‘pchilik xalq ommasini savodxon qilish va ayni vaqtda yangilanayot-
gan zamonning munosib farzandlarini tarbiyalash masalasi kun tartibiga qo‘yilgan edi.
rossiya va uning tobeligida yashovchi o‘nlab millatlarning tutqin, turg‘un hayotida ham
qo‘zg‘alish boshlandi. Turkistonda ham qisqa muddatda o‘zbek ma’rifatchilarining butun
bir avlodi yetishib chiqdi.
Jadid maorifchilari mamlakat rivoji, millatning taraqqiyoti, o‘zlikni anglashda tarix va
geografiya fanlarining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdilar. Ular dinga emas, balki diniy
aqidaparastlikka qarshi bo‘ldilar. Xususan, M.Behbudiy faoliyatida tarix va geografiya
muammolarini o‘rganishga undash muhim ahamiyat kasb etdi. U barkamol shaxsni tar-
biyalashda va jamiyatni boshqarishda tarix fanining o‘rni beqiyosligini ta’kidlaydi. U “Ta-
rix va jo‘g‘rofiya”, “Turkiston tarixi”, “Sart so‘zi majhuldir” kabi asarlarida faqatgina Vatan
tarixini emas, yevropa va jahon mamlakatlari tarixini bilish zarurligi haqida fikr yuritgan.
Ma’rifatparvarlar diniy va dunyoviy ilmlar orasidagi nomutanosiblikni barham topti-
rish maqsadida, yangicha usuldagi milliy maktablar yaratish uchun kurashdilar. kundalik
turmushda yangiliklarni joriy qilishga moyillik, ularni atroflicha muhokama qilishga intilish
kuchaydi. Turkiston o‘lkasida jonlanish, madaniy harakatchilik, milliy uyg‘onish tomon
siljish yuz berdi. Bu taraqqiyotning asosiy negizi maktabdan boshlandi. Ma’rifatparvar-
lar maktab-maorif sohasida keskin burilish yasashga kirishdilar. O‘qitishning yodlatish
usuli rad etildi, uning o‘rniga harf-tovush usuli joriy qilindi. Savod chiqarish favqulodda
tezlash di, o‘quv dasturlari va darsliklar tuzildi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, milliy uyg‘onish davri ziyolilarining ma’rifatpar-
varlik harakati o‘lka xalqining tarixini o‘rganish, ijtimoiy-ma’naviy faoliyat doirasida chek-
lanib qolmay, adabiyot, san’at, shu jumladan, darsliklarga yangicha qarashni ham qam-
rab olgan edi. Ular amalga oshirgan islohotlardan dastlabkisi O‘rta Osiyoning siyosiy va
ma’naviy hayotiga juda kuchli ta’sir ko‘rsatgan maorif sohasidagi islohotlar hisobladi.