Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


O‘quv fanlariga ajratilgan soatlar



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/146
tarix02.01.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#42699
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   146
5-son-2018

O‘quv fanlariga ajratilgan soatlar
Sinflar
Rus tili
Matematika
Yangi til
Turkiy
Tarix
Jamiyatshunoslik
Fizika
Geografiya
Dinshunoslik tarixi
Rasm
Jismoniy tarbiya
Musiqa
Qo‘l mehnati
Jami
1
8
6
-
-
-
-
-
-
1
1
3
1
1
21
2
7
6
-
-
2
-
-
-
2
1
3
1
3
25
3
8
6
-
-
2
-
-
-
2
1
3
1
3
26
4
5
5
-
3
2
-
-
2
3
3
3
1
3
30
5
5
5
4
3
2
-
-
2
2
2
3
1
3
32
6
5
5
4
3
3
-
2
2
2
2
3
1
3
35
7
5
6
3
3
3
2
2
2
3
1
3
-
3
36
yuqorida taqdim etilgan dars jadvalidan ma’lum bo‘ladiki, bu davrda ruslashtirish 
siyosati tufayli o‘quv rejasida rus tili darslarining salmog‘i juda katta bo‘lgan. Turkiy til 
ya’ni, o‘zbek tili mahalliy aholi uchun ona tili bo‘lishiga qaramasdan, uni o‘rgatish 4 sinf-
dan boshlanib, 4-7 sinflarning har biri uchun atigi 3 soatdan vaqt ajratilgan. Bunday sha-
roitda esa ona tilining ichki imkoniyatlari va yozuv xususiyatlarini o‘quvchilarga batafsil 
o‘rgatish mumkin emas edi.
1919-20-yillarda yangi tipdagi sovet maktablarida o‘quv qo‘llanmalariga katta eh-
tiyoj mavjud edi. Ushbu muhtojlikni bartaraf etish maqsadida, shu davrda o‘zbek tilida 
“Boshlang‘ich geografiya” o‘quv qo‘llanmasi, “Turkiston” (tarix va geografiyani o‘qitish 
uchun qo‘llanma), arifmetika darsligi, Qori niyoziyning “Tabiatning bir bo‘lagi” (tabiats-
hunoslikni o‘qitish uchun qo‘llanma), shuningdek, alifbolar va o‘qish kitoblari ham chop 
etildi.
1919-yil Samarqand viloyat xalq maorif inspeksiyasi Toshkent Davlat nashriyotiga 
yozgan xatida quyidagi darsliklarni Toshkent Davlat nashriyotdan sotib olish istagini bil-
dirgan.
Samarqand viloyat maorif inspeksiyasi uchun:
4
 O‘sha manba


119
Sovg‘a 
   – 
1500 
dona.
(O‘zbekcha) “O‘qish” 1-qism  
– 300 dona.
(O‘zbekcha) “O‘qish” 2-qism  
– 250 dona.
(O‘zbekcha) “O‘qish” 3-qism  
– 250 dona.
arifmetika(o‘zbek tilida) 
 
– 400 dona.
grammatika(sarf) i.  
 
– 150 dona.
grammatika(naxu)  ii. 
 
– 150 dona. 
Talabnomada, jumladan: “Ushbu darsliklar 3000 rubl atrofida bo‘lishi kutilmoqda, 
darsliklar olish uchun hisobimizda 2986 rubl miqdorida kreditimiz borligini inobatga ol-
gan holda, buyurtma qilingan darsliklarning narxini chiqarib berishingizni, agar mavjud 
mablag‘ yetmasa darsliklar sonini har bir uezddan kamaytirishingizni so‘raymiz. Bizning 
buyurtmamiz qabul qilinganligi to‘g‘risidagi va talabimiz qondirilishi haqidagi ma’lumotni 
olishimiz bilan pul Sizning hisobingizga ko‘chiriladi, yoki Xalq Maorif komissariatining 
Samarqand  viloyatidagi  inspeksiyangiz  vakiliga  ham  berishimiz  ham  mumkin”,  deya 
ta’kidlangan. Mazkur talabnomadan maktablarni darsliklar bilan ta’minlash darajasi ko‘p 
jihatdan mablag‘ bilan bog‘liq bo‘lib, maktablarda alifbe, o‘qish, grammatika darsliklariga 
ehtiyojning katta bo‘lgani ma’lum bo‘lmoqda. 
Xuddi shunday buyurtmalar Jizzax, Xo‘jand, kattaqo‘rg‘on maorif inspeksiyalari to-
monidan ham berilgan.
respublika Davlat arxivida 1923-yilda Turkiston maktablarida o‘qitiladigan darslik 
va o‘quv qo‘llanmalarining ro‘yxati saqlanmoqda.
Mazkur ro‘yxatni o‘rganish asosida chiqargan asosiy xulosamiz shundan iboratki, 
darsliklar va metodik qo‘llanmalar yaratish tajribasi XX asr boshlarida rus va xorijiy mu-
alliflardan o‘rganish natijasida bir qadar rivojlangan.
XiX asrning oxiri, XX asrning boshlarida Turkistonning turli joylarida maorif soha-
sida bir qadar ijobiy siljishlar ro‘y bera boshladi. Jumladan, atoqli o‘zbek olimi  T.n.Qo-
ri-niyozov Farg‘ona shahrida o‘zbek maktablarini tashkil etish ishiga rahbarlik qildi. Bu 
maktablarda ona tili, rus tili, arifmetika, tabiatshunoslik, geografiya, ashula, gimnastika, 
qo‘l mehnati kabi o‘quv predmetlari o‘rgatilgan.
Bu davrda butun Turkistondagi kabi qoraqalpoq o‘lkasida ham maktab va maorif 
sohasida  yangicha  qarashlar  davri  boshlandi.  Jamiyatda  milliy  uyg‘onish,  mustaqillik 
uchun kurashga intilish  kabi g‘oyalarni ilgari surgan ma’rifatparvarlar yetishib chiqdi-
lar.    Shunday  ma’rifatparvarlar  pedagog-olim  Seyfulg‘abit  Majidov  (1867-1938),  Sidiq 
To‘qban  o‘g‘li  (1857-1917),  ajiniyoz,  Q.amirov,  Qozi  Mavlik,  Muhammad  idris  (1869 
y.  tug‘ilgan),  islom  Bobojonov,  Q.avezov  (1897–1940),  Q.ayimbetov,    B.yergaliev, a.
Dosnazarov,  O.yermanov,  k.nurmuxamedov,  i.Bekimbetov,  Jangabay  Qoratay  o‘g‘li, 
abdiqodir Bekimbet o‘g‘li, Qidirniyozlar maktablar ochdilar, ularning ayrimlari darslik va 
o‘quv qo‘llanmalari tuzdilar.
XX asrning boshlarida Qoraqalpog‘iston maktablarida  darslik va o‘quv qo‘llanma-
lar yetishmagani sababli qozoq maktablari uchun yaratilgan a.Baytursinovning “alifbo”, 
“O‘qish kitobi” (1914) darsliklari ba’zi o‘zgarishlar bilan qoraqalpoq tiliga o‘girilib o‘rga-
nilar edi, S.Majidov esa turkiy xalqlarda keng tarqalgan arab alfaviti namunasini ijodiy 
o‘rganib, arab harfi asosida ahmed Baytursinovning 1912-yilda qozoq alfaviti, yeshanali 
arabaev 1924-yilda qirg‘iz alfavitini (alifbosini) qanday ishlab chiqqan bo‘lsa, S.Majidov 
ham  qoraqalpoq  tili  fonetikasiga  moslashtirib  qoraqalpoq  alfaviti  va  “alifbe”  darsligini 
yaratdi.
S.Majidov qoraqalpoq xalqini savodli qilish maqsadida “alifbo”, “O‘quv kitobi”, “yeg-
dalar (“kattalar savodi”) (1925) kabi maktab darsliklari va dasturlarini yaratdi. U butun 


120

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin