“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
6. Mustaqil, uzluksiz mediata’lim. (Bu yo‘nalish nazariy jihatdan insonning butun
umri davomida amalga oshiriladi).
Bugungi kunda media, ya’ni ommaviy axborot vositalari, kino, teatr, san’atning
turlari, madaniyat sarchashmalari, internet orqali uzatilayotgan har qanday ma’lumot
inson ongiga o‘zining ma’lum bir ta’sirini o‘tkazib, uning dunyoqarashini o‘zgartirish-
ga sabab bo‘lmoqda. yuqorida tilga olingan tushunchalarning qo‘llanilishi va bugungi
kunda mediata’lim, mediasavodxonlik, mediatanqid va mediani o‘rganishga bo‘lgan in-
tilishning asosiy maqsadi ham axborotning yaratilishi, uning tarqalish jarayonini tushu-
nib yetish, tijorat, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va madaniy maqsadlarda tarqatilayotgan
axborotning mohiyatini anglagan holda uni baholay olishdir.
ayni paytda mediata’lim asoslarini har bir ta’lim muassasa o‘quv dasturiga kiri-
tish, bolalarga maktabgacha ta’lim jarayonida uning asoslarini interaktiv, turli o‘yinlar
shaklida tushintirish o‘sib kelayotgan avlod tomonidan shiddatli axborot oqimida zaru-
rini tanlash va unga tanqidiy yondashgan holda baholay olish imkonini beradi. Bu esa
o‘z navbatida yoshlarning kelajakdagi fuqarolik holatini yanada mustahkamlanishi ga,
jahonda yuz berayotgan voqea-hodisalarni xolis baholab, to‘g‘ri qaror qabul qila olishi-
ga asos bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim sohasida “Mediata’lim”ni yanada rivojlantirish uchun
qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv kurslarida, o‘quv rejalaridagi “informatika va
axborot texnologiyalari” fanidagi mavzularni mediaga oid mavzular bilan boyitish, me-
diakompetentlik tushunchalarini yoritib beruvchi metodik qo‘llanmalar, yaratish hamda
tinglovchilar va o‘quvchi-talabalarga yetkazish yo‘li bilan erishish mumkin bo‘ladi.