95
ijodiy izlanish zamonaviy tarbiyachining ta’lim tizimini o‘zgartiruvchi sifat bo‘lib,
ta’lim jarayonini yangilashga qiziqishini ortishidir.
Tarbiyachilarning pedagogik mahorati va kompetentligini oshirish so‘nggi yillarda
eng dolzarb muammoga aylandi. Taraqqiyot natijasida ijtimoiy tajriba doimo harakatla-
nadi, ta’lim sohasi isloh qilinadi, pedagogik tizimda ta’lim beruvchining turlicha qarash-
lari yuzaga keladi.
Malaka oshirish jarayonida tarbiyachilarning imkoniyatlarini inobatga olish, ta’lim
jarayonida barcha ishtirokchilarni birdek faollikka undash, kasbiy motivatsiyasini rivoj-
lantirishga alohida e’tibor qaratish, ularda pedagogik mahoratni oshishiga olib keladi.
Mashg‘ulotlarda tarbiyachilar oldiga aniq va natijalarni kafolatlaydigan maqsadlarni
qo‘yish, muammoli vaziyatlardan chiqish usul va vositalarini izlab topish ko‘nikmalarini
shakllantirish nazarda tutilishi lozim.
Pedagogik mahorat S.D. yakusheva fikricha, kasbiy ko‘nikma va malaka,
o‘quv-tarbiya jarayonini optimallashtirish faoliyati, bola shaxsini har tomonlama rivoj-
lan tirish san’atidir.
Tarbiyachi tomonidan pedagogik jarayonlarni samarali tashkil etilishi, bolalarni ko-
mil va yetuk bo‘lishiga maqsadli qaratilishi, ularda dunyoqarashni shakllantirish kasbiy
mahorat ko‘rinishlari misol bo‘la oladi.
Malaka oshirish kursi davrida muayyan mavzu asosida bahs-munozaralarning
tashkil etilishi tarbiyachilar faoliyatini aniq maqsadga yo‘naltiradi. Masalan: biz tavsiya
qilayotgan “Maktabgacha ta’limda zamonaviy texnologiyalar” modulida “Maktabgacha
ta’lim muassasasida tarbiyaviy jarayonni samarali tashkil etish tajribalari” mavzusini
bahs-munozara asosida o‘tkazish mumkin.
Ushbu metodni samarali kechishini ta’minlovchi muhim omillardan biri maktab-
gacha ta’lim muassasasida tarbiyaviy jarayonni tashkil etish yo‘llari borasida muay-
yan nazariy bilim va amaliy tajribaga ega bo‘lish hisoblanadi. Bahs-munozarani tashkil
etishda muammoning yechimini topish yo‘llari haqida hech qanday ma’lumot, ko‘rsat-
ma yoki tavsiyalar berilmaydi. Muammo yechimni topish tinglovchilarning zimmasida
bo‘lib, ular ana shu maqsadda mustaqil faoliyat yuritadilar. O‘qituvchi zarur vaziyat-
dagina rag‘batlantiruvchi, tinglovchilarni faollikka da’vat etuvchi fikrlarni bildirishi yoki
galdagi savolni o‘rtaga tashlashi mumkin. ana shu xususiyatiga ko‘ra bahs-munozara
metodini muayyan muammo yuzasidan nazariy yechimini topishga yo‘naltirilgan kichik
tadqiqotga qiyoslash mumkin.
Xorijda va mamlakatimizda kasbiy kompetentlikni rivojlanishiga oid bir qancha
tadqiqotlar olib borilgan jumladan, pedagogika sohasida o‘qituvchilarni kasbiy kompe-
tentligini rivojlantirishning umumiy tamoyillari yetarli darajada yoritilgan.
yuqorida keltirilgan tadqiqot ishlarini o‘rganish va tahlil qilish asosida tarbiyachi-
larning kasbiy kompetensiyasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
maktabgacha pedagogika va psixologiya
fanlarini puxta bilish;
o‘z ustida ishlash;
ta’lim
jarayonini rejalashtirish, baholash va qayta aloqa o‘rnata olish;
bolalarda bilishga bo‘lgan motivatsiyani shakllantirish;
axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
har mashg‘ulotga
yangilik kiritish;
maktabgacha ta’lim uslubiyotini mukammal bilish;
xorijiy tillardan birini bilish.