97
5) tarbiyachida malaka oshirish jarayoniga nisbatan aniq maqsad va vazifalarning
mavjud
emasligi;
6) malaka oshirishda tashkiliy-pedagogik faoliyatni bir qolipda ekanligi;
7) tarbiyachilarning kasbiy mahorati va kompetentligini rivojlantirish modelining
mavjud emasligi.
Tarbiyachilarning malakasini oshirishning samarali yo‘llariga quyidagilarni kiritishi-
miz mumkin. ya’ni:
– modulli tizim dasturini tuzish, maktabgacha ta’lim metodikasini o‘qitishda axbo-
rot texnologiyalaridan foydalanish
malakalarini rivojlantirish;
– tashkiliy-pedagogik shakllar, ya’ni ishchanlik o‘yinlari, treninglarni qo‘llash;
–
loyihalashtirilgan yondashuv;
– tarbiyachilarning tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish;
– maktabgacha ta’lim muassasalarining pedagogik jamoalar malakasini oshirish-
ning maqsadli
dasturini ishlab chiqish;
– malaka oshirish dasturlarida kompetent yondashuvni amalga oshirish;
– ta’lim jarayonida o‘zaro ta’sirni rivojlantirish, ya’ni interfaol metodlarni qo‘llash.
Xulosa qilib aytganda, malaka oshirish jarayonida tarbiyachilarning kasbiy maho-
ratini rivojlantirish modelini ishlab chiqish, zamonaviy raqobatbardosh pedagog kadrlar
tayyorlash tamoyillari asosida malaka oshirish jarayonini tashkil etish; tarbiyachilar-
ning ijtimoiy muloqotchanligini rivojlantirish; ta’lim muhitiga yangi konsepsiyani kiritish
(innovatsion jarayon); kasbiy muloqotchanlikni shakllantirish lozim. Buning uchun tar-
biyachilarning malakasini oshirishda asosiy yondashuvni aniqlab olish kerak. ya’ni tar-
biyachilarning shaxsiy va kasbiy sifatlarini oshirish, maktabgacha ta’lim tizimidagi eng
so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirish, malaka oshirish jarayonini jahon tajribalari asosida
tashkil etish, o‘quv-metodik manbalarni takomillashtirish zarur.
Dostları ilə paylaş: