9
shart bajarilmaydi. Bunday ob’ektivdan o‘tgan to‘lqin uning aberratsiyalari tufayli
sferik sirtdan chetlashadi va natijada hosil bo‘lgan yulduz tasvir nuqtasimon
bo‘lmaydi, u biroz kengayadi. Yuqorida biz ta‘kidlagan teleskop ob’ektivi chetida
yorug‘lik difraksiyasi tufayli yulduz tasviri ma’lum kattalikdagi gardishcha shaklda
bo‘ladi va buni bartaraf etib bo‘lmaydi degan edik. Endi esa aberratsiya ham yulduz
tasvirini kengaytirishi mumkinligini ko‘rib turibmiz. Aberratsiyalarni kamaytirish
yo‘llari ko’plab ishlab chiqilgan. Demak, teleskoplarni shunday yasash kerakki
ularda aberratsiya tufayli kengaygan yulduz tasviri shu teleskopda yulduzning
difraksion tasviridan katta bo‘lmasin. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu shart bajarilishi
uchun ob’ektivdan o‘tgan (qaytgan) to‘lqin frontni sferadan chetlashishi
amaldagi
nurlanish to‘lqin uzunligining to‘rtdan (sakkizdan) biridan (
4
) oshmasligi
kYerak bo‘ladi. Bu shart Reley sharti deyiladi. Bunday shart parabolik ko‘zgularda
bajariladi (e’tibor bering televizion antenna parabolik antennadir)[4].
Aberratsiyalar ikki turga bo‘linadi: fizik va geometrik. Fizik aberratsiya fizik
hodisa (muhitning sindirish koefitsenti har xil rangli nurlar uchun har xilligi) tufayli
ro‘y bersa (mas. xromatik aberratsiya), geometrik aberratsiya har xil optik sirtlardan
har xil burchak ostida tushish, sinish va qaytish tufayli ro‘y beradi (mas. sferik
aberratsiya). Ayrim aberratsiyalar faqat optik o‘qdan tashqarida kuzatiladi (koma,
astigmatizm, distorsiya).
1>
Dostları ilə paylaş: