Ilmiy rahbar: Eshqobilova G


-sinf Matematika darslarida geometrik elementlarni berilishi



Yüklə 167,55 Kb.
səhifə4/8
tarix24.12.2023
ölçüsü167,55 Kb.
#191472
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi matematika

2-sinf Matematika darslarida geometrik elementlarni berilishi.
2-sinf boshida o’quvchilarda 1-sinfda olgan bilimlarni takrorlab yodga olish maqsadida quyidagi vazifalar beriladi:




T akrorlashlardan so’ng o’quvchilarga burchak tushunchasi beriladi:


B ular to’gri burchaklar.


Bular to’g’ri burchaklar emas.


Mavzuni mustahkamlash uchun misol beramiz: To’g’ri burchaklarni aniqlang?


To’g’ri to’rtburchak tushunchasi kiritiladi. Avval o’quvchilarga ko’pburchaklardagi to’gri burchaklarni aniqlash uchun misol beramiz:

E ndi hamma burchaklari to’giri bo’lgan to’rtburchaklarga misol keltiramiz:


Bular to’g’ri to’rtburchaklar.


Ta’rif: Hamma burchaklari to’g’ri burchak bo’lgan to’rtburchak to’g’ri to’rtburchak deyiladi.
O’quvchilar to’g’ri to’rtburchakni boshqa shakllar bilan farqlarini yaxshiroq tushunishlari uchun quydagi savolni beramiz: To’g’ri to’rtburchak boshqa to’rtburchaklardan nimasi bilan farq qiladi?
Mavzuni davom ettirib o’quvchilarga misol echtiramiz:
T o’g’ri to’rtburchaklarni toping va ularning tartib raqamlarini yozing?

1 2 3 4 5


G eometriya elementlarida perimetr tushunchasi kiritiladi. To’g’ri tortburchakning ikkita qarama qarshi tomoni qizil rangga, qolgan qarama-qarshi tomoni ko’k rangga bo’yalgan. Qog’ozdan xuddi shunday to’rtburchak qirqing va qarama-qarshi tomonlarni buklash yo’li bilan taqqoslang.
To’g’ri tortburchakning har qaysi tomoni uzunligini o’lchang va yozing. To’g’ri to’rtburchakning hamma tomonlari uzunliklarini yig’indisi nimaga teng?


Ta’rif: To’rtburchakning hamma tomonlari uzunliklari yig’indisi bu to’rtburchakning perimetridir.
T a’rifni o’quvchilar tushunishlari uchun perimetrni hisoblashga doir misol beramiz:


Hamma tomonlarining uzunligi teng bo’lgan to’g’ri to’rtburchakni toping. Bular kvadratlar. Ularning tartib raqamlarini ko’chirib yozing.




Daftaringizga shunday kvadrat chizing va uning


perimetrini toping:

O’quvchilarga kvadrat va to’g’ri to’rtburchaklarning farqli tomonlarirni tushuntirish uchun savollar berib ko’ramiz:


Bu shakl - to’rtburchak Bu shakl - to’rtburchak

Nega? Nega?


a) To’rtburchakning nechta uchi bor? a) To’rtburchakning nechta uchi bor?


b) Uning burchaklari nechta? b) Uning burchaklari nechta?
d) Ular qanday burchaklar? d) Ular qanday burchaklar?
e) Tomonlari nechta? e) Tomonlari nechta?
f) Ikkila to’rtburchak tomonlarining uzunliklarini o’lchang. Ularning tomonlari uzunliklari haqida nima deyish mumkin? To’rtburchaklarning qarama-qarshi tomonlari uzunliklari qanday?
g) Bu to’rtburchak nima deb ataladi? g) Bu to’rtburchak nima deb ataladi?
Bu savollarga javob berib o’quvchilar kvadrat va to’g’ri to’rtburchak farqini bilib oladilar.
Shakllarni farqlash uchun o’quvchilarga quyidagi misollarni keltiramiz:
S haklni tuzishda nechta uchburchak, nechta kvadratdan, to’g’ri to’rtburchakdan, nechta doiradan foydalanilgan?

H ar qaysi shaklda nechtadan to’rtburchak bor?


R asmdan 5 ta uchburchak toping:


Rasmdan 5 ta to’rtburchak toping?


Daftaringizga shunday ikkita to’rtburchak chizing va ularda bir kesmani shunday o’tkazingki:



  1. bitta to’g’ri to’rtburchak va bitta uchburchak hosil bo’lsin;

  2. bitta kvadrat va boshqa to’rtburchak hosil bo’lsin:

B C B C


A D A D
O’quvchilarni o’lchov birliklari bilan tanishtirishni davom ettiramiz:
M illimetr – detsimetr, santimetrdan ham kichik o’lchov birligidir.
Chizg’ichdagi bir santimetrni ko’rsating. U nechta teng bo’lakka bo’lingan? Har bir bo’lak bir millimetrga teng. 1 sm 10 millimetr bo’ladi.
1 sm = 10 mm
Millimetrda o’lchashni o’rganish uchun o’quvchilarga misollar beramiz:
CD kesmaning uzunligi sm mm ga teng.


Uzunligi 9 mm, 7 mm, 2 sm 3 mm, 4 sm 6 mm bo’lgan kesmalar chizing.




Tomonlari 3 sm 5 mm va 4 sm 5 mm bo’lgan to’g’ri to’rtburchak chizing. Uni harflar bilan belgilang va qarama-qarshi tomonlarini ayting.


O’quvchilarga yodda tutishlari uchun quyidagi ma’lumotni beramiz:





Yüklə 167,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin