Ilmiy rahbar xulosasi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə7/13
tarix08.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#127106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
oilada shaxslararo munosabatlar va ularning bola shaxsi shakllanishiga

Bob bo’yicha xulosa
Demak, shaxslararo munosabatlar, ya’ni muloqot jarayoni odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar orasida eng murakkabligi va ko’p qirraliligi bilan xarakterlanar ekan, ijtimoiy psixologiya fanida olib borilgan jaxon psixologlarining juda ko’p tadkikotlari shu fenomenni shaxs uchun xam zarur, xam oddiy, xam ta’sirchan deb qaraydi.
Shunday qilib, o’smir yoshdagi bolaning ijtimoiy muhit bilan. o’qituvchi va kattalar bilan muloqotda shaxs sifatida kamol topishi haqida bir kator tadkikotlarda ma’lumotlar to’plangan. Lekin aynan o’smirlik yoshidagi o’quvchilarning tengdoshlari va kattalar bilan o’zaro muloqot masalalari bo’yicha tadqiqotlar yetarli darajada o’tkazilmagan.2 BOB. O’smirlarda shaxslararo munosabatlarni eksperimengal o’rganishning metodologik va metodik asoslari.
2.1. Muloqot - shaxslararo munosabatlar komponent sifatida.
Muloqot jarayoni shaxs ijtimoiylashuvining muhim omillaridan biri bo’lib xisoblanadi. Shaxsning shakllanishida faoliyat, xulk-atvor qanday rol o’ynasa, shaxslararo munosabatda muloqot xam xuddi shunday hal qiluvchi vazifani bajaradi. Jaxon psixologiyasi fanida muloqotning tuzilishi, uning maqomi, o’ziga xos xususiyatlari, munosabatga kirishishning bosqichlari va uslublari yuzasidan muayyan darajada ma’lumotlar to’plangan. Lekin uning asosiy psixologik tavsiflari, tuzilishi va o’zaro bog’liklshi, xarakatlantiruvchi mexanizmlari masalalariga bag’ishlangan tadkikotlar juda kamchilikni tashkil etadi.
Muloqot psixologiya fanining asosiy kategoriyalaridan biri bo’lib, u o’z ichiga shaxslararo munosabatlarning eng muxim mexanizmlarini qamrab oladi. Psixologiya fanida muloqot kategoriyasi keng ma’noda tushunilganda xamkorlik faoliyatining ichki aloqasini mujassamlashtirib, o’zaro ta’sir va o’zaro munosabatlarni aks ettirib, ijtimoiy prosessual jabxasini ifodalaydi. Muloqot xamkorlik faoliyatining extiyojidan vujudta kelib chiquvchi, shaxslararo muloqot rivojlanishining ko’pkirrali jarayonidir. Jaxon psixologiyasi ma’lumotlariga qaraganda muloqot tuzilishida quyidagi tarkibiy kismlarni ajratib kursagish mumkin.

  1. .Kommunikativ axborot uzatish.

2.Interaktiv (ikki tomonlama uzaro ga’sir)
3.Perseptiv (uzaro bir-birini idrok kilish)
Muloqot o’z ichiga xamkorlik faoliyatining katnashchilari bilan o’zaro axborot almashinuvini qamrab olgan bo’lib, u kommunikativ tamon sifatida tavsiflanishi mumkin. Odamlar bir-birlari bilan muloqogga kirishishi jarayonida uning muxim vositalaridan biri bulmsh tilga va uning amaliy ifodasi bulmish nutq faoliyatiga bevosita murojaat qilinadi.
Muloqotning ikkinchi tomoni-mulokotga kirishuvchilarnnig o’zaro ta’siri, ularning nutq faoliyatida nafaqat so’z orqali fikr almashinuvi, balki xatti-xarakati va xulk-atvori bilan o’zaro ta’sir o’tkazish, ta’sirlanishdan iboratdir. Muloqotning uchinchi tomoni shundaki, bunda muloqot ishtirokchilari o’zaro bir-birini idrok qilish jarayonini namoyon qiladilar, insonnn inson tamonidan idrok qilish yuzaga keladilar. Bu jarayonning eng zarur tomoni shuki, unda muloqotga knrishuvchi, ya’ni mulokotdoshlarning bittasi ikkinchisining ishonchiga loyik, aqlli, farosatli, tajribali, yuksak tayyorgarlikka ega inson sifatida unn idrok kqlish juda muhim ekanligini anglash yoki bir-birlarini oldindan xech narsani tushunmaydi, uzatilgan axborotni faxmlay olmaydi, deb taxmin qilish nazarda tutilovchi ruxiy xolat vujudga keladi.
Muloqotning xar uchchala tamonini birlikda, yaxlit xodisa sifatida olib darash natijasida u xamkorlik faoliyatini tashkil qilishning usuli va unda ishtirok etuvchilarning, ya’ni muloqot ishtirkchilarinipg o’zaro
munosabatlari tariqasida namoyon bo’ladi, muayyan tarzda davomiylikka erishadi.
Rus psixologi B.F Parigin muloqotning psixologik jixatdan murakkab ekanligi xakida ta’kidlab, shunday yozadi:
“Muloqot shunchalik ko’p kirrali jarayonkn, unga bir vaktiiig o’zida a) indnvidlarning o’zaro ta’sir jarayoni; b) individlar o’rtasidagi axborotga munosabat jarayoni; v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabat,, jarayoni; g) bir kishining boshqalarga ta’sir kursatip,-jarayoni; d) shaxsning bir- birlarnni tushunish jarayoni kabilar kiradi”.
Muloqot muammosini tadqqk qilishda uzoq va yakin chet el psixologlarn asarlarida o’z ifodasinn topgan juda foydali va boy ilmiy materiallarga asoslanish joiz. Bu o’rinda jaxon psixologiyasi muloqot muammosi tadkikotining boshlovchilaridan, eksperimental yo’nalishiing yorkin namoyondalaridan biri bulmish V.M.Bexterev ijodiyotini taxlil qilish muxim axamiyatga ega.
V.M.Bexterevning jamoaviy tajribasida va ijtimoiy-isixologik nazariyasida insonlarning bir-birlariga o’zaro psixologik ta’sir etish muloqot muammosida markaziy o’rinni egallaydi. V.M.Bexterev ijtimoiy xayotda muloqotning rolini tavsiflab, uning funksiyalsrini xamkorlik faoliyatini amalga oshirish mexanizmi va jamoaviy subyektni shakllangirish sifatida ajratib, individual tajribani saqlab qolish va yoyishning, uni avlodlarga uzatishning, ijtimoiy kadriyatlarning tarixiy vorisligini ta’minlashning sharoiti tariqasida talkin qiladi. Uning fikricha, shaxsning atrofdagi odamlar bilan aloqasi, muloqoti qanchalik xilma-xil va boy bo’lsa, uning tarakkiyoti shunchalik muvaffaqiyatli amalga oshadi.
L .S .Vigotskiy fikricha, antogenezda genetik jixatdas birlamchi o’zaro ta’sir baxs, dialogdir; ikkilamchi esa individniig ongi. ruxiy jarayonlarining individualligidir. “Biz madaniy rivojlanishning umumiy genetik konunini mana bunday shaklda ifodalashimiz mumkin. - deb yozadi. L.S.Vigotskiy, - bolaning madaniy o’sishida xar kanday funksiya baxolanish uchun ikki marta, ikki xil rejada paydo bo’ladi. Avval-ijtimoiy, keyin psixologik, shuningdek, shaxslararo interpsixologik kategoriya sifatida so’ng bola ichki dunyosida intrapsixologik kategoriya tarikasida".
L.S.Vigotskii kuyidagi yo’nalishni kayd knladi- muomala- intereorizasiya-ichki nutk-eksteriozasiya-tashki nutk, muomala. Demak, olimning ta’kidlashicha, birlamchi antogenetik muomala natijasida birlamchi ijtimoiylashuv yuzaga keladi.
Psixolog V.N.Myasishchev asarlarida mulokot psixologiyasining nazariy va tadbikiy muammolarga asosiy etibor karatilgan. V.N. Myasishchev o’z konsepsiyasini “Shaxsning munosabatlar psixologiyasi” deb nomlaydi. Agar kupchilik mualliflar muloqotni o’rganish kishilar o’rtasida o’rnatiladigan nutqiy kommunikasiya sifatida tadqiq etish bilan cheklangan bo’lsalar, V.N.Myasishchev uning rasmiy va ma’naviy tavsiyalarining bosh masalasiga kat’iy axamiyat beradi, uni yaxlit xolda karash ga intilib, muayyan shaxslarning o’zaro ta’sir jarayoni, ma’lum ma’noda birining ikkinchisiga bog’likligi va bir-biriga ta’sir o’tkazuvchanligi tarzida qaraydi.
Muloqot muammolari L.S.Vigotskiy ishlarida xam ko’rib chiqilgan. Uning konsepsiyasiga binoan, bolaning ruxiy rivojlanishi tugilganidan e’tiboran ijtimoiy qonuniyatlar bilan aniqlanadi, insonning tug’ilishidan tortib to butun umr bo’yi uni qurshab turgan borliq bilan o’zaro ta’sirida muloqot muxim o’rinni egallaydi. L.S.Vigotskiy bolaning ruxiy dunyosida va tashki xatti-xarakatida xal qiluvchi konuniyatni quyidagicha izohlaydi: Bolaning shaxsiy faolligini namoyon bo’lishining asosiy yuli kattalar oilan muloqoti hisoblanadi... Uning tashki olamga munosabati xamisha boshqa odam orqali munosabat bildirishdir.“ (11)
V.N.Myasishchevning asarlarida munosabatlar xususiyatini aniklashga keng o’rin berilgan bo’lib, ular muloqotga kirishuvchi odamlar shaxsining asosiy xususiyatlarida namoyon bo’luvchi akl, xissiyot, iroda kabilarga ta’sir etadi. U odamlar bilan munosabatga kirishishi va xulk-atvor usullarini shakllantirishning roli xakida gapirib, ular taassurotlarda va kechinmalarda aks etishini aloxida ta’kidlaydi, xamda atrofdagi kishilar uzaro munosabatda asta-sekin boyib bornshiga e’tiborni karatadi.
Shaxsga muomalaning ta’sir etish sharoitlari va psixologik omilari V.N.Myasishchev tadkikotlarida aloxida axamiyat kasb etadi. So’z ta’siriga moyillik ko’p jixatdap tashki ta’sirlarga berilish darajasiga, kayta ishontirish kobiliyatiga bog’lik. Uning fikricha, moyillik shaxsning intelektual xarakterologik barkaror xususiyati maxsuli emas, balki odamlarning uzaro munosabatlari natijasi xisoblanadi. (28)
V.N Myasishchevning ta’kidlashicha, odamlarning o’zaro munosabatlari bilan ularning bir-birini muloqotda aks ettirish o’rtasida aloqa mavjud bo’lib, mulokotda shaxsning munosabatlari turli faollik, tanlovchilik, ijooiy va salbiy xususiyati bilan aks etadi. Muloqot yoki munosabat shakli, usuli insonning insonga murojaati sifatida qaraladi.
B.G.Ananyevning fikriga ko’ra esa, muloqot faoliyatning o’ziga xos turi sifatida talkin etilishida uning aloxida va bosh tavsifi boshkalar bilan inson o’z munosabatlarini muloqot orkali amalga oshirilishidir. B.G.Ananyev ushbu fikrni atroflicha taxlillash uchun «Inson bilish predmeta sifatida» nomli asarida quyidagi muloxazani keltiradi: “inson xulki ijtimoiy faoliyatlar kurinishlarining nafakat murakkab kompleksi sifatida namoyon buladi”, uning yordamida kurshab turgan tabiat moddiylashadi, u mulokot shaklida xar xil ijtimoiy tuzilmalarda odamlarning o’zaro amaliy ta’siri kabi gavdalanadi.(9)
B.G.Ananyev muloqotning nutkli va nutksiz, noverbal vositalaridan tashkari, uning ichki tomoni-mulokotdoshlarning bir-birini bilishga ajratadi. Uning ta’kidlashicha, muloqot vositasi yordami bilan bola dastavval kattalar tomonidan tashkil qilinadigan ta’lim va tarbiya aktiga kushiladi, sung u o’zini kurshab turgan vokelikni egallashga, idrok kilishga urgana boradi, ijtimoiy va predmetli dunyoda jamiyatda yaratilgan ashyoviy operasiyalar usuli va shakliga binoan tugri xarakat kilishga odatlana boshlaydi, ma’lum tarixiy-ijtimoiy tuzum, muayyan muhit tomonidan qabul qilingan xulk-normalari, etalonlariga moslashishga intiladi. Bu jarayon biologik va ijtimoiy omillar, mukammal ta’sir utkazish va ma’naviy vositalarni egallash xamda uzini uzi namoyon etish orqali amalga oshadi.
Muloqot subyektlar bilan ijtimoiy aloqa o’rnatish, didaktik (tarbiyaviy) funksiyani bajarish bilan birga, psixik rivojlanish jarayoni ni va inson shaxsining ijtimoiy kamolotini to’g’ridan - to’g’ri belgilaydi.
Mulokotning turli shakllari yoki boskichlari mavjud bulib, dastlabki boskichi insonning o’zi bilan o’zining muloqot kirishi x,isoblanadi. Mulokotning ikkinchi boskichi boshkalar bilan mulokotda bo’lishdir. (9)
Rus psixologi A.N.Montyev o’zining «Psixika tarakkiyotidan ocherklar» nomli asarida muloqotning uchinchi shakli-avlodlar o’rtasidagi muloqotning axamiyati tugrisida shunday yozadi: «Agar barcha katta avlod utib ketgaida, insoniyat turi yuk bulib ketmasdi, lekin jamiyatning tarakkist i ancha orkaga surilibgina emas, yukolib xam ketishi mumkin edi».
Hakikatan xam avlodlararo muloqotning mavjudligi tufayli xar bir jamiyatning o’z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo’ladiki, buning axamiyatini tushungan insoniyatning eng ilg’or vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saklab keladilar, xamda tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar.
Mulokot murakkab jarayon bulganligi uchun xam ayrim olingan mulokot shaklini taxlil kilganimizda, unda juda xilma-xil ko’rinishlar, komponentlar va kismlar borligini aniklashimiz mumkin. G .M.Andreyeva mulokotning kuyidagi tuzilishini taklif etadi:
-mulokotga kirishuvchilar urtasidagi ma’lumotlar almashinuvi
jarayon i;
-mulokotga kirishuvchi tamonlarning xulk_atvorlariga ta’sir jarayoni, -mulokotga kirishuvchi tamonlarining bir-birini idrok etishlari va tushunishlari bilan boglikbulgan murakkao psixolo1 ik jarayon. (10)
Ko’pgina olimlar mulokotning insop xayotidagi axamiyatiga tuxtalib, uning bir kator vazifalari, funksiyalarini ajratib kursatadilar. Masalan, tanikli rus olimi B.F.Lomov uning funksiyalariga kuyidagplarni kiritadi:
a) ma’lumotlar almashinuvi funksiyasi;
b) xulk-atvorni boshkarish;
v) xissiyotlar almashinuvi.
Ushbu funksiyalar G.M.Andreyeva ajratgan mulokot kismlariga xam mos keladi. Ya’ni xar bir mulokot jarayonida B.F.Lomov kayd etgan vazifalarni topish mumkin.
Muloqotning xayotimizdagi shakl va ko’rinishlariga kelsak, uning xar bir shaxsning xayotiy vaziyatlarga mos keladigan, usha vaziyatlardan kelib chikadigan kurinishlari va turlari xaqida gapirish mumkin. Lekin umumiy xolda, har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda bo’ladi. Agar rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulk atvori normalaridan kelib chiksa, norasmiy muloqot - bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni usha suxbatdoshlarning fikr - uylari, niyat - maksadlari va emosional munosabatlari bilan belgilanadi.
Muloqot jarayonida odamlar so’zlaridan tashkari turli xil xarakatlar, xolatlardan, kulgu oxanglaridan xam foydalanadilar. Mimika, oxang, to’xtashlar, xissiy xolatlar, kulgi, yigi, ko’z qarashlar, yuz ifodalari va boshkalar o’zaro muloqotning nutksiz vositalari bo’lib, ular muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, uni to’ldiradi, ba’zan esa nutkning, muloqotning o’rnini bosadi.
Buyuk rus yozuvchisi L.Tolstoy odamlarda 97 xil kulgu turi, xamda 85 xil kuz karashlari turi borligini kuzatgan. G.M.Andreyevaning yozishicha, odam yuz ifodalari, nigoxlarning 2000 ga yakin ko’rinishlari bor. Noverbal mulokotda suxbatdoshlarining fazoviy joylashuvlari xam katta axamiyatga ega. Masalan, ayollar kuprok xissiyotlarga boy bulganliklari sababli, suxbatlashayotganda bir-birlariga yakin turib gaplashadilar, erkaklar urtasida esa doimo fazoviy masofa buladi. Olimlarning aniklashicha, bolalarni odatdagidek, ketma-ket o’tkazib o’qitganga qaraganda, ularning davra kilib, yuzma-yuz o’tkazib o’qitgan samaradorlirokdir.
Demak, ta’lim-tarbiya jarayonida mulokotning barcha vositalariga, ayniksa nutkka e’tibor berish kerak. Bolalarni ilk yoshlik chog’idanoq nutq madaniyatiga o’rgatish, muloqotchanlik xususiyatini shakllantirish kerak.
Pedagog ana shunday muloqotchanlikka ega bo’lishi kerakki, u avvalo uning faoliyatini to’g’ri tashkil etishini ta’minlasin, qolaversa, bolalarda muloqotchanlikning o’sishiga yordam bersin.
Buyuk pedagok V.A.Suxomlinskiy o’qituvchining madaniyati, muloqotchanligi xaqida gapirib, bu madaniyatning tarkibiy va asosiy qismi nutq madaniyati ekanligini ta’kidlagan zdi.



Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin