«ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanidan


Magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbar xulosasi, ichki va tashqi taqrizlarga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə46/67
tarix16.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#183897
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   67
«ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanidan

1.6. Magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbar xulosasi, ichki va tashqi taqrizlarga qo‘yiladigan talablar
Magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbar xulosasi, ichki hamda tashqi taqriz talab etiladi. Ichki va tashqi taqrizchilarni oliy ta’lim muassasasining tegishli mutaxassislik kafedrasi tavsiya etadi va ularning ro‘yxati ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadi. Taqrizlar, aynan ajratib ko‘rsatilgan holda mantiqiy ketma-ketlikda quyidagilarni o‘zida aks ettirishi tavsiya etiladi:
Ilmiy rahbar xulosasi:
  • dissertatsiya mavzusining dolzarbligi;


  • dissertatsiya mavzusining tadqiqot ob’ekti bilan o‘zaro bog‘liqlik darajasi;


  • tadqiqotda belgilangan maqsad va vazifalarning yoritilish darajasi;


  • tadqiqotning ilmiy yangiligi;


  • tadqiqot natijalarining ilmiy asoslanganligi;


  • izlanish natijasida ishlab chiqilgan xulosa va takliflarning e’tiborga molikligi;


  • magistrlik dissertatsiyasiga qo‘yiladigan talab va mutaxassislikka mosligi kabilarni o‘zida aks ettirish zarur.




Ichki va tashqi taqrizlar:
  • mavzuning dolzarbligi;


  • dissertatsiyaning ilmiy yangiligi;


  • amaliy natijalarning asoslanganligi;


  • tadqiqotning amaliy ahamiyati;


  • tadqiqotning mazmuni hamda tugallanganlik darajasi;


  • ma’lumotlar va matnni bayon etish tili hamda uslubi;


  • tadqiqotning ilmiy-amaliy qiymati;


  • magistrlik dissertatsiyasining oldiga qo‘yiladigan talablar va magistratura mutaxasisligiga mosligi kabi masalalarni yoritishi maqsadga muvofiqdir.


Magistrlik dissertatsiyasi belgilangan talablarga mos kelmagan holatlarda, magistratura talabasi tomonidan kasb odobaxloqi qoidalari (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, yolg‘on sitata keltirish va boshqalar) buzilganligi aniqlangan taqdirda, shuningdek, ushbu holatlarni qisqa muddatda tuzatish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda taqrizchi magistrlik dissertatsiyasini himoyaga qo‘yish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa beradi.


Ichki va tashqi taqrizlar, ilmiy maslahatchi tayinlangan bo‘lsa, uning xulosasi dissertatsiyaning dastlabki himoya sanasidan kamida 3(uch) kun oldin yozma shaklda berilishi lozim. Magistrlik dissertatsiyasi talab darajasida rasmiylashtirilgan holda ilmiy rahbar xulosasi, ichki va tashqi taqrizlar bilan birgalikda mutaxassislik kafedrasiga topshiriladi.
Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor roziligi asosida chet tilida tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasiga davlat tilida yozilgan 10-12 betlik annotatsiya ilova etiladi.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin