«ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanidan


Magistrlik dissertatsiyasini rasmiylashtirish yuzasidan qo‘yiladigan talablar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə45/67
tarix16.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#183897
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   67
«ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanidan

Magistrlik dissertatsiyasini rasmiylashtirish yuzasidan qo‘yiladigan talablar
Magistrlik dissertatsiyasi matni 70-80 sahifadan oshmasligi kerak (titul varaq, mundarija, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, shartli belgilar va atamalar ro‘yxati hamda ilovalar ko‘rsatilgan hajmga kiritilmaydi).
Magistrlik dissertatsiyasi matni A4 formatdagi qog‘oz varag‘ining bir tomonida joylashishi va qoida tariqasida, standart varaq 1,5 qator oralig‘ida yozilishi, har bir bet: yuqoridan va pastdan 2 sm; chapdan 3 sm; o‘ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshilar orasidagi oraliq 4-5 belgili yoki 1,25 sm va bir xilda bo‘lishi lozim. Magistrlik dissertatsiyasi matnini Misrosoft Word matnli redaktorida Times New Roman, 14 shriftida yozish tavsiya etiladi.
Magistrlik dissertatsiyasining betlari titul varag‘i (1) va mundarija (2)dan boshlab sanaladi. Ammo, titul varag‘iga 1 va mundarijaga 2 raqamlari qo‘yilmaydi. Magistrlik dissertatsiyasi betlari raqami, uning kirish qismidan, ya’ni 3 raqamidan boshlanadi va mazkur betning tartib raqami varaqning pastki o‘rta qismida keltiriladi, uning oxirgi varag‘igacha izchil ketma-ketlikda raqamlanadi.
Magistrlik dissertatsiyasining tarkibiy qismlari, ya’ni titul varag‘i, mundarijasi, kirish, har bir bobi, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalar qismi yangi betdan rasmiylashtiriladi.
Dissertatsiya tarkibiy qismlarining bosh sarlavhalari (Mundarija, Kirish, Xulosa va takliflar, Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, Ilova) bosh harflarda yoziladi.
Dissertatsiyaning titul varag‘ini namunaga mos ravishda rasmiylashtirish talab etiladi.
Disseratsiyaning boblari rim raqamlari bilan I bob, II bob, III bob tarzida raqamlanadi va sarlavhalarga ega bo‘ladi. Paragraflar esa, boblarga mos ravishda 1.1, 1.2, 1.3 yoki 2.1, 2.2, 2.3 tarzida arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega bo‘ladi. Har bir bob va paragraf sarlavhalarining yuqori va pastki qismidan 12 o‘lchamli (12 pt) oraliq qoldirilishi kerak.
Dissertatsiya matnida foydalanilgan adabiyotdan olingan birinchi havola, ya’ni iqtibos u joylashgan betning pastki qismida 1 raqamida (1 -matn yuqorisidagi belgi tarzida) keltiriladi. Keyingi ixtibos ham shu tariqa ketma-ketlikda raqamlanadi. Iqtibos matnini Misrosoft Word matnli redaktorida Times New Roman, 9 shriftida keltirilishi tavsiya etiladi.
Magistrlik dissertatsiyasida keltirilgan surat, grafik, chizma, diagramma va shu kabilar rasm so‘zi bilan ifodalanib, ular matnda qulay tarzda joylashtirilishi lozim. Rasmlar dissertatsiya boblari tartib raqami ko‘rsatilgan holda ketma-ketlikda keltiriladi (masalan: 1.1-rasm, 1.2-rasm va shu tarzida) rasmning tartib raqami va nomi uning pastki qismida joy-lashtiriladi (dissertatsiyaning ilovalarda keltirilgan rasmlar bundan mustasno). Rasmga izoh berilishi, uning manbasi keltirilishi talab etiladi.
Dissertatsiyada statistik materiallar jadval ko‘rinishida rasmiylashtirilishi mumkin. Jadvallar tegishli boblar tartib raqami ko‘rsatilgan holda ketma-ketlikda (masalan: 1.1-jadval, 1.2-jadval va shu tarzda) jadvalning yuqori o‘ng burchak qismida, jadvalning nomi keltirilgan holda uning yuqori qismida joylashtiriladi. Jadval va rasmlar bir varaqdan oshib ketmasligi lozim. Agar hajmi bir varaqdan oshadigan bo‘lsa, uni ilovada aks ettirish maqsadga muvofiqdir.
Dissertatsiya matnida formula mavjud bo‘lsa, unda katta va kichik harflar, yuqori va pastki indekslar “Misrosoft Word” matn redaktorining “Formula” funksiyasi yordamida aniq keltirilishi shart. Formula va tegishli material “LaTeX” formatida berilishi mumkin.
Formulada belgilarning o‘lchami ifodalanishi quyidagicha bajarilishi tavsiya etiladi:
katta harflar va raqamlar 5-6 mm;
kichik harflar 3 mm. dan kam bo‘lmagan ko‘rinishda;
daraja ko‘rsatkichlari va indekslari 2 mm.dan kam bo‘lmagan hajmda.
Formula belgilarining izohi bevosita uning quyi qismida formuladagi ularning ketma-ketligi bo‘yicha keltiriladi. Formula belgilarining ma’nolari birinchi qatori bunda so‘zi bilan ikki nuqtasiz boshlanadi. Har bir belgining ma’nosi yangi qatordan boshlanishi lozim. Formulalar matnda alohida bo‘sh qatorlar bilan ajratib yoziladi. Har bir formulaning yuqori va pastki tomonlaridan 12 o‘lchamli (12 pt) oraliq qoldirilishi talab etiladi.
Formula bitta qatorga sig‘magan holda sig‘magan qismi tenglik belgisi “=” yoki qo‘shish “+”, ayirish “–”, ko‘paytirish “x” va bo‘lish “:” belgilaridan keyin ko‘chirilishi kerak. Har bir formula, u joylashgan bob tartib raqami ko‘rsatilgan holda ketmaketlikda, masalan: (1.1), (1.2) va shu kabi tarzda formulaning o‘ng tomonida qavs ichida keltiriladi.
Dissertatsiya matnida foydalanilgan rasm, jadval yoki formulaga havola qavs ichida, tegishli rasm, jadval yoki formula joylashgan bob masalan: (1.1), (1.2) va shu kabi tarzda tartib raqami (belgisi) ko‘rsatilgan holda “qarang so‘zi” qo‘llaniladi.
Dissertatsiya matnida ko‘rsatilgan shaxslarning familiyasi, is-i-sharifi hamda tashkilot va mahsulotlarning nomlari va boshqa atoqli otlar o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dissertatsiyaning ilovalari alohida betlarda ketma-ketlikda (masalan: 1-ilova, 2-ilova va shu tarzda) ifodalanadi. Har bir ilovaga dissertatsiya tarkibida iqtibos keltirib o‘tilgan bo‘lishi lozim.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin