Ilmiy tadqiqot turlari va uni olib borishning asosiy usullari. Ilmiy tadqiqotlarning turlari (klassifikatsiyalanishi), strukturasi va bosqichlari



Yüklə 40,31 Kb.
səhifə3/13
tarix22.12.2023
ölçüsü40,31 Kb.
#189432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Ilmiy tadqiqot turlari va uni olib borishning asosiy usullari. I-fayllar.org

Eksperimental tadqiqotlar – ilmiy asosida qo‘yilgan tajribadir. Eksperimental tadqiqotlardan ko‘zlangan maqsad ilmiy muammo (masala) yechimining to‘g‘riligini tekshirib ko‘rish bo‘lib, uning natijasini tasdiqlashi yoki inkor etishi mumkin. Tadqiqot olib borilayotgan obyekt (muammo yoki masala) bo‘yicha fundamental izlanishlar olib borilmagan yoki nazariy asoslari yetarli bo‘lmagan hollarda eksperimental tadqiqotlar natijalari muammoni nazariy yechimlarini shakllantirishga (topishga) asos yaratadi.
Ilmiy tadqiqotning navbatdagi bosqichi eksperimental va nazariy tadqiqotlar natijalarini solishtirib (taqqoslab) ko‘rib ularni bir biriga mos kelishi (to‘g‘ri kelishi) haqida, hamda ilgari surilgan ilmiy gipotezani tasdiqlashi haqida uzul-kesil xulosa qilinadi. Ayrim hollarda natijalar bir biridan ancha farq qilsa yoki umuman to‘g‘ri kelmasa ilmiy gipotezaga o‘zgartirish kiritish yoki gipotezani inkor etishga to‘g‘ri keladi.
Tadqiqot natijalariga yakun yasash, olingan natijalar tadqiqot maqsadi va vazifalariga to‘la javob berishi hamda umumiy xulosa va tavsiyalarni shakllantirishi ilmiy izlanishning yakuniy bosqich vazifalariga kiradi.
Texnika sohasida, jumladan, energetika sohasida tadqiqotlar natijalarini o‘zlashtirish (amalda tadbiq etish) bosqichi ham ko‘zda tutiladi. Bunda tadqiqot natijalarini yoki texnologik va konstruktorlik ishlanmalarini iste’molchiga yetkazish ishlari amalga oshiriladi.
Ilmiy tadqiqot turlari muayyan bir ketma-ketlikda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Fundamental va amaliy tadqiqotlar quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
1-bosqich. Tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslash va ifoda etish:



Yüklə 40,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin