2-bosqich. Tadqiqotning maqsadi va vazifasini ifodalash:
mamlakat va xorijiy nashrlar bibliografik ro‘yxatini tanlash va tuzish(monografiya, darsliklar, maqolalar, patentlar, kashfiyotlar va b.), shuningdek, tanlangan mavzu bo‘yicha ilmiy-texnikaviy hisobot tuzish;
mavzu bo‘yicha manbalar va referatlar annotatsiyasini tuzish;– mavzu bo‘yicha masalalarning ahvolini tahlil qilish;
tadqiqot maqsad va vazifalarining bayonini tuzish.
3-bosqich. Nazariy tadqiqotlar:
obyekt va tadqiqot predmetini tanlash, fizik mohiyatini o‘rganish vatadqiqot topshirig‘i asosida ishchi farazni shakllantirish;
ishchi farazga muvofiq modelni aniqlash va uni tadqiq etish;
tadqiq etilayotgan muammo nazariyasini ishlab chiqish, tadqiqotnatijalarini tahlil qilish.
4-bosqich. Eksperimental tadqiqotlar (tasdiqlash, to‘g‘rilash yoki nazariy tadqiqotlarni inkor etish uchun):
eksperimental tadqiqotlar maqsad va vazifalarini aniqlash;
eksperimentni rejalashtirish va uni o‘tkazish metodikasini ishlabchiqish;
eksperimental qurilmalarni va eksperimentning boshqa vositalariniyaratish;
o‘lchov usullarini asoslash va tanlash;
eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish va ularning natijalarini ishlabchiqish.
5-bosqich. Ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish va rasmiylashtirish:
nazariy va eksperimental tadqiqotlar natijalarini taqqoslash, ularningfarqlarini tahlil qilish;
tadqiqot obyekti nazariy modelini aniqlashtirish va xulosalar;
ishchi farazni nazariyaga yoki uning raddiga aylantirish;
ilmiy va ishlab chiqarish xulosalarini shakllantirish, tadqiqot natija-larini baholash;
ilmiy-texnikaviy hisobot tuzish va uni retsenziya qildirish.
6-bosqich. Joriy etish va iqtisodiy samaradorlik: – tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish; – iqtisodiy samarani belgilash.
Dostları ilə paylaş: |