Ilmiy tadqiqot turlari va uni olib borishning asosiy usullari. Ilmiy tadqiqotlarning turlari (klassifikatsiyalanishi), strukturasi va bosqichlari


Ishlanmalarni, loyiha konstruktorlik ishlarini



Yüklə 40,31 Kb.
səhifə5/13
tarix22.12.2023
ölçüsü40,31 Kb.
#189432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Ilmiy tadqiqot turlari va uni olib borishning asosiy usullari. I-fayllar.org

Ishlanmalarni, loyiha konstruktorlik ishlarini (LKI) bajarish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
1-bosqich. Dolzarblikni asoslash va mavzuni shakllantirish, LKIning maqsad va vazifalarini shakllantirish (ITI 1-, 2-bosqichlaridagi ishlar bajariladi).
2-bosqich. Texnikaviy topshiriq va taklif:
  • eksperimental namunani loyihalashda texnikaviy topshiriqni ishlabchiqish;


  • texnikaviy-iqtisodiy asos;


  • – patentga loyiqlikni tekshirish.




3-bosqich. Texnikaviy loyihalash:
  • texnikaviy loyihalar talqinlarini ishlab chiqish va samaralirog‘initanlash;


  • ayrim qism va bloklarni ishonchlilik ko‘rsatkichlarini tekshirish uchunyaratish;


  • texnikaviy daraja va sifatni belgilash, texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsat-kichlarni hisoblash;


  • texnikaviy loyihani kelishib olish.




4-bosqich. Ishchi loyihalash:
  • ishchi loyihani ishlab chiqish;


  • zarur konstruktorlik hujjatlarini tayyorlash.




5-bosqich. Tajribaviy namuna tayyorlash:
  • ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash: texnologik jarayonlarniishlab chiqish, qurilmalarni, kesuvchi va qo‘shimcha asbob-uskunalarni loyihalash va tayyorlash;


  • tajribaviy namuna detallari, qismlari va bloklarini tayyorlash, ularniyig‘ish;


  • tajribaviy namunani aprobatsiya qilish, me’yoriga yetkazish va sozlash;– stendda va ishlab chiqarishda sinash.




6-bosqich. Tajribaviy namunani me’yoriga yetkazish:
  • tajribaviy namunaning qismlari, bloklari va uni to‘la ravishda sinovdankeyin ishlashini tahlil qilish;


  • ishonchlilik talablariga javob bermaydigan ayrim qismlar, bloklar vadetallarni almashtirish.




7-bosqich. Davlat sinovi:
  • tajribaviy namunani davlat sinoviga topshirish;


  • davlat sinovini o‘tkazish va sertifikatsiyalash.


Shunday qilib, ilmiy tadqiqotlar qanday maqsadga qaratilganligi va ilmiy chuqurligi bo‘yicha uch asosiy turga tasniflanadi: fundamental (nazariy), amaliy va tajriba, konstruktorlik ishlanmalari. Fundamental va amaliy ITI larning bajarilish jarayoni olti asosiy bosqichni, tajriba konstruktorlik ishlanmalari esa yetti bosqichni o‘z ichiga oladi. Ilmiy tadqiqotning barcha turlari joriy etish bilan yakunlanadi.



Yüklə 40,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin