Ilmiy tadqiqot turlari va uni olib borishning asosiy usullari. Ilmiy tadqiqotlarning turlari (klassifikatsiyalanishi), strukturasi va bosqichlari



Yüklə 40,31 Kb.
səhifə7/13
tarix22.12.2023
ölçüsü40,31 Kb.
#189432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Ilmiy tadqiqot turlari va uni olib borishning asosiy usullari. I-fayllar.org

Muammoni qo‘yish (shakllantirish). Ilmiy muammoni izlash va tanlash insonning ilmiy tafakkuri va amaliy faoliyatidagi eng murakkab va hali o‘rganilmagan va ma’lum bo‘lmagan bilimlarni izlab topishdek biri ikkinchisini inkor qiladigan jarayondir.
Muammoning to‘g‘ri shakllantirilishi va uni qo‘yilishi, tadqiqotdan ko‘zlangan maqsad, tadqiqot obyekti va tadqiqotlar olib borish chegaralarini belgilab olinishi qanchalik mukammal amalga oshirilganligi, ilmiy tadqiqot natijalariga erishishda muhim o‘rin tutadi. Ushbu masala, ya’ni muammoni qo‘yish aksariyat hollarda har bir tadqiqot mavzusi uchun individual yondashuv asosida hal etiladi.
Shu bilan birga ma’lum umumiylikka ega quyidagi qoidalar mavjudligini ham aytib o‘tish lozim:
  • ilmiy muammoga oid fan va texnikaning eng oxirgi yutuqlarini yaxshibilishi va ilgaridan yechimi ma’lum muammoni qo‘ymaslik, boshqacha aytganda muammoga oid ma’lum bilimlarni noma’lumlaridan aniq chegaralash;


  • olib boriladigan talqiqotlar chegarasi va tadqiqot obyektini aniq belgilabolish;


  • ilmiy muammoni yechish usullarini aniqlash, ya’ni muammoni turini(ilmiy nazorat, amaliy, maxsus kompleks) tadqiqot olib borish metodikasini aniqlash.




Muammoni kengaytirish, qo‘shimcha yechimlar bilan to‘ldirish. Muammoni yechilishi davomida, qo‘shimcha, ya’ni bosh muammoni yechimni to‘ldiruvchi tadqiqotlar olib borish zaruriyati tug‘ilishi mumkin. Masalan, elektr energiyasidan samarali foydalanish muammosini yechish ushbu bosh muammo boshqa ko‘plab muammolarni yechish zaruriyatini vujudga keltiradi. Elektr uskunalarning ekspluatatsion ishonchliligini oshirish, noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanish, energiya tejamkor elektrotexnologik jarayonlarni ishlab chiqish va h.k. bosh muammolar – elektr energiyasidan foydalanish muammosini kengayishi va to‘ldirilishini, boyitilishini ta’minlaydi.
Elektr uskunalarning ekspluatatsion ishonchliligini oshirish masalasi yechimiga erishish esa, o‘z navbatida, ushbu masala ichida bir qancha yo‘nalishdagi yechimlarga erishish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazishni taqazo etadi. Masalan, elektr uskunalarni anormal rejimdan himoyalash vositalarini ishlab chiqish (yaratish), texnik servis ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, elektrotexnik uskunalarni konstruktiv takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish zaruriyatini yuzaga keltiradi.

Yüklə 40,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin