Ilmiy tadqiqot turlari va uni olib borishning asosiy usullari. Ilmiy tadqiqotlarning turlari (klassifikatsiyalanishi), strukturasi va bosqichlari


Ilmiy tadqiqotlar olib borishning asosiy usullari



Yüklə 40,31 Kb.
səhifə10/13
tarix22.12.2023
ölçüsü40,31 Kb.
#189432
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Ilmiy tadqiqot turlari va uni olib borishning asosiy usullari. I-fayllar.org

Ilmiy tadqiqotlar olib borishning asosiy usullari

Ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish ma’lum bir sistemaga va oldindan ishlab chiqilgan rejaga asosan olib boriladi. Ilmiy tadqiqotdan ko‘zlangan maqsadga erishish aniq bir tadqiqot olib borish uslubiga tayangan holda va unga asosan amalga oshiriladi.


Umuman tadqiqotlar olib borishda juda ko‘plab usullardan foydalaniladi. Ulardan ayrimlari turli xil fan sohalarida foydalanilishi mumkin. Masalan, matematik usullar, fanning turli sohalarida qo‘llanilsa, tenzometrik o‘lchash – mexanikada, sistemali yondashuv, termodinamik usul – energetikada va h.k.. Aniq usullar aniq bir obyektning mohiyatini o‘rganish, ko‘zlangan ilmiy va amaliy muammoni yechish bilan bog‘liq tadqiqot obyektining xususiyatlari va o‘ziga xos tomonlarini o‘rganishda qo‘llaniladi. Masalan, energotexnologik jarayonlarda energiya tejamkorlik muammolarni yechishda energetik balans tenglamasiga va energiyani saqlanish qonuniga asoslaniladi. Elektromagnit jarayonlarini o‘rganishda Maksvel tenglamalar sistemasi va elektrodinamika qonunlaridan foydalaniladi.
Ilmiy tadqiqotlar olib borish borliq haqidagi obyektiv bilimlarni ishlab chiqish va nazariy tomondan sistemalashtirishdan iborat inson faoliyati sohasi bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
  • ilmiy tushunchalar, tamoyillar va aksiomalar, ilmiy qonunlar,nazariyalar va farazlar, empirik ilmiy faktlar, uslublar, usullar va tadqiqot yo‘llari tarzidagi uzluksiz rivojlanib boruvchi bilimlar tizimini;


  • bilimlarning mazkur tizimini yaratish va rivojlantirishga yo‘naltirilganinsonlarning ilmiy ijodi;


  • insonlar ijodining ilmiy mehnat obyektlari, vositalari va ilmiy faoliyatsharoitlari bilan ta’minlovchi muassasani.


Tadqiqot olib borish faktlar to‘plashdan boshlanadi, ular o‘rganiladi va sistemalashtiriladi, umumlashtiriladi, ma’lum bo‘lganlarni tushuntirish va yangilarini oldindan aytib berishga imkon beruvchi ilmiy bilimlar mantiqiy tuzilgan sistemalarni yaratish uchun ayrim qonuniyatlarni ochishdan iborat bo‘ladi.


Tamoyil (postulat)lar va aksiomalar ilmiy bilishning boshlang‘ich holati hisoblanadi, bular sistemalashtirishning boshlang‘ich shakli bo‘lib, ta’limot, nazariya va h.k. (masalan, kvant mexanikasidagi Bor postulati, Yevklit hodisasi aksiomalari va b.)lar asosida yotadi.
Ilmiy bilimni umumlashtirish va tizimlashtirishning oliy shakli bo‘lib ta’rif hisoblanadi. U mavjud obyektlar, jarayonlar va hodisalarni umumlashtirib idroklashga, shuningdek, yangilarini oldindan aytib berishga imkon beruvchi tadqiqotlarning ilmiy tamoyillari, qonunlari va usullarini ifodalaydi.
Ilmiy bilim tizimida ilmiy qonunlar muhim tarkibiy qism bo‘lib hisoblanadi, bular tabiat, jamiyat va tafakkurdagi eng ahamiyatli, barqaror va takrorlanuvchi obyektiv ichki bog‘liqlikni aks ettiradi. Odatda ilmiy qonunlar umumiy tushunchalar, kategoriyalar jumlasiga kiradi. Olimlar ilmiy natija (ijobiy yoki salbiy)ga erishish vositasi sifatidagi daliliy materiallarga yetarlicha ega bo‘lmagan hollarda faraz (gipoteza)dan foydalanadilar. Faraz ilmiy taxmin bo‘lib, tajribada tekshirishni talab etadi va nazariy jihatdan ishonchli ilmiy nazariya bo‘lish uchun asoslanishi lozim.
Fan masalalarni hal qilish omili bo‘lib, nazariyalar ishlab chiqish, borliq obyektiv qonunlarini ochish, ilmiy faktlarni aniqlash va h.k.lar hisoblanadi. Bular ilmiy bilishning umumiy va maxsus usullaridir.
Umumiy usullar uch guruhga bo‘linadi:
  • empirik tadqiqot usullari (kuzatish, qiyoslash, o‘lchash, eksperiment);– nazariy tadqiqot usullari (mavhumdan aniqlikka tomon borish va b.);


  • empirik va nazariy tadqiqot usullari (tahlil va sintezlash, induksiyava deduksiya, modellashtirish, abstraktlash va b.).





Yüklə 40,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin