Ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik ish hamda


ME’YORIY HUJJATLAR BILAN ISHLASH



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə4/57
tarix18.05.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#116432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik ish hamda

ME’YORIY HUJJATLAR BILAN ISHLASH


1.1 2020/2021 O‘QUV YILIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISHNING DAVLAT BUYURTMASI PARAMETRLARI TO‘G‘RISIDA Qaror
Yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrab olinishini yanada kengaytirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish, karantin sharoitida oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini lozim darajada o‘tkazish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
1. Belgilansinki:
a) 2020/2021 o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda:
abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20-iyunidan 20-iyuliga qadar (20-iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan hududlarda — Davlat xizmatlari markazlari orqali, barcha hududlarda — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining (keyingi o‘rinlarda — Davlat test markazi) rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi;
kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan o‘tkaziladi;
abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi;
b) 2020/2021 o‘quv yili qabulidan boshlab:
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari ajratiladi;
davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish, shuningdek, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun hujjatlarni topshirish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari (keyingi o‘rinlarda — Davlat buyurtmasi parametrlari) ishlab chiqilganligi;
mazmun jihatdan yaqin bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari birlashtirilganligi va profil ixtisoslashuv sohalar kengaytirilganligi;
magistratura mutaxassisliklari yiriklashtirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Davlat buyurtmasi parametrlari:
a) bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:
kunduzgi ta’lim shakliga — 103 575 nafar etib 1-ilovaga;
4. 2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi) tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Davlat komissiyasiga quyidagi huquqlar berilsin:
zarurat bo‘lganda, yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini kiritish hamda tashkil etiladigan yangi oliy ta’lim muassasalari qabul parametrlarini belgilash uchun Davlat buyurtmasi parametrlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning, shu jumladan respublikaning olis va borish qiyin bo‘lgan tumanlarining mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini qanoatlantirish uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga tegishli tarmoqlar va hududlar bo‘yicha maqsadli qabul parametrlarini belgilash;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida oliy ta’lim muassasalarining nufuzi va hududiy joylashuvini hisobga olgan holda bazaviy to‘lov-kontrakt qiymatidan kelib chiqib tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt minimal miqdorining yagona ko‘rsatkichlarini ta’lim sohalari va respublika hududlari bo‘yicha belgilash (o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan oliy ta’lim muassasalari bundan mustasno);
professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash.
5. Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, istiqbolda mazkur hududning iqtisodiyot tarmoqlarini zamonaviy fikrlaydigan malakali mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida ushbu tuman uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha davlat granti asosidagi 500 ta o‘rin miqdoridagi maqsadli qabul parametrlari ajratilsin.
Farg‘ona viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda mazkur qabul parametrlarini ehtiyojga muvofiq oliy ta’lim muassasalari kesimida taqsimlash bo‘yicha asoslangan takliflarni bir hafta muddatda Davlat komissiyasiga kiritsin.
6. O‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalariga o‘zini o‘zi to‘liq moliyaviy ta’minlash miqdoridan kelib chiqib, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash huquqi berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha belgilangan to‘lov-kontrakt miqdori haqidagi ma’lumotlarni bir hafta muddatda ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida e’lon qilsin.
7. Belgilab qo‘yilsinki, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlari to‘liq avtomatlashtirilgan tarzda “quota.mineconomy.uz” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — Axborot tizimi) orqali shakllantiriladi.
8. Buyurtmachilarining kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash jarayonini raqamlashtirish maqsadida 2020-yil 1-oktabrga qadar:
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi iqtisodiyot tarmoqlarining oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan joriy ehtiyojini kuzatib borish imkoniyatini yaratish uchun “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini Axborot tizimi bilan integratsiyasini;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi respublikaning barcha maktablarida bitiruvchi sinflardagi o‘quvchilar soni hamda pedagogik tarkibi to‘g‘risida doimiy yangilanib boruvchi ma’lumotlar bazasini Axborot tizimi bilan integratsiyasini;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda kadrlar buyurtmachilari ehtiyojlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Elektron raqamli imzo” tizimini qo‘llagan holda Axborot tizimiga kiritilishini hamda Axborot tizimini muntazam ravishda takomillashtirib borilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Xalq ta’limi vazirligi boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-sentabrga qadar umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikatsiya qilish va yagona imtihonni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
10. Davlat komissiyasi 2020-yil 20-iyunga qadar:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmalariga binoan sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, veterinariya sohalarida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun Davlat buyurtmasi parametrlarining davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida maqsadli qabul parametrlarining tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda Davlat test markazining takliflari asosida oliy ta’lim muassasalariga Davlat buyurtmasi parametrlarining ta’lim tillariga qarab taqsimotini tasdiqlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
a) bir oy muddatda:
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 2020/2021 o‘quv yilida yangi kiritilayotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklarini hisobga olgan holda Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin;
tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda yangi kiritilayotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining malakaviy talablari, o‘quv rejalari hamda fan dasturlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
b) 2020-yil 31-dekabrga qadar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari xususiyatidan kelib chiqqan holda bitiruvchilarga asosiy hamda qo‘shimcha kvalifikatsiya berish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
v) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-dekabrga qadar quyidagilar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritsin:
oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarida faqat davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarini belgilash;
to‘lov-kontrakt asosidagi qabul ko‘rsatkichlarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilash. Bunda, to‘lov-kontrakt asosidagi qabul ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan miqdordan kam bo‘lmasligi lozim;
iqtidorli talabalarni nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida ham davlat granti asosida o‘qitish;
alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim sohalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birgalikda majburiy uchta — ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha test sinovlari topshirish tartibini joriy qilish.
12. Sport sohasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash jarayonini optimallashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati 3 yil bo‘lgan ta’lim dasturlari doirasida kadrlar tayyorlashni amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
13. Belgilab qo‘yilsinki:
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab “130 000 — Matematika” ta’lim sohasi bo‘yicha magistratura mutaxassisliklari uchun Davlat buyurtmasi parametrlari to‘liq davlat granti asosida shakllantiriladi;
2020/2021 o‘quv yilida davlat granti asosida bakalavriat va magistraturaga o‘qishga qabul qilingan shaxslarni o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin