Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda ota-ona



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix28.11.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#169209
  1   2   3   4   5   6
45-50



JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 
 
Volume–13_Issue-1_September_2022
 
45 
IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR BILAN ISHLASHDA OTA-ONA 
VA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI HAMKORLIGI 
COLLABORATION BETWEEN PARENTS AND PRESCHOOLS IN WORKING 
WITH CHILDREN WITH DISABILITIES 
 
Rahimberdiyeva Yulduzxon 
Toshkent davlat pedogogika universiteti 
Ta’lim muassasalari boshqaruvi yo’nalishi 1-kurs magstri 
 
Kalit so‘zlar
: imkoniyati cheklangan bolalar, xulq-atvor, maktabgacha talim 
tashkiloti, ota-ona hamkorligi. 
Key words
: disabilities, behavior, preschool educational organization, parent 
partnership.
ANNOTATSIYA 
Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda ota-ona va 
maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorlik yo‘li bilan bajargan ishlar yoritilgan. 
Imkoniyati cheklangan bolalar bilan shug’ullanishning turli usullari, mashg’ulotlar, 
hamkorlik ishlari haqidagi ma’lumotlar tahlili keltiriladi. Bu maqola orqali imkoniyati 
cheklangan bolalar bilan ishlashda ota-ona va maktabgacha ta’lim tashkiloti 
hamkorlikgini kelgusida rivojlantirish uchun qanday metodlarni o‘zlashtirishi 
lozimligi haqida ham bir qancha yo‘llanmalar keltirilgan. Bu maqola orqali 
O‘zbekistonda qilinayotgan ishlar, yangi metodlar va texnologiyalar o‘rganib 
chiqilgan. Maqolada hamkorlik jarayoni haqida ham alohida to‘xtalib o‘tilgan
INTRODUCTION 
KIRISH: Biz bilamizki bugungi kunda ta’lim olish huquqiga hamma xaqli. Bu 
ta’lim olish huquqidan imkoniyati cheklangan bolalar ham qolib ketmagan. Bizning 
oramizda hayot kechirib turgan zaminimizda shunday insonlar borki, ularning jismoniy 
imkoniyati cheklangan, lekin maʼnaviyati yuksak, ruhi esa juda kuchli va matonatli. 
Afsuski, nogironligi bo‘lgan shaxslar ko‘pincha ishlash, taʼlim darajasini oshirish va 
jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo‘ladilar. Hozirgi 
paytda ularning soni jahon miqyosida juda ko‘p. Aksariyat hollarda ular kamsitish va 
“qo‘li kaltalik”dan aziyat chekadilar. Albatta, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash 
borasidagi eng katta masʼuliyatli ish davlat zimmasiga yuklatiladi. 
Inklyuziv ta’limning afzalliklari. Har bir inson inklyuziv amaliyotdan foyda 
ko‘radi. Inklyuziv ta’lim orqali bola mustaqilroq va o‘ziga ishonadigan bo‘lib yetishadi 
o‘z ichidagi qo‘rquvlari kamayadi va tegishli ijtimoiy ko‘nikmalarni o‘rganadilar. 
Shuningdek, ular g’amxo‘rlik, va rahm-shafqatni ifoda etish qobiliyatidan xabardor 
bo‘lishadi. Bu ta’lim muhitidan faqatgina bola emas bolaning ham ota-onalari foyda 
ko‘rishadi . Chunki bunungi kunda imkoniyati cheklangan bolasi bor ota-onaning 



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin