International Conference on Developments in Education
Hosted from Bursa, Turkey
https
:
econferencezone.org April 25
th
2022
121
IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI TA’LIM-
TARBIYA OLISHIDA INKLYUZIV TA’LIMNING
AHAMIYATI
Xakimova Sayyora Adilovna
Toshkent shahar
Utabaeva Shoira Yuldashbaevna
Shayhontohur tumani maktabgacha ta’lim bolimi ta’lim tarbiya sifatini ta’minlash va metodik
hizmatni tashkil etish sho’ basi mudiri
Annotatsiya
: Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim modelining Milliy konsepsiyasi, mazkur
modelning zamonaviyligi jihatidan o‘ziga xosligi, ta’lim tizimida imkoniyati cheklangan
bolalar ta’lim olishida uzluksizlikni ta’minlash muammolari xususida fikrlar berilgan.
Kalit so‘zlar
. inklyuziv ta’lim, imkoniyati cheklangan, ijtimoiy himoya, model, loyiha,
konsepsiya,
Inklyuziv ta’lim– ta’limni rivojlantirish jarayoni bo‘lib, ta’limning hammabopligini nazarda
tutuvchi, barcha bolalarni turli ehtiyojlaridan kelib chiquvchi, alohida e’tiborga ega
bolalarning bilim olishini ta’minlovchi ta’limning yangi shaklidir. Inklyuziv ta’lim nogiron
bolalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamda ta’lim tizimiga nogiron bolalarga
moslashtirishni ko’zda tutadigan, ijtimoiy adolat va tenglikni bosh maqsad qilib olgan
jarayondir.
Inklyuziv
ta’lim
bolalarga
yo‘naltirilgan
metodologiyani
rivojlantirishga intiladi va barcha bolalar ta’limda, ta’lim jarayonida turlicha ehtiyojga ega
individlar ekanligini tan oladi. Bunday ta’lim o‘qitish jarayonida turli mazkur ehtiyojlarni
qondirish uchun qulay bo‘lgan ta’lim berish va o‘qitishga yondashuvni ishlab chiqishga
intiladi. Agar ta’lim berish va o‘qitish inklyuziv ta’lim kiritadigan o‘zgarishlar natijasida
yanada samaraliroq bo‘ladigan bo‘lsa, bu barcha bolalarning yutug‘i hisoblanadi.
Shubhasiz, har qanday bolaning hech kim daxl qila olmaydigan huquqi bu – ta’lim olish
huquqidir. Imkoniyati cheklangan bolalarning uyda, internatda va boshqa alohida davlat
maxsus muassasalarida ta’lim-tarbiya olishining yuzaga kelgan tizimi bolaga yetarli darajada
sifatli ta’lim-tarbiya olish imkoniyatini beradi, biroq muloqotga kirishish ko‘nikmasining
yo‘qligi sababli, bu bilimlar talab qilinmay qolib ketadi. Shunday qilib, jamiyat moddiy va
ma’naviy boyligini yo‘qotadi, cheklangan imkoniyatli odam esa, jamiyatni yo‘qotib, odamovi
bo‘lib, o‘zini ortiqcha odamdek his qila boshlaydi. Bu muammoni yechishni hukumatimiz o‘z
nazorati ostiga olishi haqida qaror qabul qilmaguncha, vaziyat shu holda davom etib keldi.
Jamiyatning o‘zi va unda yuzaga kelgan holatlar imkoniyati cheklangan bolalarni o‘z
jismoniy jihatdan sog‘lom tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishdan cheklab turishi tufayli bu
yordam yanada kuchli zaruriyatga aylandi.
“O‘zbekstonda inklyuziv ta’lim” loyihasi doirasida inklyuziv ta’lim modelining Milliy
Konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Ekspertlar va mutaxassislarning fikricha, Mazkur model
zamonaviyligi bilan alohida ahamiyatga ega. Bu model O‘zbekison Respublikasi Xalq ta’limi
Vazirligi tomonidan muvaffaqiyatli va samarali, deb tan olingan.
Inklyuziv ta’lim tizimining ishtirokchilari
quyidagilardan iborat:
– ota-ona oila, mahalla;
–pedagoglar, tarbiyachilar, defektologlar;
Dostları ilə paylaş: |