International Conference on Developments in Education
Hosted from Bursa, Turkey
https
:
econferencezone.org April 25
th
2022
122
– sog‘lom
va imkoniyati cheklangan
bolalar;
– nodavlat notijorat jamoat tashkilotlari.
Maxsus ehtiyojli bolalar, boshqa bolalar, o’qituvchi va tarbiyachilar
faoliyati inklyuziv
ta’lim-tarbiyada o’ziga xos o’rin tutadi. Bunday ta’lim-tarbiya tufayli maxsus ehtiyojli
bolalar:
jismoniy va ruhiy ehtiyojlarini qondiradilar; ularning imkoniyatlarini hisobga olgan
o’quv materiallarini o’zlashtiradilar; tengqurlari bilan turli o’yinlarda ishtirok etib
rivojlanadilar.
Jismonan
salomatlik
alohida imkoniyati cheklangan bolalarning hayotida, ayniqsa, yoshligida muhim ahamiyatga
ega. Bolaning saqlanib qolgan salomatligini muhofaza qilish jarayonida uning sog‘lom umri
davomiyligini ta’minlash uchun hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirish
masalasi bosqichma-
bosqich ijobiy hal etib borilishi kerak.
Maxsus muassasalarning har bir tarbiyachisida alohida yordamga muhtoj bo‘lgan
bolalarning salomatliklarini mustahkamlab borish masalasiga ilmiy-metodik va amaliy
yondashish, ko‘nikma malakalarini oshirib borish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Buning uchun pedagogik jarayonni boshqarish va nazorat qilish tizimi, bolalarning jismoniy
kamolotga erishuvini ta’minlashning samarali metod, usul va
vositalarini ishlab chiqish
lozim.
Davlatimiz va jamiyatimiz tomonidan imkoniyatilari
cheklangan bolalarning imkoniyatlarini oshirish, integratsiya va
ishtirok etish prinsipini
kiritish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar yaxshi natijalarga olib kelishi bilan birga,
o‘z navbatida, uni rivojlantirish va muammolarini vaqtida bartaraf etishni taqozo etadi.
Bizning fikrimizcha, bu sohada yechimini kutayotgan muammolar yetarli. Inklyuziv ta’limga
jalb etilgan bolalar bilan ishlashda induviduallik tamoyillari asosida,
bosqichma-bosqich
amalga oshirilishi zarur va maqsadga muvofiqdir. Har bir bolaning jismoniy va ruhiy holatini
hisobga olgan holda, uning mavjud imkoniyatlarini rivojlantirish orqali tengdoshlari
qatoridan o‘rin egallashiga erishishimiz kerak.
Aks holda, natijalar istalgan samara bermasligi
yoki bolaning salomatligini yanada og‘irlashtirib qo‘yishi mumkin.
Bizningcha, eng avval inklyuziv ta’limga jalb etilishi mumkin bo‘lgan imkoniyati
cheklangan bolalardagi nuqsonlarning darajasini, rivojlanish bosqichlarini tibbiy, psixologik-
pedagogik, ilmiy me’zonlar asosida aniq belgilab olishimiz zarur.
Natijalarga asoslanib
inklyuziv ta’limga bo‘lgan ko‘rsatmalarning standartlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq
bo‘lar edi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, inklyuziv ta’limni maktabgacha va umumiy o‘rta ta‘lim
maktablariga tatbiq qilishning natijalari imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan
qarashlarning tubdan o‘zgarishiga olib keladi. Bu esa, ularning har biriuchun hayotda omadli
va baxtli bo‘lish uchun imkoniyat eshiklarini ochib beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Raxmanova V R. Defektologiya asoslari. – Т.: 2012
2.
Nurmuhamedova L.Sh., Abidova D. Imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalash
yo‘llari. –T. : 2008
3.
Sodiqova G.A., Nurkyeldiyeva D.A. Rivojlanishi orqada qolgan
bolalar diagnostikasi
(ma'ruzalar matni). – T. : 2001