ё
harfi o‘rniga
o
harfi,
ю
harfi o‘rniga
u
harfi,
я
harfi o‘rniga
a
harfi yoziladi: стажёр – stajor, бюджет – budjet, фляга – flaga kabi;
b) so‘zning talaffuzi keskin o‘zgarib ketmasligi uchun qisman
ё
harfi o‘rniga
yo
harflari,
ю
harfi o‘rniga
yu
harflari,
я
harfi o‘rniga
ya
harflari yoziladi: плёнка –
plyonka, бюрократ – byurokrat, славян – slavyan kabi.
Demak,
ё, ю, я
harflarini ikkinchi vazifasida qanday yozish bo‘yicha aniq qoida
berib bo‘lmaydi, bunday harf qatnashgan so‘zning to‘g‘ri yozilishi “Imlo lug‘ati”da aks
ettiriladi.
2.
ь
belgisi:
1) undosh tovushning yumshoqligini ko‘rsatsa, yozilmaydi: альбом – albom,
апрель – aprel kabi;
2) ayirish belgisi vazifasini bajarsa, ikki xil:
a
) ю, я, е
harflaridan oldin kelganda tushirib, harf o‘rniga
yu, ya, ye
harflari
yoziladi: интервью – intervyu, фортепьяно – fortepyano, премьера – premyera kabi;
b)
o, u
harflaridan oldin kelganida belgi o‘rniga
y
harfi yoziladi: павильон –
pavilyon, Ильин – Ilyin kabi.
3.
ъ
belgisi:
1) rus tilidan olingan so‘zlarda tashlanib, undan keyin kelgan
е, ю
harflari o‘rniga
ye, yu
harflari yoziladi: разъезд – razyezd, адъютант – adyutant kabi;
2) arab tilidan olingan so‘zlarda bu belgi tutuq belgisiga almashtiriladi: маъно –
ma’no, санъат – san’at kabi.
4.
ц
harfi o‘rniga:
1) so‘z oxirida, so‘z boshida, old qo‘shimchadan keyin
s
harfi yoziladi: кварц –
kvars, целлофан – sellofan, антициклон – antisiklon, конструкция – konstruksiya kabi;
2) so‘zning ma’noli qismi ichida unlidan keyin
ts
yoziladi: глицерин – glitserin,
конституция – konstitutsiya kabi.
5.
щ
harfi o‘rniga
sh
yoziladi: община – obshina, ямщик – yamshik kabi
(faqat мещан so‘zida ikkita
sh
yoziladi: meshshan).
6.
ы
harfi o‘rniga
i
yoziladi: вымпел – vimpel, вышка – vishka kabi.
Dostları ilə paylaş: |