1. Ig M- bu antitelalar zaharli moddalarni neytrallash, yot xujayralarni yemirish va turli antigenlarni cho‘ktirish vazifasini o‘taydi. 2. Ig Q – antitelaldarni asosini tashkil etib u organizmni mikroblar, viruslar va zaharli moddalardan himoya qiladi. 3. Ig A- bu antitelalar so‘lak bezida, ko‘z yosh bezida, me'da-ichak suyuqliklarida ko‘p uchrab, shuning uchun ularga sekretor antitelalar deyiladi. 4. Ig E-bu antitelalar allergik reaksiyalarda qatnashadi. Ular ta'sirida to‘qima bazofillarining degranulyasiyasiga uchrashi kuzatilib, qonga gistamin - va geparinni ajralib chiqishi kuzatiladi. 5. Ig D-bu antitelalarni homilada va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda uchratamiz. Ikkinchi guruh immunotsitlar yordamchi immunotsitlar deyiladi, ularga makrofaglar, neytrofil leykotsitlar kiradi.