TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI ‘’TABIIY VA ANIQ FANLAR’’ FAKULTETI ‘’BIOLOGIYA’’ TA’LIM YO’NALISHI 103-GURUH TALABALARI TOMONIDAN TAYYORLAB KELINGAN TAQDIMOT ISHI
Inson organizmida himoya immun tizimi mavjud. Bu tizim asosida immun xujayralar – immunotsitlar yotadi. Immunotsitlar 2 xil bo‘ladi. Asosiy immunotsitlar, ularga T va V limfotsitlar, plazmatik hujayralar kiradi. T limfotsitlar organizmda hujayraviy immunitet asosini tashkil etadi. T limfotsitlar timusda (T-tobe) yetiladi va timus (ayrisimon bezdan) chiqib taloq, limfa tuguni va a'zolardagi limfoid folikullalarda to‘planadi. Organizmga antigen (yot modda) tushganda ko‘payadi va ularga qarshi kurashadi. T-limfotsitlarning bir necha turlari mavjud. Tkillerlar(qotil), ular yot moddani to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘qotadi. Txelperlar (yordamchi) – V-limfotsitlar faoliyatini kuchaytiradi. Tsupressorlar T- va V- limfotsitlar faoliyatini pasaytiradi. V-limfotsitlar suyak ko‘migida yetiladilar va gumoral imunitet asosini tashkil etadilar. Ular ham taloq, limfa tuguni va limfoid folikullga borib, to‘planadilar va antigen tushganda ko‘payadilar. Ular plazmolemmasida immunoglobulinlar retseptorlari bo‘ladi. V-limfotsitlar plazmatik hujayralarga aylanib, plazmatik hujayralar immunoglobulinlar ishlaydilar. Immunoglobulinlar yot moddalarni neytrallaydi. (