Imom al-buxoriy onani rozi qilish haqida


RIZQI ULUG‘ BO‘LMOG‘I HAQIDA



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə2/2
tarix13.03.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#87702
1   2
Buxoriy hadislari

RIZQI ULUG‘ BO‘LMOG‘I HAQIDA
Abu Hurayra raziyallohu anhu: “Men Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning “Kimki rizqim ulug‘, umrim uzoq bo‘lsin desa, qarindosh-urug‘lariga mehr-oqibatli bo‘lsin!” deganlarini eshitganmen”, — deydilar.
MAST QILUVCHI ICHIMLIKLAR HAQIDA
Ibn Umar raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: “Har bir mast qiladigan narsa xamrdir va har bir mast qiladigan narsa haromdir. Kim dunyoda xamr ichsa va vafot etsa va u unga mukkasidan ketgan bo‘lsa, oxiratda ichmaydi”.
* * *
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Kimki bu dunyoda mast qilguvchi ichimlik ichgan bo‘lsa-yu, keyin ichganiga tavba qilmagan bo‘lsa, oxiratda tavba qilmoqdan mahrum qilingaydur!” — dedilar.
MARHAMATSIZ KISHIGA MARHAMAT QILINMAYDI
Abu Said raziyallohu anhu rivoyat qildi: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Marhamat qilmagan kishiga marhamat qilinmaydi”, — dedilar.
HADISLAR HAQIDA
Imom al-Buxoriy avlodlarga boy va qimmatli ilmiy meros qoldirgan bo‘lib, u yozgan asarlarning soni yigirmadan ortiqdir. Ulardan “Al-jome’ as-sahih”, “Al-adab al-mufrad”, “At-ta’rix as-sag‘ir”, “At-ta’rix al-avsot”, “At-ta’rix al-kabir”, “Kitob al-ilal”, “Barr ul-volidayn”, “Asomi us-sahoba”, “Kitob al-kuna” va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Buyuk allomaning eng muhim asari, shubhasiz, “Al-jome’ as-sahih”dir. Bu asar “Sahih al-Buxoriy” nomi bilan ham mashhur. Uning g‘oyat ahamiyatli tomoni shundaki, Imom al-Buxoriygacha o‘tgan muhaddislar o‘z to‘plamlariga eshitgan barcha hadislarini tanlab o‘tirmay qatorasiga kiritaverganlar. Imom al-Buxoriy esa turli roviylardan eshitgan hadislarni tabaqalarga bo‘lib, ularning ishonchlilarini ajratib, alohida kitob yaratdi.
Alloma ibn Salohning ta’kidlashicha, al-Buxoriyning bu asariga kiritilgan ishonchli hadislarning soni takrorlanadiganlari bilan birga 7275 ta bo‘lib, takrorlanmaydigan holda esa 4000 hadis dan iborat.
Sahih hadislar to‘plamiga tartib berishdek sharafli ishni birinchi al-Buxoriy boshlab bergan bo‘lib, keyin qator olimlar unga taqlid qilib, shu zaylda hadislar to‘plamini yaratganlar. Imom al-Buxoriyning ushbu yirik asari yozilganiga taxminan 1200 yil bo‘ldi. O‘sha davrdan boshlab toki shu vaqtgacha insoniyatni ezgulikka, ikki dunyo saodatiga yetaklovchi bosh manbalardan biri sifatida iymonli qalblar ehtiromi va e’zozidadir.
Shu o‘rinda hadisga berilgan ta’rifga e’tibor qaratamiz. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning aytganlari, ko‘rsatmalari, biror masala (narsa, voqea-hodisa, xatti-harakat) yuzasidan bergan qarorlari hadis sanaladi. Hadislarning ahamiyatini ham chuqur idrok etishimiz lozim. Ma’lumki, tarixan g‘oyatda qisqa muddatda nozil bo‘lgan Qur’oni karim oyatlari ba’zi hollarda umumlashtirilgan, murakkab holda keltirilgan. Payg‘ambarimiz hadislari ushbu oyati sharifl arni kengroq talqin etadi, ularni oddiylashtirib bayon qiladi. Ayni paytda, keltirilgan voqea va hodisalarni ko‘pchilikka tushunarli qilib, mufassal sharhlaydi. Hadis sanad va matndan iborat bo‘ladi. Sanad hadisning kimning huzurida, qachon va qay sharoitda aytilganligi haqidagi
ma’lumot bo‘lsa, matn uning mazmunidir. Hadislarni ishonchli kishilardan olib, o‘zidan keyingilarga yetkazuvchi zotlarni roviylar deymiz.
Roviyning ismi hadisning sanadida keladi.
Hadislarning mavzu qamrovi hayot muammolari, turmush masalalari qadar keng va turfadir. “Al-jome’ as-sahih” asarining birinchi kitobida dastlabki bob iymon haqida bo‘lsa, uning ikkinchi bobi ilm haqida. Bu dinimizda iymondan keyingi mavqe ilmga tegishli ekanligiga ishora qiladi. Kitobga kiritilgan ilk hadisga e’tibor qarataylik: Alloh taolo oyati karimasida: “Al oh taolo sizlarning orangizdagi iymon keltirganlarni va ilmni yuksaltirganlarni bu dunyoda yarlaqab, martabasini ulug‘ qilg‘aydir, oxiratda jannatga kirmoqlikni nasib etgusidir, Al oh taolo qilayotgan ishlaringizdan xabardordir”, – deyilgan. Yana boshqa oyati karimada esa: “Yo robbiy, ilmimni ziyoda qilg‘aysen, deb ayt!” –deyilgan.
Bundan dunyo va oxirat omonligi, farovonligi ilm bilan bo‘lishi, Yaratgandan eng avval ilm so‘rash lozimligi anglashiladi. Ilm olish osonlik bilan kechmaydi: o‘ziga xos mashaqqati, turli murakkabliklari bo‘lishi tabiiy. Ilm tolibi buni oldindan bilgan, ularni bo‘yniga olgan holda bilim olishga kirishmog‘i lozim. Ana shuni nazarda tutib boshqa bir hadisda: “Ilmni Chinga borib bo‘lsa ham olinglar”, deyilgan. Hadisdagi “Chin” faqat Xitoy yurtinigina bildirmaydi, ayni paytda u ramziy ma’noda ham masofa jihatdan uzoqlik, ham vaqt jihatdan uzoqlik – davomiylik va bu jarayonlardagi qiyinchilik, mashaqqatlarni ifodalaydi.
Jobir ibn Abdulloh (raziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi:
Rasululloh (sallallohu alayhi vasallam): “Kimning uchta qizi bo‘lsa, ularga odob bersa, mehrli bo‘lsa va kafolatini olgan bo‘lsa, unga jannat vojib bo‘ladi”, — dedilar. “Yo Allohning Rasuli? Agar ikkita bo‘lsa hammi?” — deyishdi. “Ikkita bo‘lsa ham”, — dedilar. Qavmdan ba’zisi “Bitta bo‘lsa-chi?” deyilganda, “Bitta bo‘lsa ham”, — derdilar. Bir qarashda qiz farzand(lar) ko‘rib, u(lar)ni o‘stirgan ota-ona jannati bo‘ladi degan fikr ko‘zga tashlanib turibdi. Lekin uni tahlil qilganimizda tarixan ijtimoiy-siyosiy, ayni paytda, hamma davrlar va barcha xalqlar uchun birdek ahamiyatli ma’naviy-ma’rifiy mohiyati oydinlashadi.
Islomiyatga qadar arablarda qiz farzandga past nazar bilan qarash, qiz tug‘ilishidan or qilish odatiy hol edi, hatto otalar o‘z qizlarini tiriklayin ko‘mib yuborardilar. Ana shunday bir sharoitda qiz bolani Jannat vositachisi deb e’lon qilinishi uning jamiyatdagi mavqeyini yuksaltirdi, unga qarashni tubdan o‘zgartirdi.
Hadisning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati alohida e’tiborga molik.
Qizi bor odamning jannatga tushishi uchun uchta shart qo‘yilyapti.
Birinchisi, “odob bersa”. Qiz bolani tarbiyalash g‘oyat nozik, murakkab va mas’uliyatli ish. Uni iboli, hayoli, har qanday vaziyatda ham or-nomusini saqlaydigan qilib o‘stirish ota-onaning birlamchi vazifasi.
Bu sifatlarga ega bo‘lgan qiz oilaning, qolaversa, millatning sha’ni, iftixoridir, aks holda, u o‘z xonadonini ham, xalqini ham isnodga qoldiradi. Ikkinchisi, “mehrli bo‘lsa”. Ota-ona o‘g‘il farzandiga bo‘lgani kabi qiziga ham birdek mehrli bo‘lsa, unda hech qanday o‘ksiklik bo‘lmaydi, ko‘ngli butun, ruhi ba land, o‘zini to‘laqonli his etadi. Shunda odobi ham, ma’naviyati ham ibratli bo‘ladi.
Uchinchisi, “kafolatini olgan bo‘lsa”. Kafolatini olish – bu yetarlicha uni moddiy ta’minlash: yedi- rib-ichirish, o‘rtacha kiyintirish, dunyo va oxiratiga kerakli ilmlar berish hamda muvofiq keladigan hunarli qi lish.
Mumtoz adiblarimiz, ma’rifatparvarlik hamda jadid adabiyoti namoyandalari ijodida farzandga ilm berish, xususan, qiz bola tarbiyasi borasida teran fikrlar bor. Bu fikrlarni o‘qib, ular, asosan, yuqoridagi kabi hadislardan mazmunan oziqlanganligiga iqror bo‘la miz.Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning mukarram axloqi, har ishdagi komil ibrati soyasida tarbiya topgan va o‘zlarining buyukligi bilan e’tirof qozongan sahobalar tomonidan aytilgan hikmatlar asarlar (osor) deyiladi. Asar (osor)larda hadislar bilan mazmuniy uyg‘unlik kuzatiladi.
Hadislar adabiyotimiz, dunyoqarashimiz, turmush tarzimizda chuqur iz qoldirgan ibrat, hikmat va donishmandlik asosidir.
Hadislarni o‘qish, uqish, yodlash, eng asosiysi, ularda jo bo‘lgan yuksak axloq me’yorlari bilan zohir-u botinimizni, umuman, hayotimizni ma’nan bezamog‘imiz darkor.
Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin