V asrning 20-yillarida Sharqdan Sirdaryo va Orol bo’ylari orqali Xorazm hamda
Amudaryo havzasiga yana bir ko’chmanchi chorvador aholi - toxarlar kirib keladi.
Toxarlar kushonlarning avlodlaridan bo’lib, Kidar ismli hukmdor ularga yo’lboshchi edi.
Shuning uchun ular kidariylar nomi bilan tilga olinadi. Tez orada kidariylar Amudaryo
havzasi hamda g’arbiy va janubiy Sug’d yerlarini ishg’ol etib, xioniylar davlatining
janubiy qismida o’z hukmronligini o’rnatganlar. Balx shahri esa bu yangi davlatning
poytaxtiga aylantirilgan.
Aftidan, kidariylar xioniylar bilan ittifoqchi sifatida harakat qilgan va tajovuzlarini janubga
tomon kengaytirishga intilgan. V asrning 30-50-yillarida kidariylar bilan sosoniylar
o’rtasida ziddiyat tobora kuchayib, ular bir-biriga dushman bo’lib qolgan. Bu ikki davlat
o’rtasida 456-yilda bo’lib o’tgan navbatdagi to’qnashuvda sosoniylardan qaqshatqich
zarbaga uchragan kidariylar o’zini qayta o’nglab ololmaydi. Buning ustiga tez orada
kidariylar shimoldan janubga tomon siljigan yana bir ko’chmanchi chorvador aholi -
eftaliylar bilan to’qnashadilar. Natijada, kidariylar O’rta Osiyoni tark etib, janubga -
Shimoliy Hindistonga chekinadilar. U yerlarda 75 yil hukmronlik qiladilar.
2. Amir Temurning dunyo tarixidagi tutgan o‘rni haqida mulohaza yuriting.
Amir
Temur
1336-yil
9-aprelda
qadimgi
kesh
viloyatidagi(xozirgi
shahrisabz)yakkabog’ tumanida(Xo`ja ilg`or qishlog`ida) tug`uladi. Uning to`liq ismi Amir
Temuribn Amir Tarag’ay ibn Amir Barqul. Onasi Takinaxotun.
Shayx Shamsiddin
kulolTemurbekning piri bo`lgan.Amir temur mohir chavandoz va jangchi bo`lgan.
AmirTemurning asosiy maqsadi markazlashgan davlat tuzish edi. Bu maqsadga 1370-yil 11-
aprelda erishadi ungacha esa 1365-yil tarixda mshxur bo`lgan loy jangidaIlyosxo`jaustidan
g`alaba qozonadi. Amir Temur birin ketin hududlarni qo`lga kirita boshlaydi.Jumladan
sharqiy tirkiston tomon bir necha martayurish qiladi. Mug`ullarga zarba berib Farg`ona,
O`tror, Yassi va Sayramni bosib oladi. Hisor Badaxshon, Qunduzni hamegallaydi, 1381-yil
Hirot, Seiston, Mazondaronni egallaydi. Shundan so`ng Saraxs, Jom,qavsiya,
Sabzavor
shaharlarini jangsiz egallaydi. Xorazmga 5 marta yurish qilib 1382-yilda egallaydi.Amir
Temur tarixda 3 yillik (1386-1388) 5 yillik (1392-1396) va 7 yillik (1399-1404) yurishlarni
amalga oshiradi.
Bu yurishlar davomida Eron,Ozarbayjon,Iroq, Suriya,
Kavkaz kabi
hududlarni egallaydi. U 1402-yil Usmoniylar imperiyasihukmdori
Boyazid bilan Anqara
jangida to`qnashadi va g`alaba qozonib, EvropaniUsmoniylardan
asrab qolib,
Yevropa
haloskori nomiga sazovor bo`ladi. Amir Temur 1405-yil 18-fevralda Xitoyga bo`lgan
yurishida halok bo`ladi.
3. “Oligarxiya” atamasiga izoh bering.
Oligarxiya (yun. oligarchia — ozchilik hokimiyati) — davlat boshqaruv shakli; unda
siyosiy va iqtisodiy hukmronlik aristokratlar yoki boylarning kichik guruhi tomonidan
amalga oshiriladi
Dostları ilə paylaş: